Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Mustaqil yechish uchun masalalar
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil yechish uchun masalalar
1-masala. Harakatsiz fazaning massasi 4.267 g bo„lgan xromatogra-fik kolonkada etan, etilen va atsetilen xromatogrammalari olindi. Gaz oqimining tezligi 30 ml/minutni tashkil etdi, diagramma lentasining tezligi 240 mm/soat. Kolonka harorati 100 °C, atrof-muhit harorati 25 °C (suvning parsial bosimi ushbu haroratda 24,5 mm.sim.ust. teng), atmosfera bosimi 758 mm.sim.ust. Tutilmaydigan komponent, etan, etilen va atsetilen xromatografik cho„qqilarigacha bo„lgan masofa mos ravishda 1,2; 15,4; 13,9 va 17,2 mmga teng. Etanning tutilish hajmini aniqlang. Javob: 0,503 ml/g. 2-masala. Harakatsiz fazaning massasi 3,812 g bo„lgan xromatogra-fik kolonkada propan, butan va buten xromatogrammalari olindi. Gaz oqimining tezligi 60 ml/minutni tashkil etdi, diagramma lentasining tezligi 60 mm/soat. Kolonka harorati 120 °С, atrof-muhit harorati 24 °С (suvning parsial bosimi ushbu haroratda 23,1 mm.sim.ust. teng), atmosfera bosimi 742 mm.sim.ust. Tutilmaydigan komponent, propan, n-butan va butenning cho„qqilarigacha bo„lgan masofa mos ravishda 1,2; 10,4; 14,9 va 17,2 mmga teng. Butenning nisbiy tutilish hajmini toping. Javob: 5,72 ml/g. 3-masala. Harakatli faza oqim tezligining 30 ml/min qiymatida benzolning tuzatilgan ushlanish vaqti 14,9 sekundni tashkil etadi. Diagramma lentasining tezligi 3 sm/minut bo„lganda, yutilmaydigan komponentning va toluolning tutilish vaqtlari mos ravishda 3 va 13 mm. Gaz-oqiming tezligi 60 ml/minut. Ushbu sharoitlarda qaysi modda ko„proq tutilishini aniqlang. Javob: toluol. 4-masala. Harakatli faza oqim tezligining 40 ml/min qiymatida metilpiridinning tuzatilgan ushlanish vaqti 18,8 sekundni tashkil etadi. Diagramma lentasining tezligi 3 sm/minut bo„lganda, yutilmaydigan 29 komponentning va teofenning tutilish vaqtlari mos ravishda 3 va 13 mm. Gaz-oqiming tezligi 60 ml/minut. Ushbu sharoitlarda qaysi modda ko„proq tutilishini aniqlang. . Javob: teofen 5-masala. Yutilmaydigan harakatli faza geliy oqim tezligi 30 sm 3 /min. Uning tutilish vaqti 25 s. Noma‟lum modda (X) ning tutilish vaqti – 5 min. Noma‟lum modda (X) ning tutilish hajmi va tuzatilgan tutilish hajmini aniqlang. Javob:150 ml; 137,5 ml. 6-masala. Namuna yuborilgan joydan yutilmaydigan komponent chiqishi orasidagi masofa 3 mm, benzol chiqish joyigacha 26 mm, toluolgacha 48 mm. Benzol va toluol xromatografik cho„qqilarining asosi mos ravishda 4 va 8 mm. Kolonka uzunligi 1,5 metr. Nazariy tarelkalar ekvivalent balandligini aniqlang. Javob: 7-masala. Namuna yuborilgan joydan yutilmaydigan komponent chiqishi orasidagi masofa 2,5 mm, geksan chiqish joyigacha 38 mm, geptangacha 62 mm. Geksan va geptan xromatografik cho„qqilarining asosi mos ravishda 3 va 7 mm. Kolonka uzunligi 2,5 metr. Nazariy tarelka-lar ekvivalent balandligini aniqlang. Javob: 8-masala. 2-metilgeksanning tutilish vaqti 136 sekund. Xromatografik cho„qqi yarim balandligi eni 6 mm. 3-metilgeksanning xromatografik cho„qqisi asosining eni 16 mm.Diagramma lentasi tezligi 240 mm/soat.Yuqoridagi holat uchun 3-metilgeksanning tutilish vaqtini aniqlang. Javob: 362,5 sekund. 9-masala. 3-metilfenolning tutilish hajmi 117 ml. Xromatografik cho„qqisi asosining eni 36 sekund. Diagramma lentasi tezligi 3 sm/min. Gaz oqimining tezligi 30 ml/min. 2-metilfenolning xromatografik cho„qqisi yarim balandligi 8 mm bo„lsa, uning tutilish hajmini aniqlang. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling