Q. N. Kayumov


МУНДАРИЖА 4 KIRISH


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

МУНДАРИЖА


4
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishi aholini ijtimoiy himoya
qilish tizimini takomillashtirishdan iborat
1
.
Mamlakatda ijtimoiy himoyani ta’minlash mexanizmlariga huquqiy
me’yorlarning har tomonlama asoslangan tizimi, ijtimoiy muhofazaga, muhtojlarga
moddiy va uyushgan yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan davlat va nodavlat
organlari faoliyati, pensiya ta’minoti, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
va boshqalar kiradi. Alohida e’tibor oilalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish
masalalariga qaratilgan.
Ijtimoiy himoyaning yangi uslubining shakllanishi sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarni teran anglovchi, aholining turli qatlamlarini ijtimoiy himoya
qilishning ko‘p tarmoqli vazifalarini professional ravishda hal etishga tayyor
bo‘lgan yangi kadrlar mavjudligini taqozo qiladi. Shu nuqtai nazardan, faoliyati
asosan muhtojlarga yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ijtimoiy xodim kasbini alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Bu holatda ularning faoliyati
nafaqat yordam ko‘rsatish va ta’minlash, moddiy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash,
balki o‘z qaramog‘idagilar hayotida faol ishtirok etishlari bilan ham bog‘liq.
Xodimlarning mazkur toifasi individni ijtimoiy moslashtirish yoki uning atrofidagi
turli ko‘rinishdagi nizoli vaziyatlarni hal etish, shaxs, oila va jamiyat darajasidagi
ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan muolaja o‘tkazish, hamda yordam ko‘rsatishga
yo‘naltirilgan. Bularning bari O‘zbekistonda islohotlarning ustuvor yo‘nalishi
bo‘lgan, aholining barqaror ijtimoiy himoyasini amalda ta’minlash imkoniyatiga
ega bo‘lgan kasbiy jihatdan yuqori malakali ijtimoiy xodimlar guruhini
shakllantirishning strategik muhimligini namoyon qiladi.
Ijtimoiy ish – bu ijtimoiy jihatdan zarur kasbiy soha bo‘lib, uning vazifasi
jamiyatning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlash, davlatning zamonaviy ijtimoiy
siyosatini amalga oshirishga imkoniyat yaratish va aholining ijtimoiy himoyaga


5
muhtoj guruhlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va keng imkoniyatlar
yaratishdan iborat.
Odatda davlat yordamga muhtojlarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy va
boshqa institutlar hamda ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi
orqali yordam ko‘rsatadi. Biroq ijtimoiy xizmat faoliyatining alohida turi – ijtimoiy
ish ham mavjud.
Ijtimoiy ish bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy institut, ham professional
faoliyat turi, ham ijtimoiy amaliyot, ham nazariy bilimlar asosi, ham o‘quv fani
hisoblanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi diqqat markazida ijtimoiy xodim faoliyati
turadi. Mazkur faoliyat samarali bo‘lishi uchun insonlarning turli muammolarini
anglay bilishi, ularni hal etish usullarini bilishi lozim. Unga ilmiy bilim va amaliy
ko‘nikmalar, rahmdillik, hamdardlik, mas’uliyat, tolerantlik va insonparvarlik,
fuqarolik hissi va ijtimoiy adolat kabi maxsus, kasbiy va ma’naviy-axloqiy
xususiyatlar xos.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, aholining ijtimoiy muhofazaga
muhtoj
qatlamiga
tibbiy-ijtimoiy
yordam
ko‘rsatish
tizimini
yanada
takomillashtirish, ijtimoiy sohaning boshqaruv organlari uchun kadrlar tayyorlash
maqsadida ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va ularni aholining muayyan guruhi bilan
ishlashga ixtisoslashtirish, alohida mijoz, mijozlar guruhi (oila, ayollar, bolalar,
yoshlar, keksalar va h.k.) bilan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda
1
.
Mazkur vaziyatda ijtimoiy ishni kasb va akademik fan sifatida o‘rganish juda
muhim va foydali ekanligi aniq namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizda “ijtimoiy
xodim” kabi yangi kasbga ehtiyojning vujudga kelishi aholining ijtimoiy himoyaga
muhtoj qatlamining u yoki bu toifalari bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti bilan
Shug‘ullanuvchi, ularga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatuvchi muassasalar,
xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar tarmog‘ining shakllanishi bilan bog‘liq. Dunyoning
ko‘p mamlakatlarida ijtimoiy ish instituti yuz yildan ortiq davr mobaynida faoliyat
olib bormoqda, dunyoning etakchi universitetlari mazkur sohada kadrlar tayyorlash


6
faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar.
Zamonaviy jamiyat misli ko‘rilmagan texnik yuksalishlarni boshidan
kechirayotgan bugungi kunda insonlar ishtirokisiz ishlovchi axborot texnologiyalari
joriy qilinmoqda, buning natijasida ko‘p sonli ishchi kuchi ishsiz qolmoqda va
aholiga
ijtimoiy
xizmat
ko‘rsatish
tizimiga
qo‘shilmoqda.
Taxminiy
hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda AQSHda yollanma ishchilarning deyarli 15
foizi amaliy faoliyatning oila, ta’lim, sog‘liqni saqlash, keksalarga, ruhiy xastalarga,
axloq tuzatish muassasalaridagi bolalarga yordam ko‘rsatish kabi sohalarida
faoliyat olib bormoqdalar.
Bu maxsus ixtisoslikka nisbatan eng umumiy ko‘rinishdagi yondaShuv
demakdir. Mazkur sohada faoliyat olib boruvchi xodimga turli sohalardagi
bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi. U yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin
bo‘lgan odamlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Shuningdek, hamkorlik
qilish mumkin bo‘lgan tashkilot va muassasalar, mavjud qonunchilik,
moliyalashtirish manbalari, mazkur sohada faoliyat olib borayotgan boshqa
mutaxassislar va bu kabi holatlarda taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan xizmatlar
haqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozimligi talab etiladi.
Dunyoda ijtimoiy ishning ulkan tajribasi mavjud. Mamlakatimizda orttirilgan
tajriba ham kam emas. Biroq bugungi kunda mamlakatimizda o‘zgarib borayotgan
ijtimoiy vaziyat ijtimoiy ish konsepsiyasini asoslash va uni amaliyotga joriy qilish
talab etiladi. Hayot ijtimoiy texnologiyalarni, ijtimoiy ishni tashkillashtirishning
tuShunarli va ishonchli usullarini talab etadi.
Dunyo tajribasi ko‘rsatishicha, ko‘p mamlakatlarda ijtimoiy rivojlanishning
ijtimoiy xodimlarning faoliyatini e’tiborga olmagan birorta Davlat dasturini yoki
birorta davlat ijtimoiy siyosatini topish mushkul. Odamlar o‘zlari, oila a’zolari,
do‘stlari bilan birgalikda hal etish mumkin bo‘lmagan muammolarga ko‘proq duch
kelmoqdalar. Bu muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatish uchun alohida kasb
egalari – ijtimoiy xodimlar bo‘lishini taqozo etadi.
Kasb va fan sifatida ijtimoiy ish integral tabiatga ega. Ijtimoiy ish paydo
bo‘lishining eng dastlabki yillaridayoq mazkur faoliyat bilan pedagoglar,


7
psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar Shug‘ullanganlar, ijtimoiy
ish nazariyasi esa turli fanlarning to‘qnaShuvida shakllangan. Aniqroq qilib
aytadigan bo‘lsak, u turli fanlar vakillari o‘rtasida kompleks muammolarni hal
etishdagi hamkorlikni taqozo qiluvchi fanlararo tadqiqotlarning natijasi o‘laroq
vujudga kelgan.
Mazkur kitob OTMlarning “Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari
bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga mo‘ljallangan “Ijtimoiy
ishga kirish” o‘quv fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartiga mos keladi. Talabalar,
doktarantlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan darslik bir vaqtning o‘zida
ijtimoiy ish xodimlarining amaliy faoliyati jarayonida ham qo‘llanilishi mumkin.
Mualliflar mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan kasbning barcha o‘ziga xos
jihatlarini aks ettirish, kitobxonlarni ijtimoiy ish asoslari, shakllanish tarixi va uning
eng muhim asoslari, usullari va qonuniyatlarining vujudga kelish tarixi va
rivojlanishi bilan tanishtirishga, uni to‘g‘ri anglash uchun imkoniyat yaratishga
intilgan.
Kitob adabiyotlar ro‘yxati, glossariy, metodik tavsiyalardan iborat.
Darslik ijtimoiy ish muammolarini o‘rganayotgan barchaga foydali bo‘lishiga
va mazkur kasbning O‘zbekistonda rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishiga umid
qilamiz.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling