Q. M. Murodov, D, Q, Murodova


Ion-juft xromatografiyasi


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/57
Sana02.11.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1738929
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Ion-juft xromatografiyasi. 
 
Ion-juft xromatografiyasida silikagelga S
8
-S
18
alkil radikallari 
ulangan moddalar sorbent sifatida ishlatiladi. Ionlarga ajralgan moddalar 
namuna komponentlari qutbli erituvchilarda yaxshi erib, kolonkadan 
o„tayotgan paytda silikagelning modifikatsiya qilingan qutbsiz yuzasida 
yomon ushlanib, bir-biridan ajraladi.
Qutbsiz harakatsiz fazani modifikatsiya qilish uchun harakatli 
fazaga ion-juft modda (alkilamin, alkilsulfonat, alkilsulfat va boshqa 
ionogen sirt aktiv moddalar) kiritiladi. Ion-juft reagent asosan organik 


114 
qismdan iborat bo„lganligi uchun, qutbsiz harakatsiz fazada (alkillangan 
silikagel) yaxshi yutiladi. Shunday modifikatsiyadan keyin sorbent 
yuzasi ion-almashuvchi moddaga aylanadi. 
Ion-juft reagentning tabiatiga qarab, modifikatsiya qilingan sorbent 
kation-almashuvchi 
yoki 
anion-almashuvchi 
sorbentga 
aylanadi. 
Masalan: perxlorat va alkilsulfat
ionlari bilan modifikatsiya 
qilingan sorbent kation-almashuvchi sorbent bo„ladi. Harakatli fazaga 
tetrabutilammoniy gidrosulfat kiritilishi harakatsiz fazani anion-
almashuvchiga aylantiradi. Ushbu sorbent yordamida sianid anioni 
sifatida qaralgan kumush, mis, nikel, kobalt, oltin ionlarini bir-biridan 
ajratish mumkin.
Ionli birikmalar ajralishining boshqa mexanizmlari ham ma‟lum. 
Agar ajralayotgan komponentlar ion-juft reagent bilan ion assotsiatlari 
hosil qilsa, silikagel yuzasida qanday qonuniyatlar bilan tutilgan bo„lsa, 
xuddi shunday ajralishlar yuzaga keladi. 
Ligand- almashinish xromatografiyasi 
 
1961 yili F. Gelferix diamin ajratib olish uchun ligan-almashinish 
xromatografiya usulini taklif etdi. Ion-almashuvchi va mis ammiakatining 
to„yingan eritmasi bilan to„ldirilgan kolonka orqali diaminnning 
aniqlanayotgan eritmasi o„tkazildi. Bunda diaminning bitta molekulasi 
ikki molekula ammiak molekulasini siqib chiqaradi. Keyin kolonkani 
ammiakning to„yingan eritmasi bilan yuvilganda, kolonkadan toza 
diaminni siqib chiqarish mumkin. 
Ligand-almashinish xromatografiyasida harakatli va harakatsiz 
fazalar kompleks hosil qiluvchi metallarni saqlashi mumkin. Metall ionini 
mustahkam ushlab turuvchi ion-almashtiruvchi tanlab olinadi. Bunday 
holatda moddalarning bir-biridan ajratishning eng asosiy talablari : 
kompleks hosil qilish konstantalarining va moddalarning harakatli va 
harakatsiz fazalar o„rtasidagi taqsimlanish koeffitsiyentlarining bir-
biridan farq qilishidir. Ligand sifatida kompleks hosil qiluvchi ion bilan 
koordinatsion bog„ hosil qiluvchi molekula yoki anion bo„lishi mumkin.


115 
Asosan ajratuvchi agent sifatida ko„pchilik hollarda mis (II), rux va 
nikelning L-prolin, L-gidrooksiprolin yoki L-fenil-alanin hamda 
kadmiy, simob (II) va kumush (I) ning ligandlari qo„llaniladi. 
Ligand-almashuvchi xromatografiya asosan aminokislotalarning 
atsemik aralashmalarini ajratishda katta samara beradi. Bu ajratishda ion-
almashinish, ion-juft va teskari-fazali variantlari bo„lishi mumkin. 
Ligand-almashuvchi xromatografiyada sorbent sifatida organik va 
noorganik 
sorbentlar 
hamda 
organik 
va 
noorganik 
moddalar 
kombinatsiyalari ( alkil radikallari bilan modifikatsiya qilingan silikagel) 
qo„llaniladi. Harakatli faza sifatida atsetonitrilning ammiak yoki piridin 
bilan aralashmasi qo„llaniladi. Ba‟zi bir hollarda harakatli fazaga 
kompleks 
hosil 
qiluvchi 
metall 
tuzlari 
qo„shiladi. 
Masalan, 
aminokislotalarni sulfolangan polistirolda ajratishda harakatli faza 
sifatida rux ionlari qo„shilgan pH qiymati 4,1 bo„lgan bufer eritmalar 
ishlatiladi. 
Ligand-almashuvchi 
xromatografiyasi 
aminokislotalarni, 
peptidlarni, fenollarni, nitrofenollarni aniqlashda ishlatiladi. 

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling