Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Stereotip tuShunchasi. Bizning odamlarni qabul qilishimiz, biz ularni qay
tarzda “tabaqalashtirishimiz”ga bog‘liq – o‘smirlar, ayollar, o‘qituvchilar,
gomoseksualistlar, ishsizlar, siyosiy arboblar va hokazo. O‘xshash xususiyatlarga
ega bo‘lgan alohida predmetlar yoki hodisalarning qabul qilinishi bizga
tuShunchalarni hosil qilishga imkoniyat yaratgani kabi, odamlar ham odatda biz
tomonimizdan ularning u yoki bu guruhga, ijtimoiy-iqtisodiy sinfga mansubligi
yoki ularning jismoniy xususiyatlariga (yoshi, jinsi, tana rangi va h.k.) ko‘ra
klassifikatsiya qilinadi. Toifalarga ajratishning ushbu ikki turi bir-biridan ahamiyatli


80
darajada farq qiladi, chunki oxirgi holatda gap ijtimoiy voqelik va jamiyatni tashkil
etuvchi odamlarning nihoyasiz xilma xilligi haqida boradi.
Shu tarzda vujudga keluvchi stereotiplar (grek tilidan stereos – qattiq, typos –
tamg‘a) ko‘pincha odamlar haqidagi o‘ta shartli va sodda tasavvurlarni hosil qiladi.
Stereotiplar – ijtimoiy ob’ektning ma’lumot tanqisligi sharoitida individning
shaxsiy tajribasini umumlashtirish natijasi sifatida shakllanuvchi nisbatan barqaror
va sodda namunasi demakdir. Bu guruhga mansub bo‘lgan alohida shaxslar
o‘rtasidagi real farqlarga qaramasdan, guruhning barcha a’zolariga o‘xshash
xususiyatlar taqdim qilinadigan odamlar guruhi haqidagi umumiy fikr hisoblanadi.
Stereotiplarning paydo bo‘lishi. Stereotiplar juda kam holatlarda bizning
shaxsiy tajribamiz mahsuli bo‘ladi. Ko‘pincha biz ularni o‘zimiz mansub bo‘lgan
guruhdan, ayniqsa stereotiplari shakllanib ulgurgan odamlardan (ota-onalar,
o‘qituvchilar, tanishlar) o‘zlashtiramiz.
Noto‘g‘ri fikrlar. Noto‘g‘ri fikrlar stereotipdan farq qiladi. Agar stereotip bir
guruh a’zolari boshqa guruh to‘g‘risidagi umumiy fikrlarni yoqlasalar, xurofotlar
Shuningdek, inson boshqa odamlarning o‘zini, ularning harakatlari sabablarini
bilmay turib “yaxshi” yoki “yomon” atamalari yordamida xulosa qilishini ham
taqozo qiladi. Noto‘g‘ri fikrlar – insonning o‘zi mansub bo‘lgan guruhdan farq
qiluvchi guruhdagi odamlarga nisbatan adovatli yoki salbiy munosabati. Bu
munosabat faqatgina odamlarning mazkur guruhga mansbuligiga asoslanadi.
Ijtimoiy adolatsizlik va ijtimoiy tengsizlik, odatda, tahqirlash, kamsitishlar
mahsuli hisoblanadi. Noto‘g‘ri fikrlar ijtimoiylashtirish jarayonida shakllanadi. Ular
o‘zlashtirilganidan so‘ng noto‘g‘ri fikrlar individual qadriyatlar tizimining bir
qismiga aylanadi.
Ayrim guruh vakillari o‘zlarini muayyan tarzda tutadi, degan fikrlarning
stereotiplari mavjud. Demak, ayrim jamiyatlarda qaror qabul qilishda ayollar
erkaklar kabi ziyrak emas; afroamerikaliklar aqlsizroq va bekorchilik va
jinoyatchilikka moyil; lotin amaerikaliklar qishloq hayotining sekinlashtirilgan
sur’atlarini afzal ko‘radilar va hokazo, degan fikrlar mavjud. Bu mazkur
guruhlarning har biri bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy stereotiplarning ko‘plab


81
Kavkazlik konservativ (eskilikni yoqlovchi) juftlikning katta qizi kollejni
bitirgandan so‘ng Floridaga mashhur korporatsiyaga ishlash uchun ko‘chib
ketgan. U erda u aynan Shu korporatsiyada ishlaydigan advokatni sevib qoladi.
Dastavval oilasi ularning munosabatlaridan juda xursand bo‘ldilar, biroq advokat
puertorikanets ekanligi eshitib, xafa bo‘ldilar. Oilasidagilarning qat’iy
noroziliklari va bosimlariga qaramasdan, qiz advokatga turmushga chiqdi va
katolik cherkoviga kirdi. Natijada uning ota-onasi, to‘rt nafar aka-opalaridan
ikkitasi, Shuningdek, buvilari va bobolari u bilan aloqani uzdilar. Fikrlardagi
keskin farqlar, ushbu nikohning noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risidagi ziddiyatli fikrlar
natijasida oila parchalanib ketdi.
Mazkur vaziyatda katta qiz guruhning oilaviy e’tiqodlari va qadriyatlarini
inkor qilgan holda institutsionallashtirilgan barqaror qadriyatlar va an’analarni
buzdi. Kuyovning benuqson tabiati, uning yuqori darajadagi kasbiy mahorati,
xotiniga nisbatan sevgisi va g‘amxo‘rligi e’tiborga olinmagan. Ushbu xislatlar
oilaning yoshlarga oq fotiha berishlariga kamlik qildi. Haqiqatan ham, ota-onalar
nuqtai nazaridan kavkazlik bo‘lmagan har bir erkak ularning qizlari uchun nikoh
qurish mumkin bo‘lgan inson sifatida to‘g‘ri kelmaydi
1
.
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi tarzda ijobiy stereotiplarga
ayllar tarbiya qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi; afroamerikaliklar o‘ta dindor; lotin
amerikaliklar uchun ularning katta, ko‘p a’zoli oilalari juda qadrli, degan fikrlar
bayon qilinadi.
Ayrim millatlar boshqalaridan ko‘ra ko‘proq intellektual va ijodiy
qobiliyatlarga ega ekanligi haqidagi fikrni quyidagi misol yordamida yoritib
beramiz:
Noto‘g‘ri (yanglish) fikr qarashlarning hissiy tarkibiy qismiga tegishli va
odatda salbiy qarashlar to‘g‘risida gapiriladi. Masalan, biz insonlar qora tanlilarga
nisbatan yanglish fikrda ekanligini gapirsak, odatda biz u qora tanlilarga nisbatan
sovuq yoki hattoki adovatli munosabatda bo‘lishini yoki qora tanlilarning barcha
vakillari bir xil, deb hisoblashini nazarda tutamiz. Shunday qilib, bu inson qora tanli


82
Tahqirlash – bu yanglish fikrlarni qo‘llab-quvvatlovchi harakat. YAnglish
fikr alohida shaxslar yoki guruhlar to‘g‘risidagi xolis bo‘lmagan fikrlar sababli
harakatlarni amalga oshirishni qamrab oladi: ta’lim, kommunal xizmatlar, bandlik
imkoniyati, rayonlar, turar joylar, ayrim diniy yoki ijtimoiy tashkilotlarda a’zolik
kabilarda teng imkoniyatlar taqdim qilmaslik. Har bir kishida yanglish fikrlar
mavjudligiga qaramasdan, yanglish fikrlarga ega bo‘lgan odamlarning ko‘pchiligi
ustun guruhlarning vakillari hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan yanglish fikr va
kamsitishlar jamiyatning kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoladi. Har ikki
guruh a’zolari – ustun va kamsitilgan guruh a’zolari ayrim ijtimoiy guruhlarga
nisbatan tahqirlashni o‘z-o‘zidan Shunday bo‘lishi kerak bo‘lgan munosabat
sifatida qabul qila boshlaydilar
1
.
kishilarni avval boshdanoq salbiy jihatdan ta’riflaydi va sekin-astalik bilan salbiy
xususiyatlarni umuman guruhga tirkab qo‘yadi – bunda odamlarning individual
xislatlari yoki xulqi yanglish talqin qilinadi – ular atayin yoki g‘ayriShuuriy tarzda
e’tiborsiz qoldiriladi.
“Tahqirlash (kamsitish) o‘zi nima?” Lotin tilidan Discriminatio –ajratish,
taqsimlash. Fuqarolarning har qanday guruhining huquqlarini ularning millati, irqi,
jinsi, diniy e’tiqodi va hokazolarga ko‘ra kamsitish. Xalqaro munosabatlar sohasida
– bu qaysidir davlat fuqarolari va tashkilotlariga boshqa davlatlar fuqarolari va
tashkilotlariga nisbatan kamroq huquq va imtiyozlarni taqdim qilish.
Odamlar odata quyidagi jihatlariga ko‘ra diskriminatsiya qilinadi:
– jinsiy
– kasbiy
– milliy, etnik
– diniy
– salomatlik holati
– siyosiy qarashlari
– irqiy
– kambag‘allik jihatiga ko‘ra
– past ijtimoiy maqomi va hokazolarga ko‘ra.


83
Tarixdan ijtimoiy ishning vazifasi odamlar va odamlar guruhlari o‘rtasidagi
adolatsizlik bilan kurashishdan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy ish ularga amal qilish
tahqirlash va manbalarni adolatsiz ravishda taqsimlashga qarshi kurashga olib
keluvchi gumanitar va demokratik g‘oyalardan tashkil topgan. Ushbu asosiy jihat –
adolatsizlikka qarshi kurashish va demokratik g‘oyalarni ilgari surish – bugungi
kunda ijtimoiy xodimning axloqiy kodeksining bir qismini tashkil etadi (HASW
1996).

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling