Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
3. Oilaviy o‘zaro munosabatlar va oila muammolari. Oila va ota-onalar
bolaning va umuman oilaning farovonligini ta’minlashda markaziy o‘rinni egallashi barcha tomonidan tan olingan. Biroq Shunga qaramasdan, ko‘p oilalar u yoki bu inqirozli vaziyatlarga tushib qolganlarida ijtimoiy himoya organlarining qo‘llab-quvvatlashlariga muhtoj bo‘ladilar. Oilalar ko‘p sabablarga ko‘ra muhtoj oilaga aylanishlari mumkin, bu sabablar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: kambag‘allik, baxtsizlik, ichkilikbozlik, giyohvand moddalarga ruju qo‘yish, tahqirlash yoki zo‘ravonlik. 129 Bolalarni himoya qilish sohasida faoliyat olib boruvchi professional bo‘lishi bilan bir qatorda ijtimoiy xodimlar oilaning muhimligini tuShunishlari va oilalar bilan ishlash uchun qator ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Ijtimoiy himoya sohasida (6-mavzuda ko‘rsatib o‘tilganidek) oila tabiatini va uning hayot bosqichlari davomida rivojlanishini anglashni talab etadi. Oilani tuShunish ijtimoiy xodimlarga mazkur oilaga haqiqatan ham yordam berish imkonini beradi. Oilaning roli va vazifalarini anglash ijtimoiy ishning samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. O‘z navbatida mutaxassislar tomonidan shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik va ijtimoiy omillarni anglash ularning shaxsiy layoqatlilik darajasini oshirishni talab etadi. Oilaviy qonunchilik va uning maqsadlari. Oilaviy qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro mehr-muhabbat, ishonch va hurmat, hamkorlik asosida qurish, o‘zaro yordam hamda oila va uning barcha a’zolari oldidagi mas’uliyat, oila ishlariga kimningdir ixtiyoriy ravishda aralaShuviga yo‘l qo‘ymaslik, oila a’zolarining o‘z huquqlarini to‘siqlarsiz amalga oshirilishi va ularning himoyasini ta’minlashdan iborat. Oila eng ahamiyatli ijtimoiy tizim hisoblanadi. Oilada uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlar va shaxsiy qadr-qimmat hissi shakllantiriladi. An’anaviy tarzda oila tarbiya, mehr-muhabbat, himoya bandargohi hisoblanadi. Biroq, zamonaviy, tez sur’atlarda o‘zgaruvchi dunyoda oila ulkan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bolalar tobora ko‘proq oilaning moliyaviy bosimidan, ota-onalardan birining yoki har ikkisining uzoq vaqt davomida ishda qolib ketishidan, oila a’zolarining ayrimlariga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlikning qo‘llanishidan azoblanmoqdalar. Ko‘pincha, muammolarni hal eta olmagan oila a’zolari spirtli ichimliklarga yoki giyohvand moddalarga ruju qo‘yadilar, zo‘ravonlikka moyil bo‘lib qoladilar, ajrashib ketadilar. Ayrim holatlarda, bolalariga mehribon ota-ona bo‘lishlariga qaramasdan, o‘z shaxsiy bolalariga sog‘lom muhitni ta’minlash imkoniyatiga ega emaslar. Ayrim holatlarda ota-onalar o‘z bolalarini qanday ta’minlashni bilmaydilar, chunki ular bolalarning turli yoshdagi ehtiyojlarini bilmaydilar. Ko‘pchilik 130 ota-onalar jiddiy kasallik yoki inqirozli holatlarda oilaning boshqa a’zolarining ehtiyojlarini hissiy jihatdan qondirish imkoniyatiga ega emaslar. Oila o‘z a’zolarining ehtiyojlarini qanchalik yaxshi qondirishi mumkinligi, Shuningdek, oila o‘zaro munosabatlarga kiriShuvchi boshqa tizimlarga – mahalliy hamjamiyat, Shuningdek, butun jamiyatga bog‘liq. Ushbu o‘zaro munosabatlarning sifati va ketma-ketligi oilaviy farovonlikka katta ta’sir ko‘rsatadi. Oila o‘zi nima? Oila – bu murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa. Oilani a’zolari nikoh yoki qarindoshlik aloqalari, turmushning umumiyligi, hissiy aloqalar va o‘zaro ma’naviy majburiyatlari bilan bog‘langan, er-xotinlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tarixdan shakllangan muayyan tizimi sifatida ta’riflash mumkin. Oilaning turli ta’riflari mavjud. Ayrimlar uni ijtimoiy institut, deb hisoblaydilar, boshqalar esa – kichik ijtimoiy guruh. Olimlarning fikriga ko‘ra, oila har bir madaniyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy institut hisoblanadi. Oilaning umumiy ta’rifi – nikoh, kelib chiqishi umumiy bo‘lgan uy xo‘jaligi bilan bog‘langan odamlar guruhi demakdir. Jamiyatning turning biologik yashovchanligini va madaniy tajribani etkazib berishning merosiyligini ta’minlovchi birlamchi ijtimoiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila ko‘plab vazifalarni bajaradi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat: reproduktiv, birlamchi ijtimoiylashtirish, iqtisodiy, xo‘jalik-turmushga oid, hissiy, jinsiy, birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti, bo‘sh vaqt, ma’naviy muloqot. Oida bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy institut, ham kichik guruh ekanligidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oida – jamiyatning ijtimoiy instituti, shaxsiy turmushni tashkillashtirishning er-xotin ittifoqiga va qarindoshlik aloqalariga, ya’ni er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar va birga yashovchi va umumiy xo‘jalik yurituvchi boshqa qarindoshlar munosabatlariga asoslangan eng muhim shaklidir. Oila eng muhim sohalardan va ijtimoiy ishning asosiy ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Oila” Kodeksida oilaning umumiy ta’rifi mavjud emas. “Oila” tuShunchasining ta’rifini qamrab olish va oila a’zolarining mukammal ro‘yxatini belgilab qo‘yish oila a’zolari doirasini asossiz 131 ravishda kengayishi yoki ularning huquqlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Biroq “oila”, “oila a’zosi” atamalari O‘zR Oila kodeksida ko‘p qo‘llaniladi. Mazkur atamalarning O‘zbekiston Respublikasi “Oila” kodeksida tuShunilishi oilaviy huquq nazariyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Oila (huquqiy jihatdan) nikohdan, qarindoshlikdan, farzandlikka olish yoki bolalarni oila tarbiyasiga olishning boshqa shakllaridan kelib chiquvchi shaxsiy nomoddiy va mulkiy huquqlar va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasi sifatida ta’riflanadi. Mazkur ta’rifda o‘zaro birgalikda yashash va umumiy xo‘jalik yuritish faktlari e’tiborga olinmaydi. Barcha oilalar kuchli tomonlariga, Shuningdek, yashab qolishning turli usullariga ega. Oila qanchalik kuchli tomonlarga ega bo‘lmasin, biroq nisbatan kengroq muhit ta’siriga (o‘tmishda ham, bugungi kunda ham) tushib qolishi mumkin. Qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashsiz, hattoki, ayrim holatlarda oila inqiroz bilan ham kurasha olmaydi. Aslida, barcha oilalar o‘zining ichki kuchli tomonlarini mustahkamlash uchun ko‘makka muhtoj. Jamiyatni globallashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari oilaning individuallashtirishi va avtonomlashtirishining o‘sishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ajralishlar sonining ortishi, tug‘ilish darajasining pasayishi, nikohsiz tug‘ilgan bolalar sonining ko‘payishiga, yolg‘iz odamlar sonining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi ko‘plab xorijiy tadqiqotchilarni oilaning inqirozga yuz tutishi va hattoki ijtimoiy institut sifatida yo‘q bo‘lib ketishi haqida xabar berishiga sabab bo‘ldi. Biroq o‘zbekistonliklarning 86,7 foizi oilani ustun qadryat sifatida bilishadi 1 . O‘zbekistonning 9/10 aholisi oilalarda yashaydi, oilaning yangi shakllarining paydo bo‘lishi an’analarning sekin astalik bilan yo‘q bo‘lib ketmasligini ta’minlaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling