Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH


Maxfiylik va xabarning shaxsiy tabiati. Barcha milliy axloqiy kodekslar va
ustavlarda ijtimoiy xodim mijoz shaxsi va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda
undan olingan ma’lumotlarni qat’iy sir saqlashi lozim, degan qoida mavjud. Bir
marotaba foydalanilgan ma’lumot tegishli ruxsatlarsiz boshqa maqsadlarda
qo‘llanilishi mumkin emas. Garchi bu qoida har doim adolatli bo‘lsa-da, ayrim
holatlarda ijtimoiy xodimlar masalan, mijoz tomonidan uchinchi shaxsga nisbatan
xavf tug‘dirilgan vaqtda maxfiy ma’lumotni oshkor qilish imkoniyatini ko‘rib
chiqishga majbur bo‘ladilar. Aynan Shu sababli mijozni u yoki bu vaziyatda
maxfiylikning chegaralari haqida, ma’lumotni olish va undan foydalanish
to‘g‘risida ogohlantirish va bir vaqtning o‘zida suhbatni yozib olish, uchinchi
shaxsning ishtiroki to‘g‘risida roziligini olish zarur.

CHaqimchilik. Ko‘pincha ijtimoiy xodimlar majburliklari sababli yoki ongli
ravishda qonunni chetlab o‘tadilar yoki o‘zlari faoliyat olib borayotgan
muassasalarning qoidalarini buzadilar. Bu holatda ular mazkur qonunbuzarliklarni
anglab qolgan hamkasblarini ma’naviy tanlov oldida qoldiradilar. Tarozining bir


76
pallasida kasbiy axloq me’yorlari, boshqa pallasida esa – kasbiy sadoqat va
birdamlik, do‘stlik hissi, obro‘-e’tibor, o‘z shaxsiy maqomiga xavf turadi. Bu kabi
tanlovning og‘irligi va murakkabligi ijtimoiy xodimlarni o‘z kasbidagi
qonunbuzarliklarni aniqlamaslik va oshkoralik predmetiga aylantirmaslikka
undaydi. Shu sababli o‘z hamkasblarining axloqiy va huquqiy jihatdan noqonuniy
harakatlari to‘g‘risida ma’lumot va isbot olgan ijtimoiy xodimlar kasbi, mijozlar,
hamkasblari, tashkilot va o‘z kelajagiga nisbatan majburiyatlarini nazarda tutgan
holda o‘z harakatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishlari zarur.

Qonunlar va mijozning xotirjamligi. Qonunchilik ijtimoiy hayotning jamiki
xilma-xilligini avvaldan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega emas, Shu sababli ayrim
holatlarda mijoz xotirjamligi va tinchligi qonun bilan qarama-qarshi munosabatga
kelib qoladi. Qator holatlarda qonunga so‘zsiz amal qilish mijozga zarar etkazishi
mumkin, buning natijasida esa ijtimoiy xodimlar murakkab tanlov oldida qoladilar.
Ularning ayrimlari hattoki ular qonun yoki boshqa axloqiy me’yorlarni buzsalar
ham o‘z mijozlari manfaatlarini himoya qiladilar; ijtimoiy xodimlarning ko‘pchiligi
qonunga amal qilishni tanlaydilar.

Shaxsiy va kasbiy qadriyatlar. Ijtimoiy xodimlarning qanday qadriyatlarni
ustun qo‘yish haqidagi fikrlari har doim ham mos kelmaydi. Har bir alohida holatda
ijtimoiy xodim mijoz, kasbi, tashkilot, hamkasblari, uchinchi shaxslar, o‘z o‘zi
oldidagi majburiyatini solishtirib ko‘rishi lozim. Bunda Shuningdek, sub’ektiv
qadriyatlarning boshqalarning, ya’ni mijozning muammolarini anglashga, ijtimoiy
ishning o‘ziga xosligini, maxsus bilimlarni qo‘llashni usullarini tuShunishga
ta’sirini anglash muhim o‘rin tutadi.
Boshqa so‘zlar bilan aytadigan bo‘lsak, Ijtimoiy ishning ko‘p uchraydigan
axloqiy ikkilanishlari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
1. O‘z taqdirini o‘zi hal qilish tizimini ta’minlash vs
1
(ruhiy kasal inson
tomonidan qaror qabul qilingan holatda);
2. Madaniy farqlar qadriyati, alohida shaxslarni himoya qilish vs;
3. Vs ning sir saqlanishi, agentliklar o‘rtasidagi yaxshi aloqalar;
4. O‘z taqdirini o‘zi belgilash vs, uyushma manfaatlari;


77
5. Vs uyushmalari ehtiyojlari, alohida odamlarning ehtiyojlari.
Axloqiy qarorlarning qabul qilinishi. Mattison (Mattison, 2000) axloqiy
ikkilanishlarni tahlil qilish sxemasini taklif qiladi
1
:
1. Ma’lumotlarni aniqlang va to‘plang. Ijtimoiy xodim axloqiy ikkilanishni
aniqlashi bilan mijozning barcha vaziyatlarini to‘liq tuShunib olish maqsadida
holatga taalluqli barcha detallarini o‘rganish va kerakli ma’lumotlarni to‘playdi va
qaror qabul qilish jarayonini boshlaydi.
2. So‘ngra ijtimoiy xodim uchun vaziyatning amaliy jihatlarini (keys) uning
axloqiy jihatlaridan ajratib olish mumkin ahamiyatga ega bo‘ladi.
3. Qadriyatlar bilan bog‘liq masalalar aniqlanadi.
4. Ijtimoiy xodim axloqning kasbiy kodeksiga murojaat qilishi mumkin – bu
unga majburiyatlarini aniqlab olish va ikkilanishga nima sabab bo‘layotganini
aniqlash imkonini beradi.
5. Ijtimoiy xodim ehtimoliy harakatlar va ularning ehtimoliy oqibatlarini
prognoz qiladi, o‘ylab, chamalab ko‘radi.
6. Ijtimoiy xodim ehtimoliy variantlarni chamalab ko‘rganidan so‘ng
ikkilanishni hal etish uchun zarur harakatni tanlab olishi lozim.
7. Ijtimoiy xodim echim topish bosqichiga etib kelganidan so‘ng, o‘z qarorini
asoslab bera olishi lozim.
Ijtimoiy xodim axloqiy ikkilanishlar to‘g‘risida qaror qabul qilishning to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri usullari yo‘q ekanligidan kelib chiqishi lozim. Ijtimoiy xodim uchun
axloqiy kodeksini bilish, hamkasblar va supervizorlar o‘rtasidagi ikkilanishlarni
muhokama qilish muhim. Bundan tashqari, ijtimoiy xodimlar refleksiv amaliyotga
yo‘naltirilganlik va “men” sifatida e’tiborga olishi lozim.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling