Q. N. Kayumov


-MAVZU. SALOMATLIK VA NOGIRONLIK


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

8-MAVZU. SALOMATLIK VA NOGIRONLIK
1.
Salomatlik va kasallik tuShunchalari
2.
Tibbiy-ijtimoiy xodimlar vazifalari va ko‘nikmalari
3.
Nogironlik: tuShuncha, omillar, yondaShuvlar
4.
Rivojlanib borayotgan nogironlik. Nogironlarga xizmat ko‘rsatishning
xorijiy tajribasi
Kalit so‘zlar: salomatlik, kasallik, salomatlik bilan bog‘liq muammolar,
tibbiy-ijtimoiy xodim, maslahat xizmati, nogironlik, nogiron shaxslar, cheklovlar,
to‘siqlar, rivojlanib borayotgan nogironlik, mikrotizim, mezotizim, ekotizim,


143
makrotizim, geteroxronlik, abilitatsiya, reabilitatsiya
1. Salomatlik va kasallik tuShunchasi. Ijtimoiy ish salomatliklarida
muammolari bo‘lgan odamlarga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy ta’minot tizimi
doirasida asosiy kasb hisoblanadi.
Salomatlik murakkab toifa hisoblanadi. Zamonaviy adabiyotlarda “salomatlik”
va “kasallik” atamalarining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud. Umuman olganda bir
nechta asosiy variantlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) salomatlik kasalliklarning
mavjud emasligi sifatida ta’riflanadi; 2) salomatlik va me’yor sinonim tuShunchalar
sifatida qo‘llaniladi; 3) salomatlik yoki kasallik biologik, psixologik va ijtimoiy
omillarning o‘zaro munosabatlari natijasi hisoblanadi.
Ushbu ta’riflar orasida eng to‘liq va ko‘p iqtibos keltiriladigan ta’rif, 1948
yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan taklif qilingan ta’rif
hisoblanadi: “Salomatlik – bu nafaqat kasallik yoki zaiflik emas, balki to‘liq
jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir”
1
. Mazkur ta’rifdan kelib chiqadiki,
odamlar salomatligi nafaqat biologik omillar va o‘zgaruvchilardan, balki psixologik
va ijtimoiy omillarga ham bog‘liq. Ushbu omillarni shartli ravishda quyidagi
guruhlarga bo‘lgan holda ko‘rib chiqamiz:
1.
Ijtimoiy demografik (yosh, etnik/milliy tegishlilik, jins, yashash manzili:
shahar/qishloq, yashash mamlakati).
2.
Ijtimoiy-iqtisodiy (ta’lim darajasi, daromadlar darajasi, mashg‘ulot turi,
umuman oilaning moddiy holati).
3.
Ijtimoiy-tibbiy (yashash sharoiti, ekologik va tabiiy-iqlimga oid, oilaviy
ahvoli, ijtimoiy maqomi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy yordam
sifati).
4.
Ijtimoiy-psixologik
va
psixologik
(psixoijtimoiy
yordamning
mavjudligi/mavjud emasligi, turmush tarzi, hayotning sog‘lom turmush tarzi
ko‘nikmalarining mavjudligi/mavjud emasligi, psixologik va hissiy bosim darajasi,
shaxsga oid o‘ziga xos xususiyatlar).
5.
Biologik va fiziologik (bo‘yi, og‘irligi, kasalliklarga moyilligi, asab


144
tizimining turi).
Ta’kidlash lozimki, ushbu omillar salomatlik – kasallikning jamiki
kontinuumida har qanday holatlarga moyil, sabab bo‘luvchi va ularni
qo‘llab-quvvatlovchi omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi mumkin
1
. Salomatlik holati va
turli kasalliklarning ijtimoiy va psixoijtimoiy bog‘liqliklarni ochib beruvchi ayrim
raqamlarni keltirib o‘tamiz. Masalan, infarkt miokarddan o‘lganlar miqdorini
o‘rganish, mazkur kasallikni boshidan o‘tkazgan bemorlarning o‘lim ehtimoli,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash etishmagan, ijtimoiy izolyasiya holatida bo‘lgan, qator
ijtimoiy muammolarni boshidan kechirganlardan ko‘ra 4-5 marotaba yuqori
ekanligini ko‘rsatdi.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha,
salomatlikka
ta’sir
ko‘rsatuvchi
omillar
daromadlar, etnik tegishlilik, jins, yosh, nogironlik va yashash manzili bilan
bog‘liq.
Daromadlar. Daromad qanchalik yuqori bo‘lsa, ehtimol, inson o‘zini
Shunchalik yaxshi his qilishi lozim. Kambag‘allarda salomatlik bilan bog‘liq
muammolarga ega bo‘lishlari ehtimoli nisbatan ko‘proq. Sabab Shundan iboratki,
odamlar ko‘pchiligi tibbiy sug‘urtaga ega, tibbiy yordam olishga ertaroq murojaat
qilishlari mumkin, ko‘pincha to‘yimli va sifatli mahsulotlarni iste’mol qiladilar va
aqliy jihatdan kamroq kuch sarf qiladilar. Sug‘urta qilinmagan 10 ta amerikalikdan
8 tasi “ishchi oilasi”dan. 70% ishchilarga ish beruvchilar tibbiy sug‘urta taqdim
qilmaydilar
2
.
Jins. Hayotning o‘rtacha davomiyligi erkaklar kabi ayollar uchun ham ortib
bormoqda. Garchi ayollar uchun hayotning o‘rtacha davomiyligining ortishini
afzallik sifatida ifodalasak-da, Shu bilan birga bu holat bilan bog‘liq muammolar
ham mavjud. Hayotning kutilgan davomiyligidagi farq va ayollar uy ishlari va bola
tarbiyasi bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lganliklari sababli qari ayollar bevaga
aylanadilar va ijtimoiy ta’minotning cheklangan nafaqalari bilan qamrab olingan.
YOsh. Keksalar kabi yosh fuqarolar ham salomatlikning yomon holatiga
ko‘ra eng yuqori xavf hududida turadilar. Keksayish tufayli xavfning ortib borishiga
sabab, ularning ko‘pchiligi kambag‘allikda yashaganliklari. Aholining kambag‘al


145
qatlamlaridan bo‘lgan keksa insonlarning bir qismi zarurat tug‘ilgan holatlarda
tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmaydilar, chunki moliyaviy xarajatlar juda yuqori.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling