Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Javob: 2000 mm.
20-masala. 3 metrli xromatografik kolonkada analiz o„tkazilganda komponentning tutilish vaqti 20 mm, xromatografik cho„qqi yarim balandlik eni 4 mm ni tashkil etdi. Ushbu kattaliklardan foydalanib nazariy tarelkalar sonini va nazariy tarelkalar ekvivalent balandlik qiymatini hisoblang. 32 Javob: n = 133 , H = 21,7 mm. 21-masala. Kolonkaning nazariy tarelkalar soni 200, diagramma lenta tezligi 720 mm/soat, xromatografik cho„qqi yarim balanligining yeni 3 mm bo„lsa, komponentning tutilish vaqtini aniqlang. Javob: 1,5 minut 22-masala. Xromatografik analizning quyidagi qiymatlari asosida propanning samarali tutilish hajmini aniqlang: =10 mm, ⁄ ⁄ Javob: 18,32 ml. 23-masala. Komponentlardan birining tutilish vaqti 2 minut, uning xromatografik cho„qqisi yarimbalandligining yeni – 3 mm, diagramma lentasi-ning tezligi 720 mm/soat va nazariy tarelkalar sonining ekvivalent balandligi 3 mm ga teng bo„lsa, xromatografik kolonkaning uzunligini aniqlang. Javob: 1 metr. 24-masala. 2 metrli xromatografik kolonkada moddaning nisbiy tutilish vaqti 1 minut, xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 1 mm, diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat bo„lganda, kolonkaning ekvivalent nazariy tarelkalar balandligini aniqlang. Javob: 3,6 mm. 25-masala. 3 metrli xromatografik kolonkada moddaning nisbiy tutilish vaqti 54,4 sekund, xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 4 mm, diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat bo„lganda, kolonkaning nazariy tarelkalar sonini va ekvivalent nazariy tarelkalar balandligini aniqlang. Javob: n = 28, H = 10,7 mm. 26- masala. Moddamiz 1000 nazariy tarelkaga ega xromatografik kolonkada analiz qilinmoqda. Xromatogrammada uning tutilish masofasi 20 mm ni tashkil etadi. Analiz shart-sharoitlari o„zgarganda bu masofa 60 mm ni tashkil etdi. Ikki holat uchun ham xromatografik cho„qqining yarim balanlik enini hisoblang. Javob: 1,5 mm; 4,5 mm. 33 27-masala. Uzunligi 2 m bo„lgan, nazariy tarelkalarning ekvivalent balandlik (NTEB) qiymati 0,4 sm, xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 2 mm va diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat holat uchun moddaning tutilish vaqtini hisoblang. Javob: 1,9 minut. 28- masala. Moddamiz 200 nazariy tarelkaga ega xromatografik kolonkada diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat, gaz oqimining tezligi 60 ml/minut bo„lgan sharoitda analiz qilinganda, uning xromatografik cho„qqisi yarim balandligining eni 20 mm tashkil etdi. Moddaning tutilish hajmi qiymatini aniqlang. Javob: 72 ml. 29- masala. Atsetonning nisbiy tutilish vaqti 1 minut, uning xromatografik cho„qqisi yarim balandligining eni – 1,5 mm, diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat va nazariy tarelkalar ekvivalent balandligi 3 mm ga teng bo„lsa, xromatografik kolonkaning uzunligini aniqlang. Javob: 1 metr. 30-masala. Ksilolning kolonkada nisbiy titilish vaqti 15 mm, diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat, harakatli gaz oqimining tezligi 30 ml/minut, kolonka harorati 90 0 C, harakatsiz fazaning massasi 4 g. Ushbu sharoit uchun ksilolning nisbiy tutilish hajmini aniqlang. Javob: 8,46 ml. 31-masala. Kolonkaning nazariy tarelkalar soni 1000, xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 3 mm bo„lgan holat uchun, moddaning tutilish masofasini toping. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling