Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet91/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Ilmiytadqiqot loyihasi — fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shaklida maqsad va vazifalari, ijrochilari va bajarish muddatlari, manbalari, vositalari (ularning shakl­lan­ti­rish manba­la­ri­dan qat’i nazar) ilmiy va (yoki) ilmiy-texnik natijalarni, nou-xau va yangi texnologiyalarni olishga qaratilgan tashkiliy-texnik va bosh­qa zarur chora-tadbirlar majmui.
Ilmiy-texnik kengash — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy eks­per­tizadan o‘tkazish maqsadida tegishli fan yo‘na­lish­la­ri bo‘yicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tash­kilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan shakl­lan­ti­ril­gan hamda jamo­atchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-tex­nik jamoa.
Ilmiy-texnik siyosat – bu milliy iqtisodiyot tar­moq­lari­ning ilmiy-texnik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlar tizi­midir.
Ilmiy ekspertiza – ilmiy tadqiqot loyihalari bo‘yicha asos­lan­tirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni o‘rganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat.
Innovatsiya – qandaydir yangi yoki sezilarli darajada yaxshi­langan mahsulot (tovar, xizmat)yoki jarayonni, marketingning yangi uslubini ish amaliyotida, ish joylarini tashkil qilishda yoki tashqi aloqalarda yangi tashkiliy uslubni iste’molga kiri­tish­dir.
Innovatsion jarayon – bu yangi yoki sezilarli darajada yax­shi­lan­gan ishlab chiqarish yoki yetkazib berish uslubini, texnik jara­yonlar, uskunalar yoki dasturiy ta’minotdagi sezilarli o‘z­ga­­rishlarni joriy etishdir.
Innovatsion faoliyat – bu innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki shu maqsad bilan ko‘zlab qilingan barcha il­miy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing ha­ra­kat­lardir. Innovatsion faoliyat, shuningdek, qandaydir aniq innovatsiyani tayyorlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan tad­qi­qot­lar va ishlanmalarni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion loyihalar – amalga oshirish muddati, infra­tuzil­masi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tad­qi­qot­lar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling