Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

3. Nogironlik: tuShuncha, omillar, yondaShuvlar. O‘zbekiston Respublikasining
nogironlarga nisbatan davlat siyosati aholining mazkur guruhi huquq va
manfaatlarini ularga boshqa barcha fuqarolar bilan teng, to‘laqonli turmush tarzini
kechirish, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etish, Shuningdek,
o‘z fuqarolik majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarni yaratish maqsadida himoya
qilish
chora-tadbirlari
tizimini
taqozo
qiluvchi
“Nogironlarni
ijtimoiy
himoyalanganligi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi.
Qonun etti bobdan iborat: 1. Umumiy qoidalar; 2. Nogironlarning ijtimoiy
infratuzilmadan to‘siqlarsiz foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish; 3.
Nogironlarning tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasi; 4. Nogironlarning ta’lim
olishi va kasbiy tayyorgarligi; 5. Nogironlar mehnati; 6. Nogironlarga ijtimoiy
yordam ko‘rsatish; 7. Nogironlarning ijtimoiy birlashmalari.
“O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga


150
ko‘ra, jismoniy yoki aqliy nuqsonlari mavjudligi sababli ijtimoiy yordam va
himoyaga muhtojligi mavjudligi natijasida hayot faoliyatining cheklangan shaxs
nogiron hisoblanadi.
Shaxsning hayot faoliyatining cheklanganligi u tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish, harakatlanish, yo‘nalish, muloqotni amalga oshirish, Shuningdek,
mehnat faoliyati bilan Shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘liq yoki qisman
yo‘qotganligida ifodalanadi.
Shubahsiz, ushbu ta’rifda asosiy e’tibor nogironning barcha ijtimoiy va
kasbiy qiyinchiliklarining sababi bo‘lgan kasalligiga qaratilgan. Kasallikni davolash
lozim, bu jarayonda barcha muammolar hal etiladi, Shu sababli barcha harakatlar
aynan Shu tomonga yo‘naltirilishi lozim. Shunday qilib, muammolarning barcha
ildizlari insonning o‘zida, uning kasalligi yoki nuqsonida. Mazkur fikr nogironlikni
qabul qilishning tibbiy modeli uchun xos.
Unga muqobil bo‘lgan ijtimoiy modelda nogironlik – bu jismoniy yoki
ijtimoiy to‘siqlar tufayli jamiyat hayotida boshqalar bilan teng shartlarda ishtirok
etish imkoniyatining yo‘qotilganligi yoki cheklanganligi, deb ta’rif berilgan.
Ijtimoiy modelga siyosiy-huquqiy model yaqin, deb hisoblanadi. Unga
muvofiq nogironlikka ega bo‘lgan insonlar huquq va erkinliklari tashqi cheklovlar:
arxitekturaviy muhitdan foydalanish imkoniyati mavjud emasligi, ijtimoiy, madaniy
hayotda ishtirok etish imkoniyatining cheklanganligi sababli buzilgan ijtimoiy
kamchilik sifatida ifodalanadi.
Insonga salomatligida jiddiy nuqsonlar mavjud insonga jamiyatda to‘laqonli
faoliyat olib borishga xalal beruvchi to‘siqlar quyidagilardan iborat:
– Predmet-makonga oid holatda vujudga keluvchi jismoniy cheklovlar. Bu
ehtimol, nogiron bo‘lgan insonda garchi uning oldini olish oson bo‘lsa-da,
qandaydir qiyinchiliklarga sabab bo‘ladigan to‘siqdir. Mazkur muammoni hal
etishning ikki jihati mavjud: a) alohida ehtiyojlari mavjud kishilarni maxsus
maishiy moslamalar, harakatlanish vositalari, uskunalar (o‘rindiq-kolyaska, qoshiq
va sanchqi ushlagichlar, sun’iy nafas olish ko‘chma apparati, eshitish apparatlari,
ko‘zi ojizlar uchun hassalar) bilan ta’minlash; b) do‘stona yoki nodo‘stona, deb


151
ta’riflash
qabul
qilingan
arxitekturaviy-sanoat
muhitini
moslashtirish
(zinapoyalarda, shahar binolarida pandus (qiya nishab)larning mavjudligi, guruhlar
foydalanuvchi joylarni sensorli buzilishlarga ega bo‘lgan odamlar uchun rangga oid,
akustik, taktil kontrastlar asosida standart yo‘naltiruvchi-ko‘rsatish belgilari tizimi
va intellektual cheklovlari mavjud kishilar uchun piktogrammalar bilan jihozlash,
shahar transportini maxsus ko‘targichlar va o‘rindiq-kolyaskalar bilan ta’minlash va
h.k.).
Nogironga do‘stona munosabtda bo‘lgan muhit bola uchun ham, keksalar
uchun ham, homilador ayol yoki yosh ona uchun ham do‘stona bo‘lishini alohida
ta’kidlash lozim.
– Axborotga oid cheklovlar maxsus ma’lumot taShuvchilarining tanqisligi
bilan bog‘liq (brayl yozuvidagi kitoblar, surdotarjimali ko‘rsatuvlar, maxsus
dasturlar va h.k.).
– Muloqotdagi to‘siqlar – axborot to‘sig‘i bilan chambarchas bog‘liq.
Ma’lumotni qabul qilishdagi to‘siqlardan tashqari nogironlar muloqot qilishda
nogironlarning barcha guruhlariga bolalagidan va katta yoshdagi nogironlarning
ayrimlari uchun xos bo‘lgan, psixologik va fiziologik omillar bilan bog‘liq bo‘lgan
muloqot qilishdagi qiyinchiliklar majmuini boshdan kechiradilar. Biroq bunda ham
ijtimoiy
omillarning
roli
yorqin
namoyon
bo‘ladi:
ilk
tibbiy
va
psixologik-pedagogik tashxis va aralaShuvning mavjud emasligi, ovoz hosil
qiluvchi apparatlarning, takomillashtirilgan axborot texnologiyalarining tanqisligi.
Muloqotdagi nutqiy rivojlanish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan
qiyinchiliklar ko‘pincha mavjud hissiy muammolar sababli chuqurlashib ketadi.
Ko‘pincha nogironning asosiy kasalligining oqibati bo‘lgan hissiy muammolar
atrofdagilarning nomaqbul ta’sirlari – qiziqishlari, qo‘rquvlari, masxara qilishlari,
noqulay ahvolga tushishlari sababli yanada ortib borishi mumkin.
– Nogironning o‘z-o‘zini cheklashi. Ko‘pincha imkoniyati cheklangan odam
jamiyatda unga majburan singdiriladigan “noraso” shaxs roliga rozi bo‘ladi va Shu
tamg‘a bilan birga yashay boshlaydi. Unda gipervasiylikka qaram bo‘lib yashash
kabi qarashlar shakllanadi. U o‘z-o‘ziga yordam berish va o‘z-o‘zini


152
tashkillashtirishga emas, balki “unga haqli ravishda tegishli bo‘lgan” nafaqa,
navbatdagi gumanitra oziq-ovqat mahsulotlarini kutib yashashni maqsad qilib
olgan. Hattoki o‘zi yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan, salomatiligidagi
muammolar ob’ektiv cheklovlarni hosil qilmaydigan sohalarda ham u “nogiron”
rolini o‘ynashni davom ettiradi. Shunday qilib, yosh, sog‘lom, yuqori intellektual
imkoniyatlarga ega bo‘lgan, oyoqlari amputatsiya qilingan erkak nogironligini
bahona qilib, aytaylik dasturlovchi karerasidan voz kechadi.
– Ta’lim olishdagi cheklovlar. Ta’lim olish huquqi barcha uchun teng
ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganligiga
qaramasdan, yuqorida keltirib o‘tilgan barcha to‘siqlar umumta’lim maktablari va
OTMlarda ta’lim olayotgan o‘qiuvchi va talabalarni juda kam uchratish mumkin.
Bundan tashqari, reabilitatsion markazlarda etuk yoshda nogironlikni orttirib olgan
va shu sababli o‘z mutaxassisligini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan odamlarni qayta
tayyorlash, past nufuzli kasblarning tor doirasi bilan cheklanib qolmoqda.
– Mehnat strategiyasi yuqorida sanab o‘tilgan barcha cheklovlar, jumladan,
mehnat bozorining nogironligi mavjud odamlarga moslashtirilmagani bilan bog‘liq.
Beshafqat bozor raqobati sharoitida nogironligi mavjud bo‘lgan shaxs nufuzli ish
o‘rniga ega bo‘lish uchun juda kam imkoniyatga ega, byudjet tashkilotlarida
nogironlar uchun ajratilgan o‘rinlar odatda zerikarli, past malakali mehnat va yuqori
bo‘lmagan, ko‘pincha taklif qilinayotgan nafaqadan kam bo‘lgan oylik maoshiga
ega bo‘ladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling