Q. N. Kayumov


-MAVZU. IJTIMOIY ISHNING ODOB VA AXLOQ MUAMMOLARI


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4-MAVZU. IJTIMOIY ISHNING ODOB VA AXLOQ MUAMMOLARI
1.
Etika: tushuncha, manbalar
2.
Qadriyatlar: tushuncha,
qadriyatga
oid
tizimlar, “qadriyat”
tuShunchasi turlari
3.
Ijtimoiy ishda axloq kodekslari
4.
Ijtimoiy ish amaliyotida axloqiy ikkilanishlar
5.
Yorliqlar nazariyasi
6.
Stereotiplar, xurofotlar, tahqirlashlar
Kalit so‘zlar: etika, ma’naviyat, ijtimoiy ishda axloq, qadriyatlar, ijtimoiy
ishda qadriyatlar, shaxsiy qadriyatlar, ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy adolat,
insonparvarlik, ijtimoiy ish prinsiplari, inson huquqlari, axloqiy ikkilanishlar,
axloqiy echimlarni qabul qilish, yorliqlar, stereotiplar, tahqirlash.
1. Etika: tuShuncha, manbalar. Etika – (grek tilidan odat, urf-odatlar) –
o‘rganish ob’ekti ma’naviyat bo‘lgan ilmiy nazariy fanlardan biri. “Etika (axloq)”
atamasi odatda ikkita ma’noda qo‘llaniladi: etika ma’naviy falsafa sifatida va etika
ma’naviy me’yorlar va standartlar sifatida.
Ahloqning vazifalari odamlarning individual xulqini tartibga solish va
baholash, uni mazkur jamiyatda qabul qilingan me’yorlar va prinsiplarga mos


63
holatga olib kelishdan iborat. Ahloqiy me’yorlar nafaqat munosib axloqiy
me’yorlarni qamrab oladi, ular Shuningdek, shaxsning me’yoriy jihatdan maqbul
hisoblangan xulq uchun zarur bo‘lgan ma’naviy jihatlarini qayd qiladi, chunki
ma’naviyat nuqtai nazaridan nafaqat harakatlar va muomalasi, balki faoliyatning
sabablari, maqsad, vositalar, istaklar o‘rganilishi va baholanishi mumkin.
Ahloq – ijtimoiy tafakkur va inson xulqini tartibga soluvchilarining ilk
shakllaridan biri hisoblanadi. Ma’naviyatning kelib chiqishiga nisbatan ikkita
nuqtai nazar mavjud:
1) ahloqning kelib chiqishi o‘zaro hamkorlikdagi mehnat faoliyatining dastlabki
shakllari bilan bog‘liq, chunki o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat mazkur faoliyat
sotsiumning barqarorligini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish va saqlab qolish
kabi ma’naviy holatlar zaruriyatini keltirib chiqaradi.
2)
Ahloq individning fe’l atvorini boshqarish shakli bo‘lib, u mehnat
taqsimotidan oldin ibtidoiy jamiyat davrida mavjud bo‘lgan. “Ezgulik”, “yaxshilik”,
“yomonlik” tuShunchalarining o‘zi mazkur davrda inson uchun hayvon
hissiyotlaridan deyarli hech nimasi bilan farq qilmagan: issiq, qorni to‘q, xavfsiz –
yaxshilik, ezgulik; xavf, ochlik, sovuq – yomonlik. Ibtidoiy odam o‘z ma’naviyati
sababli emas, balki yashash uchun kurashish zarurati tufayli kollektivist bo‘lgan.
Shunday qilib, yordam va o‘zaro yordam ma’naviyati ildizlari inson tabiati va inson
jamiyatiga tutashib ketgan.
Etika (ahloqiy burchning) hosila qiymati hisoblanadi
.
Professional etika
tuShunchasi esa, amaliyotning ma’naviy prinsiplariga tegishli. Ijtimoiy ish
qadriyatlari ijtimoiy xodimlarning odamlar va jamiyat haqidagi fikrlari uchun asosni
shakllantiradi, etika esa muayyan vaziyatlarda nima qilinishi lozim ekanligining
doirasini belgilab beradi. Har ikki tuShuncha – qadriyatlar, axloqiy ikkilanishlar va
nizolar ijtimoiy ish amaliyotida odatiy hodisa hisoblanadi
1
.
Ijtimoiy xodimlar ularning mijozlari kabi ko‘pincha bir birlarining
manfaatlariga nisbatan nizoga kiriShuvchi referent guruhlar hisoblanadi. Masalan,
mijoz kasallikka chalingan holatda professional tibbiy aralaShuvdan foydalanishni
ta’qiqlovchi va malomat qiluvchi diniy guruhga mansub bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy


64
xodim bu kabi holatlarda tibbiy aralaShuv zaruriyat ekanligini ta’kidlashi mumkin.
Bu kabi holatlarda xodimning ijtimoiy ma’naviy majburiyati nimadan iborat?
Mazkur nizoli vaziyatda u mijoz manfaatlariga qay tarzda eng maqbul usulda rioya
qilishi mumkin? Bu kabi holatlarda mijozlarning tanlash huquqi mavjudmi? Bu
kabi holatlarda javob berish o‘ta murakkab ekanligi ko‘rinib turibdi.
Ijtimoiy xodimlar barcha darajalarda ham inson xulqi haqida qo‘shimcha
bilimlar olishi mumkin bo‘lgan insonparvarlik xislatlariga ega bo‘lishlari zarur.
Talabalar tomonidan o‘zlashtiriladigan kurslar: ona tili va adabiyoti; chet tili;
huquq, tarix va iqtisodiyot; sotsiologiya va psixologiya; matematika va fan;
madaniyat va san’at – bularning bari talabalarni o‘tmish bilan tanishtiradi, ijtimoiy
voqelik va inson faoliyati to‘g‘risidagi dunyoqarashlarini kengaytiradi. Mazkur
kurslar, Shuningdek, tanqidiy fikr yuritish qobiliyatini mustahkamlashga imkoniyat
yaratadi va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi, Shuningdek, biz
yashayotgan dunyoni bir butun sifatida anglashga yordam beradi
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling