Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

3. Ijtimoiy adolatlilik va insonparvarlik. Ijtimoiy xizmat xodimi o‘z xulqining
oliy ma’naviy standartlarini ushlab turishi lozim, o‘z navbatida, u qandaydir
nayranglardan foydalanmasligi, kimnidir adashtirishi, vijdonsizlarcha harakat
qilmasligi, u tomonidan xususiy shaxs yoki kasb vakili sifatidagi harakatlarni aniq
farqlagan holda harakat qilishlari lozim.
Ijtimoiy xodim o‘zining kasbiy amaliyotida va o‘z kasbiy majburiyatlarini
bajarishda ekspert-mutaxassis bo‘lib etishish va qolish uchun barcha kuchlaridan
foydalanishi lozim. U faqatgina o‘z bilimi doirasida amalga oshirish huquqiga ega.
Ijtimoiy xizmat xodimi o‘zi individual ravishda amalga oshirayotgan, belgilagan
yoki ijro qilayotgan ishi sifati uchun shaxsan javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi
lozim.
Ijtimoiy xodim shaxsga yoki odamlar guruhiga nisbatan insonparvarlikka oid
bo‘lmagan yoki kamsituvchi harakatlarning oldini olishga harakat qilgan holda
faoliyat olib borishi lozim.
Axloqiy savodxonlik ijtimoiy xodimlarning professional amaliyotining eng
muhim qismi hisoblanadi. 2001 yil may oyida Kopengagenda Ijtimoiy xodimlar
xalqaro federatsiyasi (IXXF) va Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro uyushmasi
tomonidan alohida qabul qilingan Axloqiy kodeksning maqsadi butun dunyodagi


68
ijtimoiy xodimlarni ular tomonidan qabul qilinayotgan muayyan qarorlarga nisbatan
to‘g‘ri fikr yuritishga undaydi
1
.
Shunday qilib, Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi (IXXF) va Ijtimoiy ish
bo‘yicha maktablar xalqaro uyushmasi axloqiy prinsiplariga ko‘ra, ijtimoiy xodim
quyidagilarga amal qilishi lozim:
– Inson huquqlari va Inson qadr-qimmati
– Ijtimoiy adolatlilik
– Kasbiy xulq
Shunday qilib, ijtimoiy xodim o‘z harakatlarini kasbiy vijdonlilikning oliy
standartlari bilan qiyoslashi lozim
2
:
a) ijtimoiy xodim o‘zining professional faoliyati davomida uchrashi mumkin
bo‘lgan ta’sirlar va tazyiqlarga bo‘ysunmasligi, o‘z kasbiy majburiyatlarini xolislik
bilan bajarishi lozim;
b) ijtimoiy xodim o‘z kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlarda
foydalanish huquqiga ega emas.
Ijtimoiy xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: inson
qadr-qimmatini saqlash; ijtimoiy adolatlilik; insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlik;
vijdonlilik, odamlar bilan ochiq muomalada bo‘lish; layoqatlilik.
Ijtimoiy xodim o‘z faoliyati davomida mijozlarning o‘z taqdirini o‘zi
belgilash huquqi, sir saqlash, hisobot topshirish, institutsional yo‘nalish,
mijozlarning ma’naviy va diniy e’tiqodlariga hurmat, inson huquqlariga amal qilish
va ijtimoiy adolatlilik prinsiplarini qo‘llash kabi prinsiplarga qat’iy amal qilishlari
lozim.
Mijozlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipida ta’kidlanishicha, mijozlar
o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalarning huquqlari buzilmagunga qadar o‘zaro
munosabatlarga kirishish huquqiga egalar. Mazkur prinsip mijozlarning o‘z fikrini
bayon qilish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan va mantiqan har bir insonga xos
bo‘lgan qadr-qimmatga ishonchdan kelib chiqadi.
Sir saqlash prinsipi professional va mijoz o‘rtasidagi ma’lumotlarning sir
saqlanishini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi ochiq yoki yashirish keliShuvini


69
anglatadi. Mazkur prinsipning amalga oshirilishi mijoz haqidagi ma’lumotlarning
professional tomonidan yoki boshqa birov bilan hamkorlikda oshkor qilinishi
mumkin emas, mijozning o‘zi rozilik bildirgan holatlar bundan mustasno.
Mutaxassislar mijozga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan yashirin ma’lumotlarni
oshkor qilganliklari uchun sudga jalb qilinishi mumkin.
Hisobot topshirish prinsipi ijtimoiy xodim yuqori sifatli ma’lumotlarni
moliyalashtirgan tashkilotlarga taqdim qilishi lozimligini taqozo qiladi. Ko‘pincha
bu davlat hukumat muassasalari va moliyalashtirishning xususiy manbalari. Shu
bilan birga, ayrim ijtimoiy xodimlarning fikriga ko‘ra, hujjatlar mijozlarga xizmat
ko‘rsatishga xalal beradi, biroq ijtimoiy xodimlar moliyalashtirish manbalariga
nisbatan muayyan majburiyatlarga ega va ularni bajarishi lozim.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling