Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4. Oilalar bilan ijtimoiy ish olib borish (aralaShuv, baholash, oilaviy
terapiya). Ijtimoiy ishda, dunyo va mamlakatimiz madaniyatida oilaning dunyo
bilan o‘zaro munosabatlar sohasida boy tajriba to‘plangan. Xorijiy va mamlakatimiz
olimlarining ta’kidlashicha, ijtimoiy terapiyaning asosi barcha azoblanuvchi,
kamsitilgan, to‘laqonli ijodiy hayot chegarasidan uloqtirib yuborilganlarga yordam


132
ko‘rsatishning yaratuvchanlik jarayoni hisoblanadi.
Ijtimoiy xodim “shaxs – muhit” kompleksiga alohida e’tibor qaratadi, ayni
vaqtda birinchi o‘ringa oilani va mijozning yaqin odamlariga alohida e’tibor
qaratadi.
Ijtimoiy xodim avvalambor, muqarrar aralaShuv vaziyatini ekspert
baholashda nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Bu oila atrofidagilarni o‘rganish,
oilaning o‘zaro munosabatlarining kelishilganligi yoki kelishilmaganligini, yaqin va
uzoq muhitni qayd qilishdn iborat.
Xorijiy tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, oila bilan ijtimoiy ish olib borish
mazkur soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ekologik prinsiplar va
konsepsiyalarga asoslangan. Oila muammolari bilan Shug‘ullanuvchi ijtimoiy
xodimning asosiy maqsadi oila hamda muhit bilan o‘zaro muvofiqlikka erishishdan
iborat.
Oila o‘zaro munosabatga kiriShuvchi va o‘zaro bog‘liq tizim hisoblanadi. Har
qanday odam duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, odatda oila ichidagi
dinamika ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Oila qay tarzda o‘zaro munosabat tizim
ekanligiga qarab, uning bitta a’zosidagi o‘zgarishlar uning boshqa a’zolariga ham
ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy xodimlar odamlarga shaxsiy yoki ijtimoiy muammolarini
hal etishda yordam berar ekanlar, o‘zlari huzurlanadilar.
AralaShuv strategiyasi oilaviy urug‘ atrofidagilarning o‘zgarishlariga
e’tiborni qaratishni talab etadi. Xorijiy olimlar mavjud imkoniyatlardan
foydalanishning quyidagi yo‘nalishlari va usullarini shakllantiradilar: yangi
manbalarni izlash; oilaga eng maqbul tarzda yordam berish imkoniga ega bo‘lgan
brokerlar, advokatlar va mutaxassislarni izlash; mavjud imkoniyatlardan
foydalanish.
Ijtimoiy xodimlarning fikriga ko‘ra, oxirgi yillarda ko‘plab oilalar hayotining
asosiy muammosi ijtimoiy kolliziyalar (to‘qnaShuvlar) oldidagi ojizlik, kuchsizlik
hisoblanadi. Shunday qilib, ekologik faoliyatning asosiy maqsadi oila va uning
yaqin va uzoq muhit o‘rtasidagi munosabatlaridagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq.
Mutaxassis oilaga uni o‘rab turgan tizimlarga quyidagi tarzda ta’sir


133
ko‘rsatishga yordamlashadi: tengsiz yoki javobsiz munosabatlarni ochish
yordamida; mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risida muzokaralar olib borgan holda;
urug‘ a’zolarining ijtimoiy muhitdagi boshqa odamlar bilan kelisha olmaydigan
kuchsiz yoki noto‘g‘ri aloqalarini mustahkamlagan holda. Oilaga yordam bergan
holda hamjamiyat va ularning atrofidagi odamlarning ustunliklaridan eng maqbul
tarzda foydalanish imkonini beradi. Masalan, vaqt va makonni rejalashtirish
yordamida.
Bola va oila ehtiyojlarini baholash bola va oila haqidagi turli ma’lumotlarni
to‘plash uchun zarur. Bu mutaxassislarga bolaning ehtiyojlari va manfaatlariga
maksimal darajada javob beruvchi reabilitatsiya rejasini yaratishga, Shuningdek,
bolaning keyingi hayoti uchun muhim bo‘lgan qarorlarni qabul qilish imkonini
beradi. Baholashni amalga oshirish – bir necha kundan bir necha hafatagacha
cho‘zilishi mumkin bo‘lgan jarayon.
Bola va oila ehtiyojlarini baholash mezonlari uch o‘lchamni qamrab oluvchi
kompleks diagnostikani anglatadi
1
:

Bolaning rivojlanish ehtiyojlari

Bola ehtiyojlarini baholash mezonlari

Ota-onalar imkoniyatlarini baholash mezonlari

Oilaviy omillar va atrof muhit omillari

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling