Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Kalit so‘zlar: nazariya, ijtimoiy ishda nazariya, usul, ijtimoiy ishda usullar,
individual ish, guruhga oid ish, jamoaviy ish, ijtimoiy yo‘naltirilgan model, psixologik yo‘naltirilgan model, kompleks yo‘naltirilgan model, tizimlar nazariyasi, tizimli tahlil, ekotizim, makrotizim, mikrotizim, bixeviorizm, xulqqa oid yondaShuv, kuchli tomonlar va ustunlik nazariyasi, inqirozli intervensiya. 1. Nazariya: ijtimoiy ish amaliyoti ta’rifi, mohiyati va afzalliklari. Ijtimoiy ish deganda biz nimani tuShunamiz? Odatda lug‘atlarda nazariyaga quyidagicha ta’rif beriladi,bu – 45 – nimanidir izohlovchi g‘oyalar tizimi; – fanni tashkil etuvchi umumlashtirilgan qoidalar majmui, qonuniyatlar majmui; – amaliy tajribani mujassamlashtiruvchi prinsiplar, g‘oyalar va tabiat, jamiyat, tafakkur qonuniyatlarini aks ettiruvchi tizim; – kimdadir paydo bo‘lgan fikr, mulohaza, nimagadir qarashlar. Nazariyalar dunyo, hodisa, odamlarning “ishchi ta’riflari”ni ta’minlaydi. Nazariyalar biz ko‘rgan narsalarni ta’riflaydi. Nazariyalar bizga quyidagilarda yordam beradi: 1) ta’riflashda; 2) izohlashda; 3) avvaldan aytib berishda; 4) nazorat qilishda. Ijtimoiy ish nazariyalari uning turli maktablarining evolyusiyasini, ijtimoiy ishning mohiyati va shakllaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Har bir model nazariy qoidalarni qamrab oladi, inson va jamiyat haqidagi yondosh fanlar bilan bog‘liq, ijtimoiy ishning belgilab berilgan mohiyatini qamrab oladi. Ijtimoiy ishning turli maktablar olimlarining ilmiy izlanishlarining natijalarini, ijtimoiy ishning rivojlanishini, ijtimoiy ish mohiyati va shakllaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Har bir model nazariy qoidalarni qamrab oladi, inson va jamiyat haqidagi yondosh fanlar bilan bog‘liq, Shuningdek, ijtimoiy ishning muayn mohiyatini taqozo qiladi. Nazariya nima uchun muhim? Nazariya amaliyotga quyidagi jihatlarda ta’sir ko‘rsatadi: – kuzatish: nazariya nimani ko‘rish va nimani izlashni belgilab beradi; –ta’rif: nazariya tuShunchaga oid apparat va kuzatish tashkillashtirilishi lozim bo‘lgan doiralarni ta’minlaydi; – izoh: nazariya kuzatuvning turli ma’lumotlari qay tarzda o‘zaro bog‘lanishi mumkinligini ko‘rsatadi, bir hodisaning ikkinchi hodisa o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalarini taklif qiladi; – avvaldan aytib berish: nazariya kelgusida nima sodir bo‘lishini ko‘rsatib 46 beradi; – aralaShuv: nazariya vaziyat o‘zgarishining ehtimoliy usullarini ko‘rsatib beradi; Shuni alohida ta’kidlash lozimki, turli nazariyalar turli kuzatuvlarga va izohlarga olib keladi. Ijtimoiy ish amaliyoti nazariyasi: – amaliyot uchun zarur izohlar bilan ta’minlaydi va gid sifatida xizmat qiladi – dunyo, odamlar, jamoa va guruhga oid dinamikani tuShuntirishga intilmaydilar, balki insonni ijtimoiy kontekstda tuShunishga harakat qiladilar va mazkur kontekstda undagi o‘zgarishlarga imkoniyat yaratadi. Nazariyaning turli ko‘rinishlari va ijtimoiy ishning ko‘plab modellari mavjud, ular o‘z navbatida turli maktablar olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari, ijtimoiy ishning rivojlanishi, ijtimoiy ish mohiyati va shakllaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Har bir model nazariy qoidalarni, inson va jamiyat haqidagi turdosh fanlar, hayotning ijtimoiy madaniy asoslari bilan o‘zaro aloqani qamrab oladi, Shuningdek, ijtimoiy ishning muayyan mohiyatini taqozo qiladi 1 . 1920-yillardan 1960-yillarga qadar ijtimoiy ishning ko‘plab dasturlari inson xulqini baholash va uni o‘zgartirish maqsadida tibbiy modeldan foydalanganlar. Mazkur model Zigmund Freyd tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ijtimoiy ish mijozlarini “bemorlar” sifatida o‘rgangan. Mazkur yondaShuvga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchining birinchi vazifasi kelgusida davolash uslubini ta’minlash maqsadida bemor muammolarining sabablarini diagnostika qilishdan iborat bo‘lgan. Emotsional yoki xulqiy muammolari bo‘lgan odamlarga shizofrenik, psixopatik, o‘zgaruvchan shaxs va hokazolar kabi tibbiy yorliqlar tirkab qo‘yilgan. Tibbiy yondaShuv tarafdorlari insonning aqliy qobiliyatlarining buzilishi uning ichki holatining ayrim noma’lum xususiyatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Ushbu noma’lum holat, tibbiy yondaShuv tarafdorlarning fikriga ko‘ra, quyidagi omillarning natijasi bo‘lishi mumkin: genetik moyillik, moddalar almashinuvining 47 buzilishi, yuqumli kasalliklar, shaxs ichidagi nizolar, kimyoviy nomuvozanatlik, himoya mexanizmlarining ongsiz ravishda qo‘llanilishi yoki hissiy qayd qilishga sabab bo‘lgan va psixologik aspektlarni sekinlashtiruvchi kichik yoshdagi travmatik kechinmalar. Tibbiy model hissiy va xulqqa oid muammolari mavjud bo‘lgan odamlarni davolash uchun insonparvarlik yondaShuvini ta’minladi. Freydga qadar hissiy buzilishlarni shaytonga ergashish bilan bog‘laganlar, ko‘pincha ularni “aqldan ozgan” deb hisoblab, ko‘pincha kaltaklash yoki cheklangan erkinlik yordamida davolaganlar. Ijtimoiy ishning tibbiy modelining foydaliligi XX asrning 60-yillarida Shubha ostiga tushdi. Olimlar mijozning yashash sharoitiga, ichki muammolariga e’tibor qarata boshladilar. Tadqiqotlar, Shuningdek, psixotahlil usuli muammolarni davolashda unchalik samarali emasligini namoyon qildi. Shunday qilib, ijtimoiy ishni nazariy anglashda xorijda tizimni mijozlar foydasiga o‘zgartirishga yo‘naltirilgan islohotlarga alohida urg‘u berilgan 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling