Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet92/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Innovatsion siyosat – buishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining innovatsion faoliyatini intensiv amalga oshirishga ko‘maklashadigan tadbirlar tizimidir.
Ixtiro – bu turli sohalardagi mahsulotga (xususan, quril­ma, modda, mikroorganizm shtamplari, o‘simlik va hay­von­lar hujayralariga) yoki usulga (moddiy ob’ektlar ustidan ha­ra­katni amalga oshirish jarayoniga) tegishli texnik yechim. Agar ix­tiro yangi bo‘lib, ixtiro darajasiga ega va sanoatda qo‘llash mum­kin bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Ishchi organ – loyihalarni baholashda texnik ta’minlash va ko‘maklashishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar mar­kazi.
Klaster – muayyan yo‘nalishda bir-birini to‘ldiradigan va o‘za­ro bog‘langan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning bir joy­da jam bo‘lishi.
Kollegial organ –O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion ri­voj­­­lanish vazirligining hay’ati.
Loyihaning ijrochi tashkiloti – ilmiy tadqiqot loyi­ha­si­­ni amalga oshiruvchi ilmiy faoliyat sub’ektlari, ilmiy tad­qi­qot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan bosh­­qa tashkilotlar.
Marketing innovatsiyasi – bu firma tomonidan marke­ting­ning yangi uslubini joriy etish (mahsulotning dizayni va qadoq­lash, uni joylashtirish, narx belgilash, bozorga chiqarish) agarda u fir­ma tomonidan birinchi marta ishlatilayotgan bo‘lsa.Masalan, dizayn va qadoqlash bo‘yicha: yangicha ko‘rinish berish va ko‘rkam­li­gi­ni oshirish uchun mebel dizayniga ozgina o‘zgartirish kiritish; mah­sulotga sifatli ko‘rinish berish maqsadida kosmetik loson uchun idishning yangi dizaynini joriy etish.
Mahsulot innovatsiyasi – bu yangi yoki sezilarli darajada yaxshi­langan tovar va xizmatlarni joriy etishdir. Masalan, tex­ni­ka xususiyatlari, komponent va materiallari, ichiga o‘rnatilgan das­turiy ta’minoti, foydalanuvchi uchun qulayligi yoki boshqa funk­sional xususiyatlari.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling