Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
4.
Ijtimoiy ish: faoliyatning alohida turi sifatida. Ijtimoiy ish bu faoliyatning ijtimoiy ta’minot prinsiplarini – qo‘llab-quvvatlashga muhtoj va o‘z hayotiy muammolarini mustaqil ravishda hal etish, ko‘p hollarda esa yashash imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlarga yordam ko‘rsatish prinsiplarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan alohida turi. Dunyo tajribasida odamlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari – keksalar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar, jumladan, bolalar bilan ish olib borishni professionallar, ya’ni ijtimoiy xodimlar amalga oshiradilar. Ijtimoiy ish o‘zining amaliy faoliyatida ijtimoiy ta’minotning asosiy prinsiplariga asoslanadi va ularga amal qiladi. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ijtimoiy ta’minotning asosiy prinsipini – jamiyatning har bir a’zosining ijtimoiy ta’minotga huquqi, Shuningdek, shaxsning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda erkin rivojlanishi va uning g‘ururini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni mustahkamlab qo‘ygan. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida mazkur so‘zning keng ma’nosida, jamiyat ijtimoiy yordamning muayyan tarixiy davr davomida ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlariga 15 mos ravishda amalga oshiruvchi o‘ziga xos modelini namoyon qiladi. Tor ma’noda ijtimoiy ish odamlarga, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-zarur faoliyat demakdir. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan, insonning insonga munosabatini, uning jamiyatga muvaffaqiyatsiz moslaShuvini engillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatni belgilovchi ibora. Ijtimoiy ish filantropiya (insonparvarlik), xayriya kabi faoliyat turlaridan o‘zining nafaqat kundalik muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatishi, balki muhtojlarda qiyinchiliklarni engib o‘tish va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bu, aytish mumkinki, insonni har qanday hayotiy vaziyatlarda o‘z muammolarini mustaqil hal etishga o‘rgatish faoliyatidir. Tarqoq odamlar tomonidan emas, balki qudratli davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan yordam samaraliroq hisoblanadi. Ijtimoiy ish rivojlanishining dastlabki bosqichida mazkur faoliyat bilan asosan XIX asrda Evropa mamlakatlarida sodir bo‘lgan jadal sanoatlashtirish va urbanizatsiya tufayli vujudga kelgan ijtimoiy muammolarning keskinlaShuvidan xavotirga tushgan turli filantropik jamiyatlar Shug‘ullangan. Sanoat kapitalizmining rivojlanishi G‘arb ijtimoiy tuzumining ulkan o‘zgarishlarga duchor bo‘lishiga sabab bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida inson va jamiyat o‘rtasidagi yangi turdagi munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. G‘arbdagi qarashlar davlatning shaxs oldidagi mas’uliyati va ma’naviy burchi to‘g‘risidagi tuShunchalarning shakllanishiga sabab bo‘lgan yangi intellektual yo‘nalishlar vakillari vujudga keldi. 16 Va mazkur vaziyat oxir-oqibat aholining turli guruhlarini empirik jihatdan o‘rganish va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga bo‘lgan buyurtmalarning yuzaga kelishiga, pirovardida esa ijtimoiy islohotchilarning tashabbuslariga ko‘ra, ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning yangi shakllarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. YAngi harakatning jadal sur’atlarda rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan xizmatlarning tashkillashtirilishi natijasida ijtimoiy ishning nafaqat tezkor yordam ko‘rsatishning eng samarali modellarini, balki oldini olish yoki ogohlantiruvchi tabiatga ega bo‘lgan shakllarini izlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ijtimoiy xodimlar muammolarning keng doirasiga duch keladilar. Bu ichkilikbozlik, xususiy mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabatda bo‘lish, er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, daydilik, jamiyatdan ajralib qolish va hokazo. Bularning bari maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Bu kabi faoliyat havaskorlik, yuzaki yondaShuvga toqat qilmaydi, chunki ijtimoiy xodimlar nafaqat tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, balki kasbiy-axloqiy me’yor va prinsiplarga amal qilishga, shaxsiy tayyorgarlikka ham ega bo‘lishlari lozim. Ijtimoiy ish kasb sifatida davlat, professional va tashkilot tomonidan inson huquqlariga amal qilish, o‘z davlatining ijtimoiy qonunchiligini bilish, to‘g‘ri qo‘llash, mijoz manfaatlarini himoya qilish va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilish kabilarga asoslangan. Ijtimoiy ish turli shakllarda namoyon bo‘ladi, mijozlar bilan o‘zaro kompleks munosabatlarga kirishadi. Ijtimoiy ishning vazifasi ijtimoiy munosabatlardagi buzilishlarni 17 bartaraf qilish maqsadida odamlar o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishlari, to‘laqonli, sermazmun hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Professional ijtimoiy xodimlar o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan alohida individlar, oilalar, uyushmalar va umuman jamiyatning hayotidagi o‘zgarishlar vakillari hisoblanadi. Mazkur kasb qadriyatlar, nazariya va amaliyotning o‘zaro bog‘liq tizimi hisoblanadi, u insonparvarlik va demokratiyaga muvofiq ravishda shakllangan, tenglik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish kabi qadriyatlarga asoslangan. Evropa va SHimoliy Amerika mamlakatlarida yuz yildan avval vujudga kelgan professional ijtimoiy xodim amaliyoti ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni himoya qilish va har bir sub’ektning munosib turmush kechirishi uchun inson imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat. Ijtimoiy xodim inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy adolatga erishish uchun harakatlarni amalga oshiradi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj va past darajada himoya qilingan qatlamlari bilan birlashgan holda mazkur kasb kambag‘allik darajasini pasaytirish va bartaraf qilish, ijtimoiy qamrab olish prinsipiga amal qilish maqsadida tobe va jabrlanganlarni ozod qilish uchun kurashadi. Bo‘lg‘usi ijtimoiy xodimlarning bevosita faoliyati jarayonida zarur bo‘lgan mazkur bilimlar va boshqa ko‘plab ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim beriladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling