Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
1. Moslasha olmagan bolalar, ular uchun ijtimoiylashtirish, ijtimoiy faoliyat va
rivojlanish jarayonlarining buzilishi xos. Moslasha olmagan bolalar sirasiga bugungi kunda nazoratsiz bolalar, ya’ni ota-ona nazorati, e’tibori va parvarishsiz, kattalar tomonidan ijobiy ta’sirsiz qolgan bolalarni kiritish mumkin. Tashlab ketilgan bolalar ham moslasha olmagan bolalar sirasiga kiradi. Ko‘pincha bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, og‘ir yoki tuzalmas kasallikka chalingan bolalar, og‘ir jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari mavjud bolalardir. Qarovsiz bolalar, ya’ni ota-ona yoki davlat qaramog‘ida bo‘lmagan, doimiy turar joyi, yoshiga mos mashg‘ulotlari, zarur parvarish, tizimli o‘qish va rivojlantiruvchi tarbiyaga ega bo‘lmagan bolalar. 2. Kattalar tomonidan shafqatsiz munosabatga duchor bo‘lgan bolalar. SHafqatsiz munosabat va ehtiyojlarni e’tiborga olmaslik bola bilan nomunosib munosabatda bo‘lish shakllari hisoblanadi. Kimdir bola bilan yomon munosabatda bo‘lishi yoki uning ehtiyojlariga jiddiy zarar etkazish yoki bu kabi zarar etishining oldini olmaslik yo‘li bilan e’tiborga olmasligi mumkin. Bolalar oilada yoki ixtisoslashtirilgan muassasalarda ularga tanish yoki ularga notanish bo‘lgan 120 shaxslar tomonidan shafqatsiz munosabatga duchor bo‘lishlari mumkin. Baholashni amalga oshirish jarayonida yomon munosabat sodir etilganmi yoki bu kabi munosabat namoyon qilinishi mumkin yoki mumkin emasligini e’tiborga olish talab etiladi. Bola ustidan aniq yoki yashirin jismoniy zararga olib keluvchi jismoniy zo‘ravonlik, nazorat qiluvchi ota-ona yoki bola uchun javobgar bo‘lgan yoki bola unga ishonib topshirilgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarning etarli emasligi sababli vujudga kelishi mumkin. Jismoniy zo‘ravonlikka zarba berish, silkitish, otib yuborish, zaharlash, yoqib yuborish yoki qaynoq suvda kuydirish, cho‘ktirish yoki bo‘g‘ishni kiritish mumkin. Jismoniy zarar, Shuningdek, ota yoki ona yoki bolani parvarish qilayotgan shaxslar boladagi kasallik alomatlarini rag‘batlantirishi yoki ongli ravishda bolani kasal qilishiholatlarida ham etkazilishi mumkin. Bola ehtiyojlariga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish – bolani parvarish qilayotgan shaxs tomonidan uning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarga: salomatlik, ta’lim olish, hissiy rivojlanish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oila yoki bola parvarishi bilan Shug‘ullanayotgan shaxslar tomonidan barcha manbalarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan, turar joy va xavfsiz hayot ta’minoti kabilarga e’tiborsizlik yoki ularni bajarmaslikni anglatadi. Bu holatlarning barchasi bola salomatligiga yoki uning jismoniy, ruhiy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar etkazilishiga olib keladi yoki bunga yuqori darajada sabab bo‘ladi. Hissiy zo‘ravonlik bola bog‘lanib qolgan asosiy shaxsda bola o‘zining shaxsiy imkoniyatlari va o‘zi yashayotgan jamiyat kontekstiga mos bo‘lgan hissiy va ijtimoiy ko‘nikmalarning barqaror va to‘liq doirasini shakllantirishi uchun tegishli sharoitlarni rivojlantirish qobiliyatining mavjud emasligi. Bunga Shuningdek, zarar etkazilgan yoki uning salomatligiga, Shuningdek, jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy yoki ijtimoiy rivojlanishiga zarar etkazilishining yuqori ehtimoli mavjud bo‘lgan bolaga tegishli bo‘lgan qonunchilik hujjatlari ham kiritiladi. 121 Jinsiy zo‘ravonlik – bolani bunga rozi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’iy nazar, boshqa odamning jinsiy nafsini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday harakat. Jinsiy zo‘ravonlik bola nima sodir bo‘layotganini tuShunishi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, uni jinsiy harakatlarda ishtirok etishga majburlash yoki qiziqtirishni ham qamrab oladi. Bular jumlasiga jismoniy bo‘lmagan harakatlar ham kiritilishi mumkin, masalan, bolani pornografik materialni tayyorlashda ishtirok etish yoki jarayonni kuzatish, amalga oshirilayotgan jinsiy harakatlarni tomosha qilishga taklif qilish, bolaga nisbatan jinsiy tilni qo‘llash yoki bolani o‘zi uchun mos bo‘lmagan, seksual usullar bilan harakat qilishga rag‘batlantirish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling