Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
2. Ijtimoiy xodimlarning majburiyatlari. Ijtimoiy xodimning professional
faoliyati mohiyati uning aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi mehnat taqsimotiga, umuman jamiyatning ijtimoiy sohasining keng ma’nosiga ko‘ra amalga oshiruvchi faoliyatiga bog‘liq ravishda belgilab beriladi. Ijtimoiy xodimning professional mehnati o‘zaro bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi shaxsga oid, funksional va moddiylashtirilgan, mulkiy tarkibiy qismlardan iborat. Ijtimoiy ishda professionalizm – bu mutaxassisning odamlarga ularning muammolarini hal etishda yuqori malakali yordam ko‘rsatishni, yuqori natijalarga erishishni ta’minlovchi, sekin-astalik bilan yuqori darajaga olib chiqiladigan bilimlari, malaka va ko‘nikmalaridir. Ijtimoiy ish o‘zida ham kasbni, ham malakani birlashtiradi, Shu sababli professionalizm mazkur tarkibiy qismlarning darajasi, ularning bir butunligi va tizimliligi bilan o‘lchanishi mumkin. Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassisning kasbiy-shaxsga oid shakllanishi va rivojlanishi professional layoqatlilikning shakllanishini, kasbiy ma’lumot olishni, kasbiy mahoratning shakllanishi va ma’naviy-axloqiy xususiyatlarning, Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini takomillashtirish ko‘nikmalarining rivojlanishini taqozo qiladi. Kasbiy layoqatlilik ijtimoiy ishdagi professionalizmning tarkibiy qismi sifatida mutaxassisning aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tadbirlar majmuini amalga oshirishdagi malaka darajasini, bilim va ko‘nikmalari darajasini aks ettiradi. 88 Ijtimoiy xodimlar o‘zlarining barcha bilim va ko‘nikmalarini alohida insonlar, guruhlar, uyushmalarga ularning rivojlanishi, shaxs va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi nizolarni hal etish uchun qo‘llaydilar. Ijtimoiy xodimlar ularga yordam yoki maslahat so‘rab murojaat qilganlarning barchasiga, ularning jinsi, yoshi, jismoniy va aqliy norasoligi, ijtimoiy va irqiy tegishliligi, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy qarashlari, jinsiy qarashlaridan qat’iy nazar, yordam ko‘rsatadilar. Ijtimoiy xodimlar individlar va guruhlarning asosiy huquqlarini BMTning Inson huquqlari deklaratsiyasi va Deklaratsiya asosida yaratilgan boshqa xalqaro konvensiyalarga muvofiq ravishda hurmat qiladilar. Ijtimoiy xodimlar shaxsiy daxlsizlik, maxfiylik va o‘z ishida ma’lumotlardan mas’uliyat bilan foydalanish prinsiplariga amal qiladilar. Ijtimoiy xodimlar mamlakatlar qonunchiligi mazkur talablar bilan ziddiyatga kirishgan hollarda ham o‘zini oqlagan maxfiylikni saqlab qoladilar. Ijtimoiy xodimlar o‘z mijozlarining foydasini ko‘zlab ular bilan yaqin hamkorlik qiladilar, biroq bu boshqalarga zarar etkazish hisobiga amalga oshirilmaydi; ijtimoiy ish individlar, guruhlar, terrorizm, qiynash yoki odamlarni azoblashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi hukmron guruhlar bilan bevosita yoki bilvosita mos bo‘la olmaydi. Ijtimoiy xodim – o‘rta maxsus ta’lim muassasini ijtimoiy ish mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan shaxs. Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis – ijtimoiy ish mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasini bitirgan shaxs. Ijtimoiy xodimlarning huquqlari, burch va majburiyatlari lavozim yo‘riqnomalarida aks ettirilgan. Layoqatlilik muayyan xodimning bilim va ko‘nikmalarining darajasi va mohiyatining u tomonidan bajarilayotgan lavozimga oid vazifa va majburiyatlarining darajasi va mohiyatiga, taqdim qilingan huquqlariga mos ekanligini; ish olib borish davomida xodimning amaliy jihatdan harakat qilish va zarur natijalarga erishish ko‘nikmasini ifodalaydi. 3. Ijtimoiy xodimning roli va vazifalari. Rol, ijtimoiy ish lug‘atiga ko‘ra, bu “xulqning muayyan maqomga ega bo‘lgan inson uchun madaniy jihatdan belgilab qo‘yilgan turi”dir. Shunday qilib, rolga oid xulq avvalambor inson egallab turgan 89 o‘rni va u amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liq. Shu sababli ijtimoiy xodimning roli va xulqi xodimning o‘zi bilan emas, balki ko‘proq ijtimoiy ish bilan qiyoslanadi. Rol qay tarzda amalga oshirilayotganligi esa individual jarayon bo‘lib, ijtimoiy xodim o‘zining yordam ko‘rsatishda qo‘llaydigan ko‘nikmalari va bilimlarining o‘ziga xos majmuiga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy ishdagi turli rollarni bajarish uchun ko‘p sonli vazifalarni bajarish zarur. Ish vazifasi o‘ziga xos professional rol bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyat, vazifa yoki faoliyat sifatida ta’riflanishi mumkin. Shunday qilib, samarali faoliyat olib borish uchun ijtimoiy xodim ijtimoiy xodimlar tomonidan bajariladigan rollarni to‘g‘ri anglashi va undan kutilayotgan vazifalar va faoliyat turlarini chuqur o‘rganilganligi talab etiladi. Odamlarga yordam berishga yo‘naltirilgan, jismoniy terapiya, tibbiy parvarish, masalahatlar va hokazo kabi ko‘plab kasblarning rollari ijtimoiy me’yorlar, xizmatlar turi, Shuningdek, bu kabi faoliyatga ruxsat beruvchi ma’muriy qoidalar yoki qonunlar tomonidan belgilab qo‘yilgan. Ijtimoiy ish sohasi ijtimoiy xodimdan ularni bajarilishi kutiladigan o‘z rollarini shakllantiradi. Garchi odamlar o‘zlarining kasbiy rollari sarhadlaridan chiqib ketuvchi imkoniyatlar va qobiliyatlarga ega bo‘lsalar-da, mazkur kasbning har bir vakili kamida unga ijtimoiy ishda ajratilgan rollarni bajarishga tayyor bo‘lishi lozim. U yoki bu lavozimga oid vazifalarni bajarar ekan, ijtimoiy xodim bitta yoki ko‘pincha sodir bo‘lganidek, bir nechta rollarni birdaniga bajarishi mumkin. Har qanday amaliy rolni bajarishda bir nechta bir- biridan farq qiluvchi rollardan foydalanish talab etiladi. Shuningdek, aynan bitta o‘ziga xos vazifa yoki faoliyat turli rollarni bajarishda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, inson ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish brokeri, mazkur mijozga xizmat ko‘rsatuvchi maslahatchi yoki klinika vrachi rolida bo‘lib turib ham mijoz vaziyatini baholash vazifasini bajarishi mumkin. Ijtimoiy xodim bajarayotgan rollar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: xizmat ko‘rsatish sohasi brokeri (vositachi), ijtimoiy va moslashish ko‘nikmalari o‘qituvchisi, maslahatchi/klinik vrach, keys menedjer (keys ingliz 90 tilidan “holat”), ish yuklamasi menedjeri, xodimlar shtatini rivojlantirish tashkilotchisi yoki administrator, ijtimoiy o‘zgarishlar agenti, o‘z ishining ustasi. Qator amerikalik olimlar ijtimoiy xodim rollarining quyidagi ro‘yxatini taklif qiladilar: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling