Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Vositachi: ijtimoiy tizimning bir yoki undan ortiq darajalarida mijozlar
o‘rtasidagi nizolarni neytral holatni saqlagan holda hal etuvchi, kasbiy ma’lumotga
ega professional.
Integrator yoki muvofiqlashtiruvchi: tizimning turli tarkibiy qismlarini ijobiy
o‘zgarishlarni shakllantirish maqsadida bir butunga birlashtirish vazifasi
yuklatilgan professional.
Bosh menejer: muayyan loyiha, dastur yoki agentlikka ma’muriy mas’ul
bo‘lgan professional.
Tarbiyachi: asosiy vazifasi ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida ma’lumot
etkazib berishdan iborat bo‘lgan ijtimoiy xodim.
Tahlilchi yoki baholovchi: roli mijozlar yoki mijoz bilan ishlash tizimi
faoliyatining samaradorligini baholash uchun ma’lumotlar to‘plash va zarurat
tug‘ilganda uni o‘zgartirish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan
ijtimoiy xodim.
Broker: mijozlar tizimini mavjud manbalar yordamida, Shu bilan birga
mijozni insonparvar va samarali usul yordamida davolash tizimi manbalari bilan
ta’minlagan holda bog‘lovchi ijtimoiy xodim.
Etakchi: o‘zgarishlarga odamlar guruhini birlashtirish va ularga o‘z shaxsiy
manbalaridan, Shuningdek, ijobiy o‘zgarishlarga erishish maqsadida boshqa
tizimlar manbalaridan foydalanishda yordam ko‘rsatgan holda erishishga imkoniyat
yaratuvchi ijtimoiy xodim.
Tashabbuskor: hal etilmagan muammolar yoki zaruratga e’tibor qaratuvchi
ijtimoiy xodim.
Muzokara olib boruvchi: mijozlar tizimi nomidan ish yurituvchi ijtimoiy
xodim.
Safarbar qiluvchi: quvvat to‘plovchi, boshqalarni ham quvvatlantiruvchi,


91
Shuningdek, yangi yoki mavjud guruhlarni tashkillashtiruvchi ijtimoiy xodim.
Advokat: yordamga muhtoj kishilarning huquq va manfaatlari uchun
kuraShuvchi ijtimoiy xodim.
Autrich-xodim: muayyan mijozlar tizimini belgilovchi va yordam ko‘rsatish
maqsadida ular bilan faoliyat olib boruvchi ijtimoiy xodim
1
.
Vositachi rolida ijtimoiy xodim mijoz vaziyati va yordam ko‘rsatish uchun
zarur bo‘lgan manbalarni baholash ishlarini amalga oshiradi, ma’lumot taqdim
qiladi va mavjud manbalarni birlashtiradi. Ijtimoiy va moslashish ko‘nikmalari
o‘rgatuvchisi sifatida ijtimoiy xodim mijoz xulqini o‘zgartirishga ko‘maklashadi.
Maslahatchi sifatida esa uning holatini baholaydi, ma’lumot to‘playdi va ijtimoiy
davolashni tashkillashtiradi.
Keys-menedjer rolida ijtimoiy xodim holatni baholagandan so‘ng iste’mol
qilinayotgan xizmatlarni, aloqalarni va nazoratni amalga oshiradi, muayyan faoliyat
bo‘iycha ish bilan ta’minlashni himoya qiladi. Ishchi yuklama hajmi menedjeri
xizmatlarni rejalashtiradi, xizmatlarning nazoratini amalga oshiradi, olingan
ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Xodimlar shtatini rivojlantirish tashkilotchisi va
ma’muriyat boshlig‘i xodimlarni va dasturlarni boshqarish vazifasini bajaradi, ishni
nazorat qiladi, ichki va tashqi faoliyatni muvofiqlashtiradi, maslahat beradi,
xodimlarni o‘qitadi.
Ijtimoiy o‘zgarishlar agenti sifatida ijtimoiy xodim ijtimoiy muammolarni va
ijtimoiy siyosatni tahlil qiladi, jamoaviy manfaatlarni himoya qiladi, tashkilotning
ijtimoiy manbalarini rivojlantiradi, ijtimoiy e’tiborni safarbar qiladi.
Barcha holatlarda ham ijtimoiy xodim o‘zining o‘z ishi ustasi bo‘lish kabi
asosiy vazifasini bajarishi lozim. Buning uchun u doimiy ravishda o‘z faoliyatini
baholab borishi, professional va shaxsiy rivojlanishi bilan Shug‘ullanishi, ijtimoiy
ish kasbini yaxshilashi lozim ( 4 ilovaga qarang).
Ayrim hollarda ijtimoiy xodim, uyushmada ishlash jarayonida odamlarga
yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini namoyon qilish va aniqlash (baholash)
rag‘batlantiruvchisi bo‘lib xizmat qiladi, Shuningdek, guruhlarning o‘zgarishlarni
ta’minlash bo‘yicha kuchlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga intiladi.


92
Masalan, kalamushlar makon qilgan kvartiradagi yashovchilar guruhiga huquqiy
himoyaga erishish maqsadida uy egasiga qarshi birlashish va qarshi chiqish taklif
qilingan.
Boshqa holatlarda uyushmadagi ijtimoiy xodim o‘z vazifalarini jamoaviy
muassasalar vakillarining qo‘llab-quvvatlamasligiga qarshi kuraShuvchi advokat
(mijozlarning zarur manbalardan foydalanishlarida adolatlilik va teng huquqlilikni
ta’minlash) rolida bajaradi. Advokat rolini assotsial xodim muassasalarni chora
ko‘rishga qaratilgan talablarga javob berishga chaqirgan holda mijoz tizimi bilan
birga olib boradi. Ijtimoiy xodim, masalan, politsiyadan himoya qilishga
urinishlarni amalga oshirishda mijozi nomidan ish yuritishi mumkin.
Jamoalar darajasidagi ijtimoiy xodimlar ham Shuningdek, pedagog rolini
(o‘zgarishlarga imkon yaratish maqsadida bilim/ta’lim ko‘nikmalari mavjud
bo‘lgan hollarda) bajarishlari mumkin. Masalan, jamiyatdagi ingliz tilini
bilmaydigan ayollarni mammolog ko‘rigidan o‘tishlari qanchalik muhim ekanligini
o‘qitishni tashkil etish yo‘li bilan.
Boshqa rollarga quyidagilar kiradi:
 analitik (tahlilchi) / baholovchi (dasturlar yoki muassasalar faoliyatining
samaradorligini aniqlash)
 etakchi (muloqotni yaxshilash yo‘li bilan o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha
o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat).
Ijtimoiy xodimlar oila a’zolari bilan ish olib boruvchi amaliyotchi vrachlarga
yordam ko‘rsatishda tobora markaziy o‘rinni egallab bormoqdalar. Ijtimoiy
xodimlar tobora ko‘proq ixtisoslashtirilgan kasalxonalarda, oilaviy klinikalarda,
zo‘ravonlik qurbonlarining inqirozli markazlarida, uyda sog‘liqni saqlash
dasturlarida, xospislarda parvarishlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish kabi salomatlik
bilan bog‘liq turli xizmatlar ko‘rsatmoqdalar
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling