Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy xodim axloq kodeksi. “Ijtimoiy xodim axloq kodeksi” Ijtimoiy
xodimlar xalqaro federatsiyasi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks ijtimoiy ishning ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan o‘z kasbiy majburiyatlarini amalga 195 oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy, bazaviy prinsiplari va qadriyatlari bayon qilingan hujjatni aks ettiradi. “Ijtimoiy xodim axloq kodeksi”ning asosiy maqsadi – inson(mijoz)ning, mutaxassis(ijtimoiy xodim)ning va jamiyat(sotsiumning turli institutlari)ni mijozning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagi o‘zaro munosabatlari jarayonida axloqiy prinsiplari va ma’naviy (axloqiy) qarashlarini ta’riflash va aniqlashdan iborat. Ijtimoiy ish maktablari xalqaro uyushmasining (IIMXU) faoliyati maqsadi axloq masalalaridan xabardorlik hisoblanadi. Ularning axloqiy talablarga mos ravishda harakat qilish qobiliyatlari va majburiyatlari ijtimoiy ish xizmatlaridan foydalanayotganlarga taklif etilayotgan xizmat sifatining muhim jihatlaridan hisoblanadi. IXXF va IIMXUlarning asosiy prinsipi butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlarni ular har bir alohida holatda duch keladigan murakkab vazifalar va ikkilanishlar ustida axloq masalalaridagi bilimlariga asoslangan holda fikr yuritishga rag‘batlantirishdan iborat. Ijtimoiy xodimlarning milliy uyushmalari. Ijtimoiy xodimlarning britaniya uyushmasi (BASW) – Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ish va ijtimoiy xodimlarni aks ettiruvchi eng katta uyushmalardan biri hisoblanadi. Britaniya Uyushmasi 30 yildan buyon mavjud. Ushbu yillar davomida u murakkab yo‘lni bosib o‘tdi, amaliy tajribaga ega bo‘ldi. Uyushmada ko‘p qismi Angliyada yashovchi ijtimoiy xodimlar bo‘lgan 8.500 ortiq a’zolari mavjud. Britaniya Uyushmasi ish beruvchilar bilan keliShuvlar tuzadi. Bu kabi shartnomalar ijtimoiy xususiy agentliklarning manfaatlarini himoya qiladilar, Uyushma a’zolariga ijtimoiy ish bilan Shug‘ullanish va uyushma faoliyati yo‘nalishlarini targ‘ib qilish bilan Shug‘ullanish imkonini beradi. Ijtimoiy xodimlarning Britaniya Uyushmasi o‘z ustaviga ega. Unda Uyushma a’zolarining majburiyatlari, asosiy axloqiy prinsiplari yozilgan. Uyushmaga a’zolik ijtimoiy xodimlar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar sohasini kengaytiradi. Ijtimoiy xodim litsenziyaga ega va uning kasbiy tayyorgarlik darajasi Uyushma 196 a’zolariga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi talab etiladi. Uyushmaning asosiy vazifasi himoya qilishdan iborat. Bunda mijoz huquqlari kabi, turli darajadagi ijtimoiy xodimlar huquqlari ham himoya qilinadi. Vazifa barcha tomonlarning: xizmatlar iste’molchilari, ish beruvchilar, ijro qiluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan iborat. Uyushma ijtimoiy qonunchilikning ishlab chiqilishi va lobbirlanishi, ijtimoiy xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy muhitga jalb qilish bilan Shug‘ullanadi. Uyushmaning a’zolari matbuot va ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlashish va Shu yo‘l bilan jamoat fikrini shakllantirishda ishtirok etadilar. Ijtimoiy xodimlarning amaliy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari Shundan iboratki, maxsus ta’lim olgandan so‘ng har bir xodim davlat mustaqil kengashida ro‘yxatdan o‘tadi, litsenziya oladi. Amaliy faoliyatni davom ettirish uchun har yili ish beruvchi va mustaqil kengash oldida o‘z amaliyotining yuqori axloqini isbotlashi zarur. Uyushmaning rolini ijtimoiy xodimning ko‘pincha litsenziya yoki ish berishni asoslanmagan tarzda rad etuvchi ish beruvchi va mustaqil kengash oldidagi manfaatlarini himoya qilish, vujudga kelgan bahsli masalalarda masalahatlar berish tashkil etadi, ular Shuningdek, ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning zamonaviy talablari darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qiladi. Uyushma boshqa alyanslar bilan ham hamkorlik qiladi: ijtimoiy ish maktablari uyushmalari, direktorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Bu kuchlarni birlashtirishga, o‘zaro munosabatlarning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga yordam beradi va ijtimoiy xodim faoliyatiga nisbatan siyosiy qarashlarning o‘zgartirilishiga imkoniyat yaratadi. Uyushma a’zolari imtiyozlardan: bepul maslahatlar, sug‘urta qilishda, uy jihozlari, narsalar sotib olishda chegirmalardan, seminar va konferensiyalarda ishtirok etishda chegirmalardan foydalanish huquqiga egadirlar. AQSH ijtimoiy xodimlarning professional uyushmalari. Ijtimoiy 197 xodimlarning milliy uyushmasi (NASW) Qo‘shma SHtatlardagi ijtimoiy xodimlarning professional tashkilotlaridir. AQSH Ijtimoiy Xodimlar Milliy Uyushmasi o‘z siyosatini olib borishda inson huquqlarini ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti qurilgan bazaviy prinsip sifatida amal qiladilar: “Insonning fuqarolik, siyosiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini ta’minlashda jamiyat mas’uliyati haqidagi savol qayta va qayta beriluvchi dunyoda ijtimoiy xodimlar o‘zlari qilayotgan ishlariga to‘liq ishonishlari zarur” (NASW 2000:181). Ijtimoiy xodimlar “har doim odamlar bilan bu qanday shaklda amalga oshirilmasin, g‘ayriinsoniy munosabatga qarshi qat’iy harakat qilishi lozim” 1 . Davlat va xususiy muassasalarda ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy xizmatlarni ishlab chiqish, taqdim qilish va baholash sohasidagi asosiy kasb hisoblanadi. Professional ijtimoiy xodimlar aholini ijtimoiy himoya qilish va global kontekstda xizmat ko‘rsatish tizimining turli tashkilotlarida rahbar lavozimida faoliyat olib boradilar. Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy va iqtisodiy adolat, inson qadr-qimmati va qadriyatlarini ta’minlashni, inson munosabatlarining muhimligini, Shuningdek, amaliyotdagi bir butunlik va layoqatlilikka asoslanadi. Ijtimoiy ish sohasidagi moyillik, karera. Bugungi kunda amaliy ishning turli sharoitlaridagi vazifalar universitet darajalariga, bakalavr (BSW), magistr (MSV) va doktorlik (PhD yoki DSc) darajalariga egalar. Aholining miqdor jihatidan ortib borayotgan keksalar qatlamiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ehtiyojlarini qondirish uchun gerontologik ijtimoiy xodimlar alohida talabga ega. Ijtimoiy xodimlar Shuningdek, bolalarning tibbiy-ijtimoiy muammolarini o‘rta yosh kishilarning shaxsiy va kasbiy muammolarini hal etish uchun ham zarur. Ijtimoiy xodimlar Shuningdek, jinoyatchilik va voyaga etmaganlar o‘rtasidagi jinoyatlar, jumladan, ruhiy va boshqa kasalliklarga chalingan odamlarga, alohida shaxslar va oilalarga inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ham yordam ko‘rsatishlari talab etiladi. Kasalxonalarda ijtimoiy xodimlar sonining ortishi va ushbu shaxslarning ehtiyojlarini qondirishda uzoq muddatli xizmatlar ko‘rsatish, kelgusida ularni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling