Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4. Ijtimoiy ishda bilim, qadriyatlar va ko‘nikmalar.
Ijtimoiy ishning
professional amaliyoti bilimlar, qadriyatlar, axloq va ko‘nikmalarga asoslangan.
Bilimlarning umumiy hajmi, avvalambor, gumanitar bazaga, Shuningdek,
rejalashtirilgan o‘zgarishlarga bog‘liq. Har bir jihat ijtimoiy xodimning professional


93
faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy ish bo‘yicha Kengash (CSWE)
mazkur jihatlarni ijtimoiy ish bo‘yicha bakalavrlar (BSW) va magistrlarning
(MSW) o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlarining aniq predmetlariga kiritgan.
Ijtimoiy xodimlar uchun asosiy prinsip odamlarning ijtimoiy maqomi, irqi,
teri rangi, diniy e’tiqodi, jinsi, jinsiy qarashlari/jinsiy mansubligi yoki yoshidan
qat’iy nazar, barcha insonlarning qadrliligi hisoblanadi. Inson hayotining qiymati
barcha qadriyatlardan ustun va inson manfaatlarini himoya qilish jamiyatda
insonparvarlikka va ijobiylikka asoslangan munosabatni talab etadi. Muammolari
mavjud odamlarni, ushbu muammolar tabiatidan qat’iy nazar, muhokama qilish
yoki ayblash mumkin emas.
Ijtimoiy xoimlarning ta’kidlashicha, xolisona munosabat qadr-qimmat,
shaxsiy daxlsizlikka ega bo‘lishda muhim ahamiyatga ega va mijozlar hech bir
shartlarsiz qabul qilinishi zarur. Bundan tashqari, mijozlar (bittadan ortiq odamlarni,
oila yoki salomatlik va imkoniyatlari cheklangan katta yoshli insonlar guruhini
qamarab oluvchi mijozlar tizimi) avtonomlik huquqiga – ularning hayotiga ta’sir
ko‘rsatuvchi harakatlarning yo‘nalishlarini belgilash huquqiga egadirlar.
Xuddi Shu kabi, guruhlar va uyushmalar mazkur asosiy huquqlarni
qo‘llab-quvvatlaydilar. NASW o‘z a’zolari uchun barcha qiymatlarni qamrab olgan
holda axloq kodekslarini belgilab berdi. Kuchli professional madaniyat ishlab
chiqilgan va ijtimoiy ish amaliyotchilarining davlat va milliy uyushmalari orqali
ifodalanmoqda.
Kasbiy axloq tuShunchasi, Shunday qilib, amaliyotning ma’naviy
prinsiplariga kiradi. Ijtimoiy ish qadriyatlari ijtimoiy xodimlarning odamlar va
jamiyat haqidagi fikrlarining asosini shakllantiradi, axloq (etika) esa aniq
vaziyatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar chegarasini belgilab beradi. Har
ikki tuShuncha, qadriyatlar va axloqiy ikkilanishlar, nizolar odatiy hodisalar
hisoblanadi.
Ijtimoiy xodimlarda, ularning mijozlari kabi ko‘pincha boshqa guruhlar
manfaatlari bilan o‘zaro ixtiloflarga kiriShuvchi referent guruhlar ham mavjud.
Masalan, mijoz kasallik holatida professional tibbiy yordamdan foydalanishni


94
Bu kabi holatlarda ijtimoiy xodimning ma’naviy (axloqiy) burchi nimadan
iborat? Nizo paydo bo‘lganida mijoz manfaatlarini qay tarzda yuqori darajada
himoya qilishi mumkin? Bu kabi holatlarda mijozda o‘z taqdirini o‘zi belgilash
huquqi mavjudmi? O‘zingizdan so‘rab ko‘ring, siz nima qilgan bo‘lar edingiz?
Savolga javob berayotganingizda bu kabi vaziyatlarda oson bo‘lmasligini anglab
etasiz. IJMUning axloq kodeksini o‘qib chiqib, bu holatda tegishli paragrafni
axloqiy xulqqa qay tarzda bog‘lash mumkinligini anglash mumkin
1
.
 Insonlarning
xotirjamligini
va
osoyishtaligi
darajasini
oshirish,
kambag‘allik, azoblash va ijtimoiy adolatsizlikning boshqa shakllarining oldini
olish;
 Alohida shaxslar, oilalar, guruhlar, tashkilotlar va uyushmalarning ijtimoiy
ta’qiqlovchi diniy guruhga mansub bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy xodim bu holatda
tibbiy aralaShuvni amalga oshirish uchun keskin harakatlarni amalga oshirishi
mumkin.
Amaliyotchi ijtimoiy xodimlar quyidagilarni bilishlari talab etiladi: ijtimoiy
ish amaliyoti kontekstida tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini qo‘llash; kasbning
qadriyatlari, uning axloqiy me’yorlari va prinsiplarini tuShunishlari; hech qanday
kamsitish va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymasliklari; alohida shaxslar, oilalar, guruhlar,
tashkilotlar va uyushmalar bilan ijtimoiy ish olib borish jarayonida amaliy bilim va
ko‘nikmalaridan foydalanishlari; tahlil qilish, ta’riflash va ijtimoiy siyosatga ta’sir
o‘tkazishlari.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling