Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
Ikkinchi bosqich – tovarlarga bo‘lgan talabni aniqlashga asoslangan bo‘lib, bunda bozor sig‘imini emas, balki turli narx darajasida qancha innovatsion tovar sotish mumkinligi ifodalanadi. Bu yerda eng asosiysi ushbu tovarlarning turli narxlar darajasi talabga qanday javob qaytarilishi bilan belgilanadi. Talab miqdori qanchalik ko‘p va harakatchan bo‘lsa, tovar sotuvchisi shunchalik qimmatroq narx belgilashi mumkin.
Narx shakllantirish jarayonining uchinchi bosqichi – xarajatlarni baholash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda innovatsion mahsulotlarni yaratishdagi xarajatlarni pasaytirish yo‘llarini izlab topish nihoyatda muhimdir. Ma’lumki, innovatsion mahsulotlarni yaratishda xarajatlarni ikki turga – doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish qabul qilingan. Doimiy xarajatlar – bu ularning hajmi tovar aylanmasidan olinadigan tushum va ishlab chiqarish hajmi odatiy tebranishlariga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir. O‘zgaruvchan xarajatlar esa bevosita mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu, asosan, xomashyo xarajatlari va ish haqi xarajatlaridir. Doimiy xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlar bo‘lib, narxning quyi chegarasini hosil qiladi. Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini tahlil qilish bosqichi narxni shakllantirishda eng murakkab jarayon hisoblanib, bular muayyan bitimlar bo‘yicha narxlar to‘g‘risidagi axborotni olishda juda ko‘p qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi (bunday axborotlar ko‘pincha ishlab chiqaruvchining tijorat siri ekanligi sababli). Bu bosqichda raqobatchilarning tovarlari va narxlarini o‘rganishda ular uchun tovarlarni xarid qilish farqi bo‘lmaydigan narxini, ya’ni beparvolik narxini topish muhim hisoblanadi. Bu narxni aniqlash, nima evaziga bunday «beparvolik»ni bartaraf qilish va aynan sizning firmangizdan tovarlarni xarid qilishlariga erishishga yordam berishni aniqlashga imkon beradi. Yakuniy (chegaraviy) narx hajmini belgilash bosqichi xaridorlar bilan muayyan muzokaralar davomida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda ikkita asosiy vazifani hal etish: dastlab xaridorlar uchun o‘zining chegirmalar tizimi yaratish hamda chiqarilayotgan tovarning hayotiylik davri bosqichlari va inflyatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda kelajakda narxlarga tuzatish kiritish mexanizmini aniqlab olish, so‘ngra esa shu asosda narxni shakllantirish usulidan foydalanib, muayyan boshqa narx belgilab olishdan iboratdir. Bu yerda psixologik ta’sirni, shuningdek turli marketing elementlari ta’siri, ayniqsa, narx siyosatining tayanch maqsadlariga amal qilish, belgilanadigan narxga ehtimoliy reaksiyasini tahlil qilish kabi bir qator jihatlarni hisobga olish kerak. Iste’molchi uchuninnovatsion mahsulot o‘ziga xos, noyob va nufuzliroq bo‘lib ko‘rinsa, uni qimmatroq narxda sotib olishni afzal ko‘radi. Narx shakllantirishning so‘nggi bosqichi – narxlarni davlat tomonidan tartibga solish choralarini hisobga olishdir. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida narxlar va ularning dinamikasini davlat tomonidan limitlash yoki tartibga solishning turli choralari qo‘llanib kelgan va qo‘llanilmoqda. Firma (korxona va tashkilotlar) uchun narx shakllantirish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilgan choralar ular faoliyatiga (ijobiy yoki salbiy) ta’sir ko‘rsatib, narxni shakllantirish imkonini beradi. Innovatsion mahsulotga narx shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: "bozorda qaymog‘ini olish" usuli; bozorga kirib borish usuli; iste’mol qiymatini baholash usuli; maqsadli daromad me’yori olish usuli; xarajatlarni tez qaytarish usuli. Innovatsion tovarlarga narx shakllantirishning shu va boshqa usullarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: xarajatli yondashuv usuli (narx mahsulot tannarxi va rentabellik normativlariga qarab belgilanadi) guruhi; yangilik kiritishning umumiy foydaliligidan kelib chiqadigan usullar guruhi. Shuningdek, narx belgilashda asosiy iste’molchilar guruhining innovatsion mahsulotga reaksiyasini ham hisobga olish zarur. U ishlab chiqaruvchining nufuzi va iste’molchining umidlariga bevosita bog‘liqdir. Iste’molchi narxi qimmatroq bo‘lsada, o‘zini yaxshi tomonidan ko‘rsatishga ulgurgan namunadagi mahsulotni xarid qilishni afzal ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Biroq bunda hattoki ishlab chiqaruvchining nufuzi yuqori bo‘lgan taqdirda hamsifatli, innovatsion mahsulot(tovar) xaridi amalga oshadi. Innovatsion mahsulotga yakuniy narx belgilash masalasini hal qilishga kirishishda eng muhimi, uning hajmini aniqlash bozordagi vaziyatni va korxonaning umumiy strategiyasini hisobga olmasdan turib amalga oshirilishi mumkin emasligi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yakuniy narx hajmi marketing bo‘limi, sotuv bo‘limi, iqtisodiyot bo‘limi va moliya bo‘limi rahbarlari tomonidan belgilanishi lozim. Innovatsion mahsulot narxini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omil raqobatchilar narxlarini o‘rganish hamda real va potensial raqobatchilar doimo ishlab chiqarishdan olinadigan foyda va narxlar strukturasini baholabborishdan iboratdir. Bunda, real raqobatchilar xuddi shunday yoki bundan yaxshiroq mahsulot taklif qilganda, potensial raqobatchilar esa foyda yuqori bo‘ladigan bo‘lsagina bozorga kirishga intiladi. Yangi tovar yoki xizmatlarga narx belgilashda asosiysi shundaki, narx (tovar yoki xizmatlarning o‘zi kabi) oson tushunilishi, mijoz tomonidan narx tovar yoki xizmatning «asl» qiymatini aks etishini ko‘rishi lozim.Bu esa mijozning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini oshiradi va takroriy xaridlarga olib keladi hamda mijozlar ishonchini motivatsiyalaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling