Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Kalit so‘zlar: aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy himoya ob’ekti,
ijtimoiy himoya modellari, liberal model, konservativ model, ijtimoiy-demokratik model, umumiy farovonlik davlati konsepsiyasi, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam, pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam dasturlari. 1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tuShuncha, maqsad va vazifalari. Ijtimoiy himoya tuShunchasi nimani anglatadi? Ijtimoiy himoya jamiyat va uning turli tuzilmalari tomonidan hayotning minimal etarli kafolatlangan sharoitlarini 99 ta’minlash, hayot ta’minotini qo‘llab-quvvatlash va insonning faol harakatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiradigan tadbirlar tizimi demakdir. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tuShunchalari bir-biriga bog‘liq, biroq ular bir xil emas. Ularni ilmiy ta’riflar sifatida qo‘llash jarayonida ijtimoiy ish o‘zini ijtimoiy ta’minotning bir qismi sifatida ifodalaydi, bundan tashqari, inson hayot faoliyatining me’yoriy sharoitlarini ta’minlovchi mehnatni, salomatlikni va tabiiy muhitni muhofaza qilishni qamrab oladi. Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish ostida qonuniy jihatdan belgilab qo‘yilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy kafolatlar va huquqlar majmui, ularning amalga oshirilishini ta’minlovchi va avvalambor, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan turli qatlamlarini va guruhlarining hayot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun sharoitlarni yaratuvchi ijtimoiy institutlar va muassasalar tuShuniladi. Ijtimoiy himoya ob’ekti – aholining barcha guruhlari. Biroq bunda aholining himoyaga muhtoj qatlamlari: past darajadagi daromadga ega oilalar, nogironlar, keksalar, etim bolalar, yolg‘izlar va ko‘p bolali oilalar, ekologik ofatlar qurbonlari va hokazolar alohida ustunlikka ega. Dunyo amaliyotida aholini ijtimoiy himoya qilishning ikki turi – faol va passiv ijtimoiy himoya ajratib ko‘rsatiladi. Faol ijtimoiy himoya jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolariga yo‘naltirilgan va odamlarning o‘z-o‘zini mehnat bozoridagi faol harakatlari va ularning ijtimoiy sug‘urtada ishtirok etishlari orqali himoya qilishi uchun sharoit yaratishni taqozo qiladi. Passiv ijtimoiy himoya aholining mehnatga layoqatsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qaratilgan va avvalambor to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ijtimoiy himoyaga ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordamni kiritadi. XMT konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy prinsiplari shakllantirilgan, ijtimoiy himoyaning ular ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli ko‘rinishlarining asosiy minimal darajasi belgilangan. Ijtimoiy himoyaning milliy tizimlari XMT konvensiyalari asosida muayyan 100 mamlakatning madaniy rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda shakllanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va professional ijtimoiy ish o‘zaro chambarchas bog‘liq va bir-biriga aloqador. Faoliyatning professional turi sifatida ijtimoiy ish zarur qonuniy va me’yoriy baza, rivojlangan infratuzilma, tayyorlangan kadrlarni, bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy ish ijtimoiy institut sifatida ifodalashi mumkin bo‘lgan barcha narsalarning mavjudligini taqozo qiladi. Ijtimoiy himoya turlari quyidagilarga bo‘linadi: Davlat shakllari: bepul sog‘liqni saqlash xizmatlari; imtiyozlar; bepul ta’lim; pensiya ta’minoti; ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy xizmatlarni taqdim qilish; nafaqa va kompensatsiyalar to‘lash. Nodavlat shakllari: ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta; xayriya; sog‘liqni saqlashning xususiy tizimlari va boshq. 2. Ijtimoiy himoya modellari. Gesta Esping-Andersen (1947 y.t.) – ijtimoiy davlat va uning kapitalistik iqtisodiyotdagi o‘rniga asosiy e’tibor qaratgan daniyalik sotsiolog. O‘zining 1990 yilda chop etilgan “Kapitalizm farovonligining uchta dunyosi” nomli asosiy va eng mashhur kitobida G.Esping-Andersen 1 http://www.strana-oz.ru/?article=523&numid=12 ijtimoiy davlatlarning uchta asosiy modellarini ajratib ko‘rsatgan: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling