Q. N. Kayumov


-MAVZU. IJTIMOIY ISH YO‘NALISHLARI


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

5-MAVZU. IJTIMOIY ISH YO‘NALISHLARI.
IJTIMOIY XODIMLAR ROLI VA VAZIFALARI
1.
Ijtimoiy ish yo‘nalishlari va mijozlari
2.
Ijtimoiy xodimlar majburiyatlari
3.
Ijtimoiy xodim roli va vazifalari
4.
Ijtimoiy ishda bilim, qadriyatlar va ko‘nikmalar
5.
Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasalar va tashkilotlar
Kalit so‘zlar: ijtimoiy ish mijozlari, ijtimoiy xodim majburiyatlari, ijtimoiy
muammolar, ijtimoiy xodim roli va vazifalari, bilim va ko‘nikmalar, ijtimoiy ish
muassasalari va tashkilotlari, uyushma.
4.
Ijtimoiy ish yo‘nalishlari va mijozlari. Ijtimoiy ish faoliyatning
yordamga muhtoj odamlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turiga


85
kiradi. Har qanday faoliyat, jumladan, ijtimoiy ish ham, har bir elementi zarur
bo‘lgan o‘z tuzilmasiga ega, boshqalar bilan bog‘liq va o‘zaro munosabatlarga
kirishadi. Ijtimoiy ish asosiy elementlari ijtimoiy xodimlar, mijozlar, faoliyat
mundarijasi, boshqaruv, vazifa va maqsadlardan iborat bo‘lgan bir butun tizimni aks
ettiradi.
Ijtimoiy ishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
 tibbiy-ijtimoiy ish
 oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish
 bandlik sohasida ijtimoiy ish
 ayollar va erkaklar bilan ijtimoiy ish
 alohida ehtiyojlari mavjud odamlar bilan ijtimoiy ish
 keksalar bilan ijtimoiy ish va boshq.
Turli darajadagi ijtimoiy xodim doimiy ravishda faol bo‘lganligi sababli
uning faoliyati murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan individlar, oilalar,
guruhlar, uyushmalarga yo‘naltirilgan, deb aytish mumkin.
Ijtimoiy xodim yordami taqdim qilinadigan shaxslarni mijozlar, deb atash
mumkin. mijoz individual yoki guruhga oid bo‘lishi mumkin (oila, maktab sinfi,
nogironlar guruhi, mehnat jamoasi va boshq.). Uning aniqroq ta’rifi ijtimoiy ishni
tashkillashtirish darajasi bilan bog‘liq.
Murakkab hayotiy vaziyat – bu ko‘rsatib o‘tilgan ob’ektlarning me’yoriy
ijtimoiy faoliyati imkoniyatlarini buzuvchi yoki buzilishiga sabab bo‘luvchi
vaziyatdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, individlarning o‘zlari, tashqi
yordamsiz mazkur vaziyatdan chiqib keta olmaydilar.
Ijtimoiy xodim haqida gapirilganda, odamlarda darhol yolg‘iz nogironlar va
keksalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlovchi sumkali xodim to‘g‘risida
tasavvur paydo bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy ish mijozlari o‘rtasida kam
ta’minlangan va kambag‘al insonlarni ajratib ko‘rsatish odat tusiga kirgan. Biroq,
kambag‘allik bilan kurash ijtimoiy ishning “nasliy vazifasi”, deb hisoblanishiga
qaramay, uni faqatgina bu kabi shaxslar doirasi bilan cheklab qo‘yishga hech bir
asos yo‘q.


86
Ijtimoiy xodim kimga yordam ko‘rsatadi?
Mijozlar ro‘yxati mazkur faoliyat turining o‘ta qisqa, biroq sermazmun
tarixga ega. Ijtimoiy ish individga yo‘naltirilgan. Har bir alohida inson baxtli
bo‘lish, farovon yashash va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish huquqiga ega.
Dastlab ijtimoiy ish aynan individlar bilanish olib borish sifatida amalga
oshirilgan. Biroq keyinroq vaziyatni va mijoz xulqini o‘zgartirishga urinishlar, agar
bevosita mijozning atrof muhitiga, ular qamrab olingan eng yaqin ijtimoiy tarmoqqa
ta’sir ko‘rsatilmasa, juda kam hollarda samara berishi ma’lum bo‘lib qoldi. Bu esa
o‘z navbatida oilaviy yoki guruhga oid ijtimoiy ishning shakllanishiga olib keldi.
Har bir a’zosiga ta’sir ko‘rsatmasdan turib, oilaga ta’sir ko‘rsatish mumkin emas.
Oilaning alohida a’zolarining xulqi va o‘z hissiyotlaridagi o‘zgarishlar oila ichidagi
o‘zaro munosabatlarning keskinlashishi, oilaviy muloqotlarning o‘zgarib ketishiga
sabab bo‘ladi.
Guruh bilan ishlash to‘g‘risida ham aynan Shularni aytish mumkin. Bevosita
atrof muhitning ta’siriga ortiqcha baho berish imkoni mavjud emas, ayniqsa, gap
o‘smirlar va yoshlar haqida, birovlarga tobe, beqaror tabiatga ega bo‘lgan odamlar
haqida borganida. Bu kabi faoliyat esa o‘z navbatida mazkur individ, mazkur guruh
yoki oila yashovchi aholi punktining jamiki keng qamrovli muhitining
muammolarini hal etishni talab etadi.
Ijtimoiy xodim yordam beruvchilarning ijtimoiy muammolari Shuningdek,
ularning muayyan ijtimoiy-demografik guruhga mansubligiga bog‘liq. Shunday
qilib, o‘ziga xos muammolar odamlarni keksaygan va qartaygan davrlarida ularni
qarshi oladi. Ularni engib o‘tish esa boy yoki kambag‘al insonda, atrofida sevimli
oila a’zolari bo‘lgan yoki bir o‘zi yolg‘iz qolgan insonda turlicha sodir bo‘ladi,
biroq yoshga oid fiziologik va ijtimoiy o‘zgarishlar barchaga birdek ta’sir
ko‘rsatadi.
Shuningdek, alohida muammolari mavjud bo‘lgan mijozlarni ajratib
ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib, imkoniyati cheklangan shaxslar davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan maxsus yordamga muhtojlar, chunki ularning jismoniy,
ruhiy yoki intellektual imkoniyatlari ularning jamiyatda me’yoriy hayot


87
kechirishlariga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli arxitektura va transportni imkoniyati
cheklangan insonlarga moslashtirish, mehnat va yashashning xavfsiz sharoitlarini
yaratish, o‘z hayot faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarni
parvarishlashni ta’minlash zarur.
Ishsizlar, harbiy harakatlarda ishtirok etgan va jarohatdan keyingi ruhiy
buzilish sindromidan aziyat chekayotganlar, ko‘p bolali oilalarda va farzandlari
ta’lim olishda qiyinchiliklarga duch kelgan ota-onalarning alohida ehtiyojlari
mavjud. Barcha toifalar yordamning maxsus ko‘rinishlari va turli ixtisoslik va
faoliyatning turli yo‘nalishlaridagi xodimlar yordami va ko‘magiga muhtojlar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling