Q. M. Murodov, D, Q, Murodova


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/57
Sana02.11.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1738929
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
 
Harakatli fazalar 
Ion-almashinish xromatografiyasida harakatli faza sifatida asosan 
suv ishlatiladi. Suvda ionogen guruhlar gidratlanadi va ionlarga 
dissotsiyalanadi. Harakatli fazaning erituvchanlik xossasi eritmaning pH 
qiymatiga, ion kuchiga, ishlatilgan bufer eritmaning tabiatiga va organik 
erituvchilarning borligiga bog„liq. 
Harakatli faza suvga organik erituvchilarning (metanol, etanol, 
atsetonitril, dioksan) qo„shilishi xuddi suyuqlik xromatografiyasidek 
ta‟sir etadi: dissotsiatsiya darajasi ortadi, komponentlarning tutilishi 
pasayadi. Kam qutbli erituvchilar uchun kamroq samara beradi. Organik 
erituvchilarning qo„shilishi xromatografik jarayonning selektivligiga 
ham ta‟sir etadi.
Kuchli asosli yoki kuchli kislotali ionitlar bilan pHning 2-12 
qiymatlarida, kuchsiz asosli ionitlardа pHning 2-6 qiymatlarida, kuchsiz 
kislotali ionitlarda esa pH ning 5-12 qiymatlarida tajribalar olib boriladi. 
Kuchsiz kislota va kuchsiz asoslarni ajratishda harakatli fazaning pH 
qiymati quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 
(kuchsiz kislotalar) 
(kuchsiz asoslar) 
Harakatli faza sifatida suvdan tashqari bufer eritmalar (atsetatli, 
boratli, gidrokarbonatli, fosfatli); mineral (nitrat, sulfat, xlorid, fosfat) va 


111 
organik karbon kislotalar (vino, limon, sut, oksalat) eritmalari ham 
ishlatiladi. 
Ion xromatografiya 
Ion xromatografiya – ion–almashinish xromatografiyasining 
yuqori samarador usulidir. Yuqori samaradorlik maxsus ishlab chiqilgan 
kam ajratish sig„imiga va o„lchamiga ega bo„lgan sorbentlar va yuqori 
samarali detektorlarni qo„llash hisobidan amalga oshadi. Detektorlar 
sifatida universal ( konduktometrik), maxsus selektiv elektrokimyoviy 
(kulonometrik, polyarografik va boshqalar) va optik (spektrofotometrik, 
lyuminissensiyali) 
qo„llaniladi. 
Ko„pchilik 
holatlarda 
asosan 
konduktometrik detektorlar ishlatiladi. 
Sorbent sifatida shisha yoki g„ovak ion-almashuvchi qatlami bilan 
qoplangan polimer zarrachalar ishlatiladi. Ion xromatografiyasida 
asosan: ikki va bir kolonkali usul qo„llaniladi. 
Ion-xromatografiyada elyuent tarkibida elektrolitlar bo„lganligi va 
shu sababdan uning o„zining qo„shimcha elektr o„tkazuvchanligi 
namoyon bo„lganligi sabab detektor sifatida konduktometrlarni qo„llash 
ko„p xatoliklarga olib keladi. Shuning uchun ikki kolonkali usul 
ishlatilib, 
birinchi 
kolonka 
ajratuvchi, 
ikkinchi 
kolonka 
esa 
kompensatsion ( bosib turuvchi) vazifasini bajaradi. 
Anionlarni aniqlashda kation-almashuvchi ionitning 
bilan 
to„ldirilgan kompensatsion kolonka ajratuvchi kolonkadan keyin turadi. 
Harakatli 
faza 
sifatida 
kuchsiz 
kislota 
tuzlarining, 
masalan,
eritmalari ishlatiladi. 
Birinchi ajratuvchi kolonkadan chiqib kelayotgan harakatli faza 
ionlari kation-almashuvchi ionitning ionlari bilan almashinadi. 
̅̅̅̅
̅̅̅̅̅̅
̅̅̅̅
̅̅̅̅̅̅
¯¯ - ionning ionit fazasida to„rganligini ko„rsatadi. 
Harakatli fazaning ionlari ion-almashinish reaksiyasi natijasida 
kam dissotsiatsiyalanadigan karbonat kislota molekulalariga aylanadi. 


112 
Eritmaning elektr o„tkazuvchanligi amalda o„zgarmaydi. Shuning uchun 
ham kompensatsion kolonkaning analitik signalga ta‟siri bo„lmaydi.
Kationlarni 
aniqlashda 
kompensatsion 
kolonka 
anion-
almashuvchining 
formasi bilan to„ldiriladi, ajratuvchi birinchi 
kolonka esa kation-almashuvchi ionit bilan to„ldiriladi. Harakatli faza 
sifatida xlorid kislota suvli eritmasi ishlatilishi mumkin. Kompensatsion 
kolonkada quyidagi reaksiya amalga oshadi: 
̅̅̅̅̅̅
Bunda ham elektr o„tkazuvchanlik faqat namuna tarkibidagi 
aniqlanayotgan ionlar hisobidan yuzaga keladi, chunki harakatli faza 
ionlari kam dissotsiyalanuvchi suv molekularini hosil qiladi. 
Bir kolonkali ion-xromatografiyasi variantida moddalarning 
topilish chegarasi ikki kolonkaligiga ko„ra odatda yuqoriroq.
Ko„pchilik kompensatsion kolonkalarning ekspluatatsion xizmat 
qilish vaqtining kamligi sababli, xizmat vaqtini uzaytirish uchun ishlash 
jarayonida regeneratsiya bo„ladigan membranali susaytiruvchilar 
qo„llaniladi.
Agar elyuentning elektro„tkazuvchanligi past bo„lsa, almashinish 
xususiyati kam bo„lgan ionalmashuvchi bilan to„ldirilgan bir kolonkali 
usulni 
qo„llash 
mumkin. 
Bir 
kolonkali 
anion-almashuvchi 
xromatografiya usulida elyuent sifatida kuchsiz organik kislotalarning 
(benzoy, ftal, salitsil) kam elektr o„tkazuvchi eritmalari ishlatiladi. 
Namuna 
tarkibidagi 
aniqlanayotgan 
ionlarning 
(xlorid, 
nitrat) 
elektro„tkazuvchanligi elyuent elektro„tkazuvchanligidan ancha yuqori 
bo„lganligi uchun kerakli xromatografik cho„qqilar hosil bo„ladi. Agar 
elyuent sifatida ishqorish metall tuzlari eritmalari ishlatilsa, gidroksid 
ionnning boshqa ionga almashinishi hisobiga elektr o„tkazuvchanlik 
pasayib, manfiy xromatogrammalar hosil bo„ladi. 
Bir kolonkali kation-almashinish xromatografiyasida elyuent 
sifatida xlorid va nitrat kislota eritmalari qo„llaniladi. Harakatchan 
vodorod ionlarining o„rniga boshqa ionlarning paydo bo„lishi ham 
manfiy xromatogrammalar hosil bo„lishiga sabab bo„ladi. 


113 
Ion-xromatografiyada ishlatiladigan sorbentlarning ko„pchiligi 
silikagel yoki stirol va divinil benzol asosida tayyorlangan polimer 
qoplangan matritsadan iboratdir (4-jadval). 
4-jadval 
Ion-xromatografiyasida ishlatiladigan ba’zi sorbentlar 
Sorbent 
Asos 
Ajraladigan 
ionlar 
Alteks IC-1000 
ASt 
Anionlar 
Alteks IC-5000 
PSt 
Kationlar 
Veskan A 
Silikagel 
Organik 
va 
noorganik ionlar 
Veskan VM 
St-DMB 
Organik 
va 
noorganik ionlar 
Vidak 300 IC 
Silikagel 
Anionlar 
Vidak 400 IC 
Silikagel 
Kationlar 
Xamilton 
St-DMB 
Anionlar 
St –akrilostirol PSt – polistirol 
Ion-xromatografiyasining eng asosiy yutuqlaridan biri, boshqa 
xromatografik usullar bilan aniqlashning iloji bo„lmagan, suvda yaxshi 
erib, osonlik bilan ionlarga aylanadigan organik birikmalar (kislotalar, 
aminlar va boshqalar) ni bir-biridan ajratib, miqdor va sifat analizini 
o„tkazishdir. 

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling