Q. M. Murodov, D, Q, Murodova


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/57
Sana02.11.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1738929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
 
 



KIRISH 
Xromatografik analiz usullari juda katta amaliy ahamiyatga ega 
boʼlgan analiz usullariga kiradi. Bu usul nafaqat kimyo fanining ilmiy 
yoʼnalishida, balki atom texnikasi, biologiya va tibbiyot, neft kimyosi va 
gaz sanoatida oʼzining salmoqli oʼrniga ega.
O„zbekiston Respublikasi neft va gaz zaxiralariga boy davlatlardan 
hisoblanadi. Mustaqillik yillarida neft va gaz soxasida juda katta amaliy 
ishlar olib borilmoqda. Neft va gazdan yoqilg„i maxsulotlarini , xalq 
xo„jaligi uchun zarur bo„lgan istemol mollarini ishlab chiqarish jadallik 
bilan 
rivojlanib 
bormoqda. 
Bu 
soxalarni 
rivojlantirishni 
xromatografiyasiz tasavvur etish mumkin emas. Bundan tashqari
нukumatimiz qarorlari bilan mamalakatimizning yettida mintaqasida 
dori-darmonlar ishlab chiqarishga yo„naltirilgan erkin iqtisodiy zonalar 
tashkil etildi. Ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlarning analizida asosiy 
rolni xromatografik analiz usullari tashkil etadi.
Tabiiyki, xromatografik analiz usullarini yaxshi biluvchi kimyogar 
mutaxassislarga talab keskin oshib bormoqda. Shu sababli yuqori 
malakali kimyogar mutaxassislar tayyorlash dasturlarida kimyogar-
xromatografist tayyorlashga katta eʼtibor berilmoqda. Hozirgi kunda 
rivojlangan mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalaridagi kimyo 
yoʼnalishlarida xromatografik analiz usullari boʼyicha dars soatlari keng 
qamrovlidir.
Afsuski, hozirgi vaqtgacha kimyo taʼlimi yoʼnalishida kimyogar 
mutaxassislarni tayyorlashda bir vaqtning oʼzida ham nazariy, ham 
amaliy masalalarni oʼzida qamrab olgan birorta oʼzbek tilidagi 
xromatografik analiz usullari boʼyicha adabiyotlar mavjud emas. 
Ushbu qoʼllanma oliy oʼquv yurti talabalari uchun xromatografik 
analiz usullari boʼyicha oʼzbek tilida qisqa nazariy savollarni va masala-
larni oʼzida mujassamalashtirgan toʼplam hisoblanadi. Ushbu 
qoʼllanmada gaz, suyuqlik, ion-almashinish, yupqa qavat va qogʼoz 
xromatografiyasi usullariga bagʼishlangan nazariy bilimlar va masalalar 
keltirilgan. Barcha boʼlimlarda mavzuga bagʼishlangan namunaviy 



masalalar yechishi bilan berilgan. Masalalar echish jarayonida yuzaga 
kelayotgan nazariy savollarga boʼlgan ehtiyojni qondirish uchun, har bir 
qismida xromatografik analiz usullarining nazariy asoslari ham 
keltirilgan. 
Ushbu qoʼllanma universitetlarning kimyo fakultetlari talabalariga 
moʼljallangan boʼlib, undan biologiya fakultetlarining talabalari, oliy 
oʼquv yurtlarining, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda zavod-fabrika 
laboratoriyalarining xodimlari ham foydalanishlari mumkin. 
Mualliflarlar mazkur qo„llanmani yaratilishida o„zlarining foydali 
maslahatlari bilan ishtirok etgan O„zbekiston Мilliy universiteti analitik 
kimyo kafedrasining dotsenti , k.f.n. Turabov N.T.ga, Samarqand 
davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi mudiri, prof. 
Abduraxmanov E.A.ga, Samarqand davlat universiteti fizikoviy kimyo 
kafedrasi mudiri prof. Muhamadiev N.Q. ga
o„zlarining minnat-
dorchiliklarini bildiradilar. 
Mualliflar hamkasblarining kitobni yaxshilashga qaratilgan fikr va 
takliflarini minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. 

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling