Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Ion-almashuvchi smolalar klassifikatsiyasi
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Ion-almashuvchi smolalar klassifikatsiyasi Ion-almashuvchi smolalar klassifikatsiyasi ularning kislota-asos xossalariga asoslangan. To„rt xil ionit turlari mavjud. Birinchi turiga kuchli asos va kislota xossasiga ega bo„lgan ionitlar kiradi. Bu turdagi kationitlarda (KU-2, sulfoko„mir, amberlit IR-120, 108 daueks -50 va boshqalar) ionogen guruh sifatida qarama-qarshi ion sifatida vodorod ionini saqlagan sulfoguruh hisoblanadi. Birinchi turdagi kationitlar kabi, anionitlarning almashinish sig„imi eritmaning рН qiymatiga bog„liq emas. Bu turdagi anionitlarning matritsasida eritmadagi anionlarni osonlik bilan gidroksil guruhlariga almashtiruvchi -N-guruhlar mavjud. Ularga AV-17, amberlit IRA-400 , daueks-1 va boshqalar kiradi. Ikkinchi turdagi ionitlar kuchsiz kislota va asos xossalarini namoyon etadi. Ikkinchi turdagi kationitlarning almashinish sig„imi kislotalik muhitda amalda nolga teng. Almashinish sig„imining qiymati eritmaning рН qiymati oshgan sari ortib, eritma tarkibidagi kationit konsentratsiyasi va uning tabiatiga bog„liq. Sorbit ionlar sifatida kuchli kislotali muhitda ionlarga ajralmaydigan kuchsiz kislotalarning – ionlari kiradi. Bunday guruhlarni KB-2, KB-4, ST-1, amberlit IRS-50, vaforit va boshqa ionitlar saqlaydi. Kuchsiz anionitlarda sorbit guruhlar sifatida guruhlari ishtirok etadi. Ularning almashinish sig„imi eritmaning pH qiymatiga bog„liq. Ikkinchi tur anionitlariga EDE-10P, AN-2F, FN-1, amberlit IR-4B va boshqalar kiradi. Uchinchi tur ionitlariga kuchli va kuchsiz kislota yoki kuchli va kuchsiz asos aralashmasi xossasini nomayon etadigan ionitlar kiradi. Ularning matritsasida bir vaqtning o„zida kuchli va kuchsiz kislotali yoki kuchli va kuchsiz asos xossasini nomayon etadigan guruhlar mavjud. To„rtinchi tur ionitlarga xos bo„lgan xususiyat – рН yoki рОН qiymatining ko„tarilishi bilan hajmiy almashinish sig„imining oshib borishi ( 19 - rasm). Ularning matritsa tarkibida kuchlilik darajasi har xil bo„lgan kislota yoki asoslar qoldiqlari bo„ladi. Bunday ionitlarga loy, tuproq yoki ba‟zi bir minerallar misol bo„la oladi. 109 19-rasm. Eritma almashinish sig‘imining eritmaning рН yoki рОН qiymatiga bog‘liqligi 1- 1 tur ionitlar; 2- 2 tur ionitlar; 3- 3 tur ionitlar; 4- 4 tur ionitlar Statik sharoitlarda ( ionit shimdiriladigan eritma bilan chayqaladi) hisoblab chiqilgan almashinish sig„imiga statik almashinish sig„imi (SAS) deyiladi. Dinamik sharoitlar ( ionit orqali shimdiriladigan eritma oqimi o„tkaziladi) hisoblab chiqilgan almashinish sig„imiga dinamik almashinish sig„imi (DAS) deyiladi. DAS qiymati kolonkadan birinchi bo„lib sizib chiqayotgan shimdirilayotgan ionni aniqlash bilan topiladi. Ion-almashuvchi ionitlarning yuqori xossalarini sobit ionlarning turi va sonini o„zgartirib yoki bo„lmasa matritsa tuzilishini o„zgartirib amalga oshirish mumkin.Ionitlarni nomlashda umumiy holatlarni ko„rish mumkin: K –kationit, A – anionit, KF – fosforli kationit va hokazo. Ba‟zi bir ionitlarning nomlari ularni sintez qilishda ishlatilgan boshlangich moddalar nomidan kelib chiqqan. Masalan: SDV (St-DVB)- stirol va divinilbenzol, yoki EDE –etilendiamin va epixlorgidrin. 3 - jadvalda ion-almashinish xromatografiyasida qo„llanilayotgan ba‟zi ionitlarning xossalari keltirlgan. 3-jadval Ba‟zi ionitlarning xususiyatlari Sorbent Asos Funksional guruh Adsorbosfer AX Silikagel Sulfoguruh Adsorbosfer SX Silikagel Ammoniy guruhi 110 Alteks OA-100 St-DVB Sulfoguruh Ionopak St-DVB Sulfoguruh Nukleosil A Silikagel Sulfoguruh Nukleosil V Silikagel Ammoniy guruhi Nukleosil 11 Silikagel Dimetilamino guruh Sinxropak SM- 300 Silikagel Karboksi kislota Sferisorb AX Silikagel Ammoniy guruhi Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling