Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Intellektual (aqliy muhit) klasterlari
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- “aqlli” innovatsion klasterlar
- “fan-ta’lim-ishlab chiqarish”
Intellektual (aqliy muhit) klasterlari korxonalar hamkorligi emas, balki insonlar intellektual (aqliy muhit) hamkorligiga asoslanadi. Bunda yuqori intellektga ega, taj-riba-viy tadqiqot, qiziqarli innovatsion loyihalar yaratishga qodir bo‘lgan salohiyatli xodimlar o‘zlarining bilim, tajriba va yangi g‘oyalarini almashishi orqali sub’ektlar (korxonalar, tashki-lotlar, firmalar) hamkorligi – klasterlashni yo‘lga qo‘yadi.
Jahon tajribasidan kelib chiqib, intellektual (aqliy muhit) klasteri dastlab 1990 yillarda fransuz olimlari (Aydalot, Kamagni va Melat) tomonidan olib borilgan tad-qi-qotlar natijasida qo‘llanilganligi aniqlangan. Yuqorida ta’kidlan-ganidek, bunday intellektual klasterda insonlar muhim sub’ekt sifatida o‘zaro hamkorlikka asoslanib shakllanadi hamda bu iqtidorli xodimlar bir korxonada emas, balki bir necha har xil korxonalarda ishlashlari klasterlarning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Intellektual (aqliy muhit) klasterida insonlar o‘zining hamkasblari, safdoshlari, tanishlari va do‘stlari bilan bilim, amaliy tajriba almashish orqali o‘zlari ishlayotgan korxonalar faoliyatini tubdan o‘zgartirishlari mumkin. Jahon tajribasida bunday klasterlarga misollar juda ko‘p. Jumladan, Milanda joylashgan Yemilya va Romanya firmalari hamkorligi shu tipdagi klasterlashga asoslanganligi aytilgan. Bunda mazkur firmalar xodimlari vaqti - vaqti bilan qiziqarli innovatsion loyihalarda o‘zaro hamkorlikni fikrlar almashinuvi hamda muhokamalar asosida amalga oshirgan. Intellektual klasterining yana bir o‘ziga xos jihati boshqa klasterlar kabi yuqori daromad, foyda kurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki ko‘proq tajribaviy tadqiqotlari, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishga, innovatsiyani ishlab chiqarishga qo‘llashga asoslanadi. Shu sababli, bu turdagi klasterlar barqaror emas. Ko‘pincha bunday klasterlar o‘z maqsadlariga erishgandan so‘ng tez tugatilib ketishlari ham mumkin. Bugungi kunda dunyo amaliyotida iqtisodiyotni tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish hamda sohani chuqur biladigan bilimli insonlarni intellektual qobiliyatidan samarali foydalanish maqsadida bunday tipdagi klasterlarni ko‘plab tashkil etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yuqoridagi uch turdagi klasterlarda korxonalar geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan mahalliy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida birlashadi. Shu bilan birga, bunday klasterlar ko‘pincha amaliyotda umumiy qiziqishlar bo‘yicha deyarli kesish-masligi ham mumkin. Ammo, ba’zan bir- biriga juda yaqin joylashgan korxonalarda ularning o‘zaro ta’sirining mavjudligi e’tirof etilgan. Bugungi jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida innovatsion klasterlarni eng yuqori darajadagi kelajak turlaridan biri “aqlli” innovatsion klasterlar hisoblanadi. Bunday klasterlar – kelajak klasterlari sifatida e’tirof etiladi. “Aqlli” innovatsion klasterlar deyilganda o‘zaro hamkor-likning shunday kooperatsion birlashmasi hisoblanadiki, bunda hamkorlikda ishtirok etuvchilar (intellektual iqtidorli insonlar) o‘zlarining aqliy intellektual qobiliyatlaridan foydalangan holda ma’lum bir geografik hududda raqamli iqtisodiyotdagi “aqlli mashina”, “aqlli texnologiya” tamoyiliga asoslanib bir tomondan raqobatchi, ikkinchi tomondan hamkor korxonalar (tashkilotlar, firmalar)ning ma’lum bir maqsad sari maksimal foyda va daromad olish uchun birlashishiga asoslanadi. Raqamli iqtisodiyotga mos innovatsion klasterlarni tashkil etishning iqtisodiy va ijtimoiy asoslari hamda afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: innovatsion klasterlarni tashkil etish maqsadidan tortib to uni yuqori daromad olishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni innovatsion yangiliklar, yangi ilmiy tadqiqot natijalariga asos-lanishi; innovatsion klasterlarning barcha jarayonlarida raqamli iqtisodiyot elementlarining mavjudligi, raqamli texnologiyadan foydalanganlik hamda oqibatda axborot texnologiyalarning erishgan yutuqlarini klasterlash jarayonida qo‘llanilishi; innovatsion klasterlarda “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” integratsiyasi talablariga mos “fan-ta’lim-innovatsiya-ishlab chiqarish -iste’molchi” zanjiri asosida klasterlashni iste’molchi buyurtmasi asosida yo‘lga qo‘yish; innovatsion klasterlarda barcha hamkorlar maksimal foyda olish va xarajatlarni kamaytirishga intilishi, raqobatbardosh-likni ta’minlashi bilan birga yuqori ijtimoiy manfaatdorlikni qondirishga qaratilishi bilan ham xarakterlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling