Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
5. Ijtimoiy xodimlarning bolalarga, yoshlarga va ularning oilalariga xizmat
ko‘rsatishdagi roli. Ijtimoiy xodimlar bolalar, yoshlar va ularning oilalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida ko‘p vaziyatlarda asosiy o‘rin tutadi. Aslida bu ijtimoiy ish tajribasining eng an’anaviy sohasi hisoblanadi. Avval bu 1880 yillarda tashkil etilgan “Bolalarning ijtimoiy ta’minoti” tashkilotining birinchi ko‘ngillilari bo‘lgan, so‘ngra bu vazifani 1900 yillarda kasbiy ta’lim olgan, ijtimoiy xodimning stereotip namunasi bo‘lgan ijtimoiy xodimlar amalga oshirgan. bugungi kunda ijtimoiy xodimlarning mazkur sohadagi roli nisbatan kengaydi, bakalavriat, magistratura bitiruvchilari va PhD darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bolalar, yoshlar va oilalarga xizmat ko‘rsatishda faol ishtirok etmoqdalar. Baklavr darajasidani ijtimoiy xodimlar quyidagilarda ishtirok etadilar: guruhga oid uylar va boshpana markazlarida bola parvarishi bilan Shug‘ullanuvchi xodimlar sifatida; zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar va bolalar uchun ajratilgan boshpana marakazlarida maslahatchi sifatida; yoshlar uchun ajratilgan boshpana marakazlarida maslahatchi sifatida; huquqni muhofaza qilish organlari inqirozli markazlarida; 139 davlat ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida bolalarni ijtimoiy himoya qilish va ularni parvarishlash xizmatlarida. Bolalarga, yoshlarga va oilalarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi qarashlarning boshlang‘ich darajasi odatda boshqa ishga (bevosita yordam ko‘rsatishga yoki rahbarlik lavozimlariga o‘tish) yoki ijtimoiy ishning boshqa sohalariga shtish uchun katta tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi. Ayrim davlatlar mijozlarning bu toifasi bilan ishlash uchun kamida bakalavr darajasini talab qiladilar. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish markazlarida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlarning ko‘p qismi shafqatsiz munosabat, tahqirlash holatlari yuz berganligi haqidagi xabarlarni o‘rganish bilan Shug‘ullanadilar va zarurat tug‘ilganda vaziyatni yumshatish maqsadida aralaShuvni amalga oshiradilar. Ular sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, Shuningdek, oilalarga yordam berish, oilalarning o‘z-o‘ziga yordam berish, volontyorlar dasturlarida hamjamiyatlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Foster dasturi doirasida xodimlar va farzandlikka oluvchi oilalarni tanlash bilan Shug‘ullanadilar hamda ularni tayyorlashni nazorat qiladilar. Ijtimoiy xodimlar bolalar bilan ish olib borar ekanlar, qabul qiluvchi oilani shakllantirishga imkoniyat yaratadilar. Ko‘plab bakalavriat (BSW) bitiruvchilari jamoa a’zolari sifatida namoyon bo‘lgan holda, bevosita bolalar va o‘smirlar ishlagan holda jamoaviy dasturni amalga oshirish maqsadida jamoa a’zosi sifatida namoyon bo‘ladilar va statsionar hamda psixiatrik sanitar yordam xizmatlarida bolalarga g‘amxo‘rlik qiladilar. Ushbu tajriba hissiy buzilishlarga ega bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolari bilan ish olib borish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rganish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Boshqa ijtimoiy xodimlar Amerikadagi bolalarni va potensial volontyorlarni baholovchi, ularni nazorat qiluvchi Big Brothers, Big Sisters kabi agentliklarda faoliyat olib boradilar. BSW bitiruvchilari tobora ko‘proq ularga oilalarga davlat yordamini ko‘rsatishda yordam beruvchi oilalarni saqlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga, Shuningdek, rivojlanishida ortda qolgan bolalarga, nogironlarga va ularning oilalariga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarga ijtimoiy xodimlar sifatida yollanmoqdalar. BSW darajasidagi ijtimoiy xodimlar Shuningdek, kattalar uchun 140 statsionarlar va uyushmalarga maslahatchilar sifatida yollanadilar, o‘smirlarning giyohvandlikka tobeligidan davolashda ishtirok etadilar. Maktab ijtimoiy xodimlariga bir shtatdan boshqa shtatga o‘tish davomida o‘zgaruvchi davlat attestatsiyasi talab etiladi. Ayrim shtatlarda BSW bitiruvchilari maktab ijtimoiy xodimlari sifatida yollanadilar, ayni vaqtda boshqa shtatlarda dars berish tajribasi va tayyorlov kurslari darajasi yoki magistr darajasi talab etiladi. Maktabda o‘qishni tashlagan va zo‘ravonlikka duch kelgan, o‘smirlik davridagi homiladorlikka duch kelgan bolalarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu ijtimoiy ishning tez rivojlanib borayotgan sohasi hisoblanadi. Maktab ijtimoiy xodimlari: ota-onalar va oilalarga individual maslahatlar taqdim qiladilar; ota-onalari sinov muddatida bo‘lgan, turli ichkilikbozlik va giyohvandlikdan so‘ng davolanayotgan, oilada ajralish yoki ichkilikbozlik bilan bog‘liq, o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan muammolari mavjud bo‘lgan o‘smirlar guruhlari bilan ish olib boradilar; o‘z joniga qasd qilish kabi inqirozli vaziyatlarda aralaShuvlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi; ota-onalarni o‘qitish va ota-onalar guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda yordami sifatida namoyon bo‘ladilar; tizimda ota-onalarga va ularning farzandlariga tegishli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida hamjamiyatlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning boshqa muassasalari bilan hamkorlik qiladilar. Ijtimoiy xodimlarning milliy uyushmasi ijtimoiy ish maktablarida o‘z bo‘linmalariga ega, Shuningdek, milliy darajada ikkita jurnal chop etadi. BSWning boshqa bitiruvchilari Bolalarni himoya qilish jamg‘armasi kabi oilaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki muassasalarda, davlat, federal qonunchilik muassasalarida faoliyat olib boradilar. Magistrlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, Shuningdek, bolalar, oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning turli xizmatlarida lavozimlarni egallab turadilar. 141 Ijtimoiy ish bo‘yicha nomzod ilmiy darajasiga talabgorlikda xizmatlar ko‘rsatuvchi qandaydir xizmatda amaliy ish tajribasi zarur. Agentliklar direktorlari lavozimini ko‘pincha ilmiy darajaga ega bo‘lgan professionallar egallab turadilar. Bundan tashqari, tor ixtisoslikka, klinik tajribaga ega bo‘lishni xohlagan shaxslar falsafa doktori darajasini himoya qiladilar, bu esa o‘z navbatida ularga bolalar, yoshlar va oilalar bilan tezkor terapiyani amalga oshirish imkonini beradi 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling