Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Xulqqa oid yondaShuv tajribaning qurilishi, jarayon, natijalarning ilmiy
aniqligi va nazorat qilinishiga alohida e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Metodik
vositalar sifatida shaxsga ta’sir ko‘rsatish va muayyan xulq o‘rtasidagi aloqalarning
shakllanish jarayoni hisoblanadi.
Xulqqa oid nazariyada odatlar, ko‘nikmalar, xulqiy namunalarning
shakllanish, mustahkamlanish, yo‘qolib borish sharoitlari o‘rganiladi. SHaxs intilish
va harakat o‘rtasidagi oraliq o‘zgaruvchilarga tenglashtiriladi. Tug‘ma omillarni
inkor qilmagan holda, bixeviorizm vakillari avvalambor kuzatilayotgan xulq va
muhitning uni belgilab beruvchi omillarini o‘rganadilar.
B.Skinnerning operant o‘rganish nazariyasi.
B.Skiner (1904-1990)
bixeviorizm g‘oyalarini ishlab chiqish sohasidagi etakchi olim hisoblanadi. U xulq
natijalariga qiziqqan. U barcha jismoniy shaxslar faol ravishda o‘z atrofidagilarga
ta’sir ko‘rsatishga urinadilar (atrofdagilar uchun ishlaydi), deb taxmin qilgan.
Tirik organizmlar uchun ayniqsa faollik xos: har qanday vaqtda organizm o‘z
ehtiyojlarini qondirish yoki xavfli vaziyatlardan qochishga intilgan holda jamiyat
bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi lozim. Shu sababli organizm tushib qolgan
va u yoki bu harakatlarni tanlagan holda unga moslashishga majbur bo‘lgan


55
vaziyatlar xulqning ko‘plab yangi shakllarining shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
Bixevioristlar xulqning bu kabi shakllarini operant (lotin tilidan operatic –
harakat), deb nomlaydilar, chunki bu holatda barcha narsalar atrof muhit ustidan
amalga oshiriladigan harakatlardan boshlanadi; u organizm mazkur harakatlarni
takrorlashi yoki aksincha undan qochishi bog‘liq bo‘lgan qandaydir oqibatlarga
sabab bo‘ladi. Shunday qilib, xulqning bu kabi shakllarini ishlab chiqish oqibatlari
organizm uchun istalgan va ulardan voz kechish nomaqbul oqibatlarga olib kelgan
harakatlarning mustahkamlanib qolishi natijasida amalga oshiriladi.
Operant o‘rgatishga uning uchta turini kiritish mumkin: urinish va xatolar
usuli yordamida o‘rgatish, aks ta’sirni shakllantirish va kuzatish yo‘li bilan.
Tajriba va xatolar usuli yordamida o‘rgatish. Tajriba va xatolar yordamida
o‘rgatishda individ qandaydir to‘siqqa duch kelganida uni engib o‘tishga va Shu
bilan birgalikda sekin-astalik bilan samarasiz harakatlardan voz kechgan holda
oxir-oqibat vazifa echimini topadi.
Reaksiyalarni shakllantirish. Skinner nuqtai nazaridan, xulq har doim ham
tasodifiy tarzda vujudga kelmaydi – ko‘pincha u asoslovchi omil natijasida
shakllanadi. Bu kabi omil sifatida u yoki bu xulqiy harakatdan so‘ng paydo
bo‘luvchi
yoki
yo‘q
bo‘luvchi
xulqiy
jarayon
va
ushbu
harakatni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida takrorlanish ehtimolini oshiruvchi har qanday
rag‘batlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘ta murakkab
xulqiy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishini izohlash imkonini beradi,
o‘z navbatida har bir bosqich mustahkamlanib boradi.
Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda, Skinner operant bog‘liqlikning
asosini tashkil etuvchi xulqni ketma-ket yaqinlashishlar usuli yordamida
shakllantirish uslubini ishlab chiqdi. Mazkur usulning mohiyati Shundan iboratki,
tadqiqotchi jonivor (hayvon)da shakllantirishga intilgan
dastlabki xulqdan
(o‘rgatishni boshlashdan avval) yakuniy harakatgacha bo‘lgan butun jarayon bir
nechta bosqichlarga bo‘linadi. Keyinchalik esa ushbu bosqichlarning har birini
izchillik bilan, tizimli ravishda mustahkamlash va Shu tarzda jonivorni xulqning
kerakli shakliga o‘rgatishga erishish mumkin. O‘rgatishning bu kabi usulida


56
jonivorni yakuniy maqsadga yaqinlashtiruvchi har bir harakati uchun muntazam
ravishda mukofotlab boriladi va unda sekin-astalik bilan belgilangan xulq
shakllantiriladi.
Skinner nuqta nazaridan bolani birinchi so‘zlarni tezlik bilan o‘rgatishni
izohlash mumkin (biroq buni umuman til o‘rganish konsepsiyasiga tadbiq qilmagan
holda). Dastavval, bola qandaydir aniq tovushlarni talaffuz qilishni boshlaganida
“me-me-me”ga
o‘xshash
tovushlar
chiqarishining
o‘ziyoq
atrofdagilarni
zavqlantiradi
va ayniqsa hammadan ham baxtiyor onaga farzandi uni
chaqirayotgandek tuyuladi. Biroq tez fursatda ota-onalarning bu kabi tovushlarga
nisbatan bo‘lgan hayratlari go‘dak barchaning xursandligiga sabab bo‘luvchi
“MO...MO” tovushlarini chiqarmagunga qadar so‘nib qoladi. So‘ngra ushbu
tovushlar ham nisbatan aniq “MO...MO” paydo bo‘lmagunga qadar yangi tug‘ilgan
go‘dak tilida mustahkamlanib qolmaydi. O‘z navbatida ushbu so‘z ham aynan
yuqoridagi sabablarga ko‘ra “moma” birikmasi bilan almashinadi va nihoyat bola
o‘zining birinchi “mama” so‘zini aniq talaffuz qiladi. Boshqa barcha so‘zlar esa
atrofdagilar tomonidan “bolaning gu-gulashi” sifatida qabul qilinadi va ular
sekin-astalik bilan yangi tug‘ilgan go‘dakning leksikonidan yo‘qolib ketadi.
Shunday qilib, aynan oila a’zolarining tanlov asosidagi rag‘batlantirishari
sababli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmagan noto‘g‘ri harakatlaridan voz kechadi,
oqibatda, faqatgina kutilayotgan natijaga eng yaqin bo‘lgan harakatlarini saqlab
qoladi
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling