Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

2. Tibbiy-ijtimoiy xodimlarning vaziflari va ko‘nikmalari. Tibbiy-ijtimoiy
xodim faoliyati uchun zarur bo‘lgan vazifalar va ko‘nikmalar salomatlik va
kasallikning yuqorida ko‘rib chiqilgan biopsixoijtimoiy modellariga asoslanadi.
Jamoada ishlash ko‘nikmasi muhim amaliy ko‘nikma hisoblanadi.
Kommunikativ ko‘nikmalar barcha fanlar vakillari o‘rtasida muloqotni ta’minlash
uchun muhim hisoblanadi.
Umuman olganda, tibbiy muassasada samarali faoliyat olib boruvchi yoki
mijozlarning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarini hal etuvchi ijtimoiy
xodim u yoki bu kasallikning tibbiy-ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida xabardor, kasallik
kechishining o‘ziga xos xususiyatlari va sharoitlari to‘g‘risida, u bemorga va uning
atrofidagilarga ko‘rsatadigan ta’siri haqida xabardor bo‘lishi lozim.
Tibbiy-ijtimoiy xodim aholining qaysi toifalari (jins, yosh, ijtimoiy o‘rni)
ko‘proq kasallikka moyil ekanligini, uning psixoijtimoiy ehtiyojlarini qondirish
uchun bemor qaysi xizmatlarga murojaat qilishi lozim ekanligidan xabardor bo‘lishi
lozim. Ijtimoiy xodimlar uyda parvarish qilish agentliklari, qo‘llab-quvvatlash va
o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish guruhlari, muayyan kasalliklari mavjud bo‘lgan
bemorlar uchun dasturlar kabi manbalarni topish va ulardan foydalanish
ko‘nikmalariga o‘qitiladilar.
Kasallik haqidagi tibbiy va psixologik ma’lumotlarni bilish, bemorlarning
kasallikning paydo bo‘lish sabablari haqidagi izohlarini tuShunish tibbiy-ijtmoiy
xodimga bemor va uning ijtimoiy muhitdagilarning savollariga javob berish
imkonini beradi.
Agar tibbiy-ijtimoiy xodimning ish joyi va muammolarining o‘ziga xos
xususiyatlaridan qat’iy nazar, uning vazifalari va imkoniyatlari haqida aniq
gapiradigan bo‘lsak, u holda mijozlar va ularning oilalarining ijtimoiy, maishiy,
psixoijtimoiy, huquqiy muammolarini hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy
vazifalaridir.


148
– Bemorda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijobiy yoki salbiy hayotiy
hodisalarning mavjud yoki mavjud emasligini, kopingning mavjud ekanligini
qamrab oluvchi psixoijtimoiy baholash
1
. Psixoijtimoiy baholashga bemor va uning
oilasining davolash yoki kasalxonadan chiqishning tavsiya qilingan yo‘nalishiga
amal qilish imkoniyatlarini aniqlash kiradi. Psixoijtimoiy baholash, Shuningdek,
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning doimiy monitoringini bemor va uning oilasi bilan
doimiy o‘zaro munosabatlar hamda xizmatlardan qoniqish hosil qilmagan
mijozlarni aniqlash orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi.
– Bemorlarga, Shuningdek, ularning hissiy jihatdan og‘ir kunlarni boshdan
kechirayotgan oila a’zolariga maslahat berish, ularni qo‘llab-quvvatlash (masalan,
jiddiy qayg‘uni boshdan kechirish natijasi sifatida), ularning ichki va tashqi
manbalarini rivojlantirish.
– Bemorlar va ularning oilalariga axloqiy tabiatga ega bo‘lgan, kasallikning
psixoijtimoiy holatlari, ularga moslashish, unga bo‘lgan munosabat, rollarning
o‘zgarishi bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda yordam ko‘rsatish.
– Bemorlarni kasallik vaziyatida gigienik ko‘nikmalarga, oilalarini esa
bemorni parvarish qilish qoidalari va ko‘nikmalariga o‘rgatish.
Imtiyozlarni aniqlash va ularni olishda yordam ko‘rsatish, huquqiy
himoyani tashkillashtirish. Masalan, “Bizning uyimiz” (Toshkent) markazi
tomonidan ruhiy buzilishlardan aziyat chekayotgan shaxslar va ularning
qarindoshlari uchun “Psiatrik yordam haqidagi qonun bo‘yicha ommabop
qo‘llanma” va “Huquqiy alifbo. Savollar va javoblar” broshyuralari chop etilgan.
Markazning xodimlari tomonidan ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun
maqsadi “Psixiatrik yordam to‘g‘risidagi Qonun” ta’minlovchi ijtimoiy kafolatlar,
imtiyozlarni izohlashdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
2
.
– Notibbiy va tibbiy ijtimoiy manbalarni, masalan qo‘llab-quvvatlash va
o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish guruhlariga yordam ko‘rsatish. Shunday qilib,
bronxial astmasi (bo‘g‘ilish xuruji, bo‘g‘ilishdagi birinchi yordam) bo‘lgan
odamlarning tibbiy muammolarini hal etish uchun Toshkentda Respublika Allergiya
Markazida Astma-maktabi faoliyat olib bormoqda.


149
– Tibbiyot xodimlari jamoasiga bemor va uning oilasining xulqiy
muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatishShunday qilib, ijtimoiy xodimlar
mijozning ijtimoiy va hissiy ehtiyojlari bilan ishlar ekanlar, somatizatsiyani
kamaytiradilar, bu bilan vrachning vaqtini iqtisod qiladilar
1
.
Har qanday amaliy faoliyat o‘z qiyinchiliklari va cheklovlariga ega.
Kasalxonalarda ijtimoiy ish olib borish muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarni
tahlil qilish ushbu kasb salomatlik sohasida faoliyat olib boruvchi boshqa
professionallar tomonidan to‘liq tan olinmagan. Ijtimoiy xodimlar ularning
ekspertizasini tor doirada qabul qilinishi, kasallikka tashxis qo‘yish va uni
davolashda jismoniy omillarni alohida ta’kidlash, ijtimoiy xodim lavozimini
moliyalashtirishda barqarorlikning mavjud emasligi, kasbiy izolyasiya kabi
muammolarni ko‘rsatib o‘tadilar. Ijtimoiy xodimlar o‘z faoliyatlarining asosiy turi
mijozlarning hissiy va xulqiy muammolari, mijozni jamiyatning zarur manbalari
bilan aloqalarini o‘rnatishdan iborat, deb hisoblaydilar.
Shunday qilib, tibbiy-ijtimoiy faoliyat sog‘liqni saqlash tizimining zaruriy
tarkibiy qismi hisoblanadi. U tibbiyot muassasalarida, inson kasalxonadan
chiqqandan so‘ng, reabilitatsion tadbirlar jarayonida amalga oshirilishi mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling