Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

YOshlarni ijtimoiy himoya qilish xizmatlariIjtimoiy agentlik. Ijtimoiy
xodimlarning ko‘pchiligi o‘z professonal faoliyatlarini ijtimoiy agenliklar orqali
amalga oshiradilar. Ijtimoiy agentliklar mamlakatlar va hamjamiyatlar tomonidan
o‘z fuqarolarining ijtimoiy muammolarini hal etish maqsadida tashkil etilgan
tashkilotlar hisoblanadi. agentliklar ommaviy (soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi),
ko‘ngilli (badallar hisobiga moliyalashtiriladi), yoki ko‘p qismi xususiy (daromad
olishga yo‘naltirilgan) bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy agentliklar hamjamiyatiga agentliklar faoliyatini o‘rganish va ularni
boshqarish siyosatini belgilab olish maqsadida muntazam ravishda uchrashib
turuvchi mahalliy aholi direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Ko‘plab yirik
agentliklar barcha sohalarda va faoliyatining barcha turlarida nazorat qilib turuvchi
boshqaruvchiga ega. Kichik agentliklarda boshqaruvchi o‘z faoliyati bilan bir
qatorda mijozlarga yordam ko‘rsatishga ham jalb qilinishi mumkin.
Ijtimoiy manbalarning mahalliy organlari yordamga muhtoj odamlar bilan ish
olib borishni har kuni nazorat qilgan holda ularning ehtiyojlarini qondirishga tayyor
turadilar. Ijtimoiy xodimlar agentliklarda faoliyat olib borish uchun yollanadi.
Ko‘plab agentliklar taqdim qilingan xizmatlar uchun haq olmaydi. Biroq ayrim
hollarda agentliklar mijozning to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ko‘ra to‘lovni
tartibga solgan holda “ish hajmiga ko‘ra egiluvchan haq” olishlari mumkin. Barcha
mijozlarga, ularning iqtisodiy manbalaridan qat’iy nazar, bir xil sifatdagi xizmat
ko‘rsatiladi.
Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy xodimlar ko‘p turli xizmatlarni taqdim
qiluvchi agentliklarning xodimlari hisoblanadi. Keng ko‘lamli ixtisoslikka ega
bo‘lgan ijtimoiy xodimlar kabi ular ham davlat ijtimoiy xizmat idoralarida ham
faoliyat olib borishlari mumkin:

bolalar va oilalar bilan ishlash;

bolalarni shafqatsiz munosabatlar va e’tiborsiz qolishdan himoya
qilish;

bolalar va kattalar, ayniqsa keksalar uchun xizmat ko‘rsatuvchi


126
vasiylik muassasalarida faoliyat olib borish;

maktab ijtimoiy ishida ishtirok etish;

qarish muammolari bo‘yicha dasturlarda qatnashish;

markazlar yoki muassasalarda ruhiy salomatlikni saqlash sohasida
faoliyat olib borish;

vatanida urush ketayotgan qochoqlarga yordam ko‘rsatish;

o‘z kasbiy vazifalarini xizmat ko‘rsatish faoliyatini olib borayotgan
boshqa ko‘plab tashkilotlarda amalga oshirish
1
.
Bandlik xizmati faoliyatining muhim yo‘nalishi yoshlarning qiziqishlari,
moyilliklari, qobiliyatlari va mehnat bozorining talablaridan kelib chiqqan holda
kasbiy yo‘nalishini tanlashda yordam ko‘rsatish bo‘yicha kasbga yo‘naltirish
bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat.
“Ishonch xonasi” inqirozli, nizoli vaziyatlarga tushib qolgan o‘smirlar va
yoshlarga og‘uvchi va o‘z joniga qasd qilishga olib keluvchi xulqning oldini olish
maqsadida individual psixologik, konsultativ va psixoterapevtik yordam ko‘rsatish
maqsadida tashkil etiladi. Individual psixologik maslahat berishdan asosiy maqsad
– mijoz tomonidan muammoli vaziyatlarda to‘liq anglangan, andozaga solinmagan
harakatlarni amalga oshirish va unga shaxsiy qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam
beruvchi yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun sharot yaratishdan iborat.
“Ishonch telefoni” telefon orqali tezkor psixologik yordam ko‘rsatish xizmati
sifatida ayniqsa, oilada va tengdoshlari jamoasida hamfikrlarni topa olmagan va
yolg‘izlik, sodir bo‘layotgan hodisalarning ma’nosizligidan tushkunlikka tushib
qolgan o‘smirlarga ayniqsa zarur. Bu kabi muassasada faoliyat olib borayotgan
psixolog, ijtimoiy xodimdan o‘smir yoshidagi suhbatdoshi bilan o‘zaro ishonchga
asoslangan munosabatga kirishish qobiliyati, unga ruhiy tushkunlik vaziyatidan
mustaqil chiqib keta olishga yordam berish ko‘nikmalari talab etiladi.
YOsh oilaga yordam ko‘rsatish Markazi nafaqat nikohdan o‘tgan yoshlarga,
balki fuqarolik nikohida yashayotgan, Shuningdek, nikoh qurishni rejalashtirgan
yoki endigina o‘z juftini izlashni boshlaganlarga ham maslahatlar beradi. Markaz
faoliyatining maqsadi yosh oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish, diadli o‘zaro


127
munosabatlarning hissiy sohasini uyg‘unlashtirish uslublariga o‘rgatish
1
, nizolarni
samarali hal etishning kommunikativ ko‘nikmalari va bilimlarini rivojlantirishdan
iborat.
YOshlar uchun huquqiy xizmat huquqiy madaniyat darajasini oshirish,
o‘smirlarga va yoshlarga malakali bepul yordam ko‘rsatish, yoshlar muhitida
huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etiladi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun klublar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini aqlli va
foydali mashg‘ulotlar, o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar bilan to‘ldirish imkonini
beradi. “Tarbiyasi og‘ir” o‘smirlar deyarli bo‘sh vaqt sohasida o‘zgarishni
boshlaydilar, aynan Shu sababli ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkillashtirish
muammosi Shu qadar muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy-madaniy jamiyatlar turli shakllarda taqdim qilinishi mumkin –
to‘garaklar, studiyalar, havaskorlik uyushmalari, tashabbuskor guruhlar.
Mahalliy hamjamiyatda autrich-faoliyatni (dala ishlari) – ko‘chalarda,
diskotekalarda, yoshlar va o‘smirlar “to‘planadigan” va ishlaydigan joylarda olib
borish ayniqsa “xavf guruhi” o‘smirlariga nisbatan dolzarb masala hisoblanadi.
Bu holatda ijtimoiy xodimlar ko‘chada yashovchi bolalarning hayot
sharoitlari va xulqini o‘rganadilar va o‘smirlarning to‘liq ijtimoiy, psixologik va
zarurat tug‘ilganda tibbiy reabilitatsiyasini amalga oshirishni o‘z oldilariga vazifa
qilib qo‘yadilar. Psixologik xizmat tomonidan ishlab chiqilgan reabilitatsiya
dasturini turli davlat, huquqni muhofaza qilish tashkilotlari, ijtimoiy xodimlar,
volontyorlar etimxona, bolalar klublari, reabilitatsion markazlar amalga oshiradilar.
Oxirgi
yillarda
autrich-faoliyatning
12-16
yoshdagi
volontyorlarni
tayyorlashni o‘z zimmasiga olgan turi keng tarqalmoqda, ushbu volontyorlar o‘z
navbatida masalan, o‘z tengdoshlari o‘rtasida giyohvandlikni dastlabki oldini
olishda ishtirok etadilar.
“YAshab qolish maktablari” (“Diskaveri”, boy-skautlar, harbiy-patriotik
tarbiya va h.k.) ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikning yuqori darajasiga, hissiy va
xulqiy buzilishlar, oilasi bilan murakkab munosabatlar, maktabda o‘zlashtirish bilan
bog‘liq muammolari bo‘lgan o‘smirlar va yoshlar uchun tashkil etiladi.


128
Bu kabi maktab-oromgohlar o‘rmonda joylashgan bo‘lib, tabiiy muhit va
guruhga
oid
terapiyaning
ta’sirini
mujassamlashtiradi.
“YAshab qolish
maktablari”ning maqsadi yoshlarda o‘z-o‘zini hurmat qilish va mas’uliyatni,
Shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘smirlar to‘rt o‘rinli palatkalarda yashaydilar, hayot
uchun zarur bo‘lgan narsalarni o‘zlari ta’minlaydi, darsdan tashqari guruhga oid
mashg‘ulotlarda, sport o‘yinlarida va kundalik majlislarda qatnashadilar. O‘nta
o‘smirdan tashkil topgan har bir guruhga o‘smirlarga o‘zini va boshqalarni
tuShunishda etuklikka erishishda do‘stona yordam ko‘rsatuvchi ikkita tarbiyachi va
bitta supervizor tayinlanadi
1
.
Shunday qilib, yoshlar bilan ijtimoiy ish olib borish shakllari va usullari
davlat yoshlar siyosati hal etishi lozim bo‘lgan vazifalar doirasi tomonidan
belgilanadi.
Bolalar, yoshlar va oilalar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan siyosat va dasturlar
jamiyat kontekstida uning qadriyatlari, ehtiyojlari va manbalarning mavjudligini
e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan va amalga oshiriladi. Bugungi kunda asosiy
urg‘u profilaktika va erta aralashuvga, oilani saqlash va bolalarga eng past darajada
zarar etkazish asosida qarorlar qabul qilishga beriladi. Biroq shunga qaramasdan,
profilaktika va aralaShuvning ilk manbalarining mavjud emasligi, shuningdek,
e’tiborni eng jiddiy vaziyatlarga qaratish farzandlari mavjud bo‘lgan oilalarning
ko‘p qismining parchalanib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa ko‘pincha bolalarni
farzandlikka olish yoki oilalarga joylashtirishga olib keladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling