Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Maqsadli ilmiy tadqiqot loyihalari


Download 0.98 Mb.
bet93/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Maqsadli ilmiy tadqiqot loyihalari – O‘zbekiston Res­pub­­likasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan davlat siyo­­sati vazifalarining ilmiy yechimini ta’minlashga yo‘nal­tiri­l­gan, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hoki­miyati organlari oldida turgan o‘ziga xos muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqi­sh­ga qaratilgan, tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha tak­lif­larini shakllantirish imkoni chegaralangan ilmiy tadqiqot loyihalari.
Mentor – startap-loyihani rivojlantirish va ilgari sil­ji­tish maqsadida uni o‘z bilimlari va tajribasi bilan qo‘llab-quv­vat­­laydigan maslahatchi.
Muallif – ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs.
Nou-xau– bu ishlab chiqarish siri hisoblangan, egasi bu ma’­lu­motlarni uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ish­la­ti­li­shi­dan himoya qilish huquqiga ega bo‘lgan, himoyalovchi huj­jat­lar (masalan, patentlar) bilan muhofazalanmagan va to‘liq yoki qis­man nashr qilinmagan texnik, tashkiliy yoki tijorat ma’­lu­mot­­lari­dir.Bular xo‘jalik faoliyati jarayonida foyda kel­tira­di­gan yangi tex­no­logiya, texnik yoki boshqa yechimlar, bilim, tajriba bo‘­lishi mumkin.
Sanoat namunalari– bu sanoat yoki hunarmandlik bu­yum­la­ri­ning tashqi ko‘rinishini belgilovchi badiiy-konstruk­tor­­lik yechi­­midir. Agar sanoat namunasi yangi yoki sifatli bo‘lsa, unga hu­qu­­qiy muhofaza (patent) beriladi.
Sanoat hamkori – ilmiy tadqiqot loyihasi natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan manfaatdor bo‘lgan va shunga muvo­fiq loyihani hamkorlikda moliyalashtirish taklifiga ega sa­no­­at yoki tarmoq korxonasi.Agar sanoat namunasi yangi yoki si­fatli bo‘l­sa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Seleksion yutuqlar– bu ijodiy mehnat orqali o‘sim­lik­ning yangi navi yoki hayvonlarning yangi turini yaratish (aniqlash) kabi insonning aniq bir maqsadga qaratilgan fao­liya­tining nati­ja­­sidir. Agar seleksion yutuqlar yangi, boshqa­lar­dan farqli va bar­­qaror bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beril­adi.
 Startap–yosh tadbirkorlarning yangi g‘oyalar, ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalariasosida,avval foyda­la­nil­magan uslubda,iste’mol bozoriga (qonun bilan taqiqlanmagan) tovarlar yoki xizmatlar taqdim etishini ifodalaydi.
Startap” kompaniya – ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion fa­oliyat natijalarini ilgari surish hamda tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan yuridik shaxs.
Startap-loyiha – foyda olish noaniq va moliyaviy tavak­kal­chi­lik yuqori bo‘lgan sharoitlarda yangi innovatsion yechim va tex­no­lo­giyalari, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi mahsulot yara­tish­­ni yoki xizmatni joriy etishni ko‘zda tutuvchi yangi biznes loyiha.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling