Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy holatda Van-Deemter tenglamasini quyidagi ko„rinishda yozib olish mumkin ( tajriba paytida ko„pchilik kattaliklar o„zgarmaydi : A – girdob koeffitsiyenti deyiladi va uning qiymati harakatli faza tezligiga bog„liq emas; В- molekulyar diffuziya deyiladi va u moddalarning gaz muhitidagi diffuziya xossasini hamda molekulalarning kolonkada qanday yo„l bilan harakat qilayotganini ko„rsatuvchi kattalik. Tezlikning past qiymatlarida uning qiymati katta bo„ladi. С –moddalarning harakatsiz suyuq fazadagi diffuziya xususiyatlarini anglatadi. Harakatsiz suyuq faza miqdori qancha 14 kamaysa, kolonkaning samaradorligi shuncha ko„payadi. Harakatli faza oqim tezligi kattalashgan sayin, uning miqdori oshib boradi va bunda kolonkaning samaradorligi pasayadi. 6 –rasm. Harakatli faza oqim tezligining kolonka samaradarligiga ta’siri Harakatli faza oqim tezligidan tashqari harakatli oqimning tabiati ham kolonkaning samaradorligiga kuchli ta‟sir etadi. 7-rasmda shu fikrning tasdig„ini ko„rsak bo„ladi. 7 –rasm. Harakatli faza oqimi tabiatining kolonka samaradarligiga ta’siri 2.Haroratning ta’siri. Kolonkadagi harorat oshganda moddalaning tutilish vaqti shu bilan birga analiz etish vaqti ham kamayadi. Moddalarning harakatsiz va harakatli fazalar o„rtasidagi taqsimlanish koeffitsiyenti harorat oshganda kamayadi, sababi suyuq fazadagi moddalarda desorbsiya hodisasi 15 absorbsiyaga nisbatan tezlashadi. Turli moddalar uchun bu bog„liqlik 8- rasmda keltirilgan. 8-rasm. Moddalarning tutilish vaqtini haroratga bog‘liqligi 2,3-dimetilbutan uchun haroratning ta‟siri 9-rasmda keltirilgan. 9-rasm. 2,3 dimetilbutan uchun haroratning ta’siri Analiz qilinayotgan namuna tarkibiga qaynash harorati bir-biridan katta farq qilayotgan moddalar kirgan bo„lganda, analizning haroratni dasturlash usulidan foydalanamiz. 10 va 11 rasmlarda tarkibida qaynash harorati biri-biridan keskin farq qiladigan moddalarning izotermik va programmalash usullaridan foydalanib qilingan analiz natijalari keltirilgan. Rasmlardan ko„rinib turibdiki, izotermik, ya‟ni kolonka haroratini ma‟lum bir qiymatda ushlab turilganda moddalarni bir-biridan ajratish 16 qiyinlashadi. Kolonka harorati analiz vaqti ko„tarilgan sari kolonkadagi harorat ham ko„tarilib borganda moddalarni biri-biridan yaxshi ajratish mumkin. 10-rasm. Analizning izotermik usuli 11-rasm. Analizning haroratni dasturlash usuli Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling