Q. N. Kayumov


-MAVZU.FANGA KIRISH. IJTIMOIY ISH VA IJTIMOIY


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

1-MAVZU.FANGA KIRISH. IJTIMOIY ISH VA IJTIMOIY
TA’MINOT MOHIYATI
1.
Kursning tuzilmasi, maqsadi, kutilayotgan natijalar


8
2.
Ijtimoiy ta’minot: tuShuncha va maqsadlar
3.
Ijtimoiy ta’minot institut va fan sifatida
4.
Ijtimoiy ish faoliyatning alohida turi sifatida
Kalit so‘zlar: ijtimoiy ish, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya,
adolatlilik, ijtimoiy ish ko‘nikmalari va qadriyatlari, hayotiy vaziyat.
1. Kursning tuzilmasi, maqsadi, kutilayotgan natijalari.
Mamlakatimizda ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat turi sifatida
shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalariga
ta’sir ko‘rsatuvchi shiddatli o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keldi. Ijtimoiy
muammolarning keskin kuchayishi aholining ko‘p qismi davlat
tomonidan ijtimoiy himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib qolishiga sabab
bo‘ldi.
Amerikalik professor Ch.Zastrovning yozishicha: “Ijtimoiy ish
odamlarga, oilalarga, guruhlar va jamiyatlarga ularning shaxsiy,
shaxslararo, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarini ularning hayot
faoliyati sharoitlarini yaxshilash hisobiga oshirishda yordam ko‘rsatish
jarayonida odamlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga
yo‘naltirilgan. Ijtimoiy xodimlar mijozlarning atrof muhitini aniqlab
olish, tanlovni amalga oshirish, o‘z tanlovi uchun javobgarlikni qabul
qilish va ularning hayotiy vaziyatiga uni tashkillashtirish va targ‘ibot
qilish orqali ta’sir ko‘rsatish maqsadida mijoz imkoniyatlarini
rivojlantirishga harakat qiladilar. Ijtimoiy xodimlar, Shuningdek,
jamiyatdagi turli guruhlar o‘rtasida hukmronlikning adolatli tarzda
taqsimlanishiga erishishga intiladilar. Ijtimoiy adolatlilikka bu kabi urg‘u
berilishi ijtimoiy ish kasbining ajratib turuvchi jihati hisoblanadi”
1
.
“Ijtimoiy ish” kasbi dunyoda bir asr avval vujudga kelganligi


9
sababli, ijtimoiy muhitning xorijiy tajribada o‘rganilgan asosiy
muammolarini anglash uchun etarli bo‘lgan boy ma’lumotlar, hamda
dunyo tajribasiga bo‘lgan qiziqish va uni O‘zbekiston sharoitiga tadbiq
qilishga intilish tabiiy holat hisoblanadi.
Mutaxassislik maqsadi, vazifalari va tuzilmasi:
Mutaxassislikning asosiy maqsadi – talabalarda kasbiy layoqatlilik
va malakalarni, ularda ijtimoiy ish, uning etikasi va qadriyatlari,
nazariyalari, tadqiqot usullari va ular bilan bog‘liq ko‘nikmalar haqidagi
bilimlarni shakllantirish orqali rivojlantirishga imkoniyat yaratish.
Mutaxassislik (kurs) vazifalari:
1. Talabalarda ijtimoiy ishning axloqiy qadriyatlari va asoslarini
shakllantirish va ularni amalda qo‘llash uchun imkoniyat yaratish.
2. Ijtimoiy ish faoliyatning alohida turi sifatidagi o‘ziga xos
xususiyatlarini ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixini
qamrab olgan holda o‘zlashtirish.
3. Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalarini ularni ijtimoiy xodim
(ijtimoiy soha xodimi)ning amaliy faoliyatiga tadbiq qilish orqali
o‘rganish.
4. Ijtimoiy
ish
nazariyalarini
amalda
qo‘llash
bo‘yicha
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
5. Amaliyotning dalillarga asoslangan tajribasini, ijtimoiy ishdagi
tadqiqotning asosiy usullarini ko‘rib chiqish va tinglovchilarda
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga imkoniyat yaratish.
“Ijtimoiy ishga kirish” ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassisning
umumkasbiy fani hisoblanadi va bo‘lg‘usi mutaxassisda kasbiy
madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan, uning kasbiy mahoratini


10
tarixiy, nazariy bilimlar, ijtimoiy ta’minot va insonni himoya qilishning
dunyo tajribasi jarayonida ishlab chiqilgan insonparvarlik qadriyatlari
bilan boyitadi.
2. Ijtimoiy ta’minot: tuShuncha va maqsadlarIjtimoiy ish ijtimoiy
ta’minot shakli, ijtimoiy yordam ko‘rsatish faoliyati davomida muhtojlar
bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti va odamlarni qo‘llab-quvvatlash
faoliyati hisoblanadi. Uning samarali tarzda amalga oshirilishi uchun
ijtimoiy xodim inson muammolarini to‘g‘ri anglay bilishi, Shuningdek,
ularni hal etish texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi lozim.
Bizning sanoatlashgan, murakkab va jadal o‘zgarib boruvchi
jamiyatimizda ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyat sarflangan moliyaviy
mablag‘lar, insonlarni azoblardan xalos qilish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
nuqtai nazaridan muhim vazifaga aylanib bormoqda
1
.
Ijtimoiy ishning eng umumiy ta’rifi – bu individ, guruh yoki
uyushma
hayotidagi
ijobiy
o‘zgarishlarni
amalga
oshirishga
yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat, ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish.
Ijtimoiy ta’minot o‘zi nima?
Mazkur atama keng ma’noda ijtimoiy ta’minot aholining
farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha tashkiliy muammolarni
hal etishni qamrab oladi. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi,
reabilitatsiya, kattalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy
yordam, ijtimoiy sug‘urta, jismoniy va aqliy nuqsonlari mavjud bo‘lgan
kishilarga xizmat ko‘rsatish, ruhiy terapiya, maslahat berish va ijtimoiy
farovonlikka ko‘maklaShuvchi ko‘plab boshqa sohalar ham ijtimoiy
ta’minot sirasiga kiradi. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy ish va ijtimoiy
ta’minot teng ma’noli tuShunchalar, demakdir.


11
Ijtimoiy ish ensiklopediyasida P.Nelson Reyd ijtimoiy ta’minlangan
jamiyatni inson faoliyati va mavjudligi uchun imkoniyatlar yaratilgan,
muhtojlik va tajovuzlardan ongli himoya ta’minlangan jamiyat sifatida
ta’riflaydi. Bu adolat va shaxsiy xizmatlarni e’tirof etuvchi, iqtisodiy
jihatdan samarali va barqaror bo‘lgan jamiyatdir. Ijtimoiy ta’minot
g‘oyasi
insonlar
jamiyati
o‘zining
ma’naviy
majburiyati
deb
hisoblaganligi sababli ijtimoiy yordamni tashkillashtirish va ko‘rsatishi
mumkin, degan taxminga asoslanadi
1
.
Farqi Shundaki, ijtimoiy ish – bu kasb, fan va ta’lim fani, ijtimoiy
ta’minot esa – fuqarolarga keksalikda, kasallikka chalingan holatlarda,
mehnatga layoqatlilikni qisman yoki to‘liq yo‘qotgan vaziyatlarda,
Shuningdek, bolalari bor oilalarga qonunda ko‘rsatilgan moddiy ta’minot
tizimi hisoblanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling