Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Javob: 40,31 mm.
32-masala. Boshlang„ich holatda nazariy tarelkalar soni 1000 teng, diagramma lenta tezligi 600 mm/soat, xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 2 mm. Kolonka haroratini pasaytirganimizda xromatografik cho„qqisi yarim balandligining eni 5 mm ni tashkil etdi. Yangi tajriba sharoitida komponentning tutilish vaqti qanday o„zgaradi. Javob: 2,5 martaga ortadi. 34 33–masala. Boshlang„ich holatda nazariy tarelkalar soni 50 ga teng, diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat, tutilish vaqti 1 minut. Analiz sharoitlari o„zgartirilganda, moddaning tutilish vaqti 2 minutga yetdi. Oldingi va keyingi analiz sharoitlari uchun xromatografik cho„qqi yarim balandlik enining qiymatlarini aniqlang. Javob: 3 mm; 7 mm. 34-masala. Moddaning xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 2 mm. Diagramma lentasining tezligi 720 mm/soat, harakatli gaz oqimining tezligi 40 ml/minut, kolonkaning nazariy tarelkalar soni 500. Moddaning hajmiy tutilish vaqtini hisoblang. Javob: 60,17 ml. 35- masala. Moddaning xromatografik cho„qqi yarim balandligining eni 1,5 mm. Tutilish vaqti esa 1 minut. Diagramma lentasining tezligi 720 mm/soat, harakatli gaz oqimining tezligi 40 ml/minut, kolonkaning nazariy tarelkalar ekvivalent v balandligi 4 mm. Xromatografik kolonka uzunligini aniqlang. Javob: 1,42 m. 36-masala. Kolonkaning harorati 80 0 C, harakatli faza oqim tezligi 30 ml/minut, benzolning tutilish vaqti 1,1 minut, yutilmaydigan moddaning tutilish vaqti 3 sekund sharoitlar uchun 15 % polietilenglikol bilan to„ldirilgan kolonkada benzolning haqiqiy (ekvivalent ) tutilish vaqtini aniqlang. Javob:14,54 ml. 37 –masala. Moddamiz 50 nazariy tarelkaga ega xromatografik kolonkada analiz qilinmoqda. Diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat va gaz oqimining tezligi 34 ml/minut bo„lganda xromatogrammada uning tutilish hajmi 20 ml tashkil etadi. Kolonka harorati o„zgardi va tutilish hajmi 60 mm ga o„zgardi. Ikki holat uchun ham xromatografik cho„qqi yarim balandligining enini hisoblang. Javob: 2,0 mm; 6,0 mm. 38-masala. Diagramma lentasining tezligi 600 mm/soat, gaz oqimining tezligi 30 ml/minut, xromatografik kolonka harorati 90 0 C, shimdirilgan harakatsiz faza miqdori 4 grammni tashkil etganda 35 ksilolning nisbiy tutilish masofasi 15 mm ni tashkil etadi. Ksilolning nisbiy tutilish hajmini aniqlang. Javob: 8,46 ml/g. 39-masala. Etanol xromatografik cho„qqisining asosi 20 mm. Ushbu kolonkada etanol uchun nazariy tarelkalar soni qiymati 2000 teng.Potensiometr diagramma lentasi tezligi 1200 mm/soat.Etanolning tutilish vaqtini aniqlang. Javob: 11 minut. 40-masala. Azotning xromatografik cho„qqi asosi eni 12 mm. Namuna kiritilgan vaqtdan azot xromatografik cho„qqisigacha bo„lgan masofa 14 sm. Kolonkaning nazariy tarelkalar sonini aniqlang. Javob: 2780 41-masala. Xromatogrammada X aralashmasining cho„qqisi namuna kiritilgandan 15 minut keyin aniqlandi, yutilmaydigan U komponentning cho„qqisi 1,32 minutdan so„ng paydo bo„ldi. X modda- ning eng yuqori cho„qqisi Gauss egrisi shaklida bo„lib, kengligi 24,2 s. Cho„qqining uzunligi 40,2 sm, statsionar fazaning hajmi - 9,9 ml, harakat-chan fazaniki esa - 12,3 ml. Hisoblang: a) kolonkaning nazariy tarelkalar sonini; b) nazariy tarelkalar ekvivalent balandligini (bu qiymat nimani tavsiflaydi?); v) X komponentning tutilish koeffitsieyntni; g) X komponentning taqsimlanish koeffitsiyentni. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling