Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Makrotizim jamiyat madaniyatining assoiy qadriyatlari majmuini qamrab
oladi: ko‘zi ojiz bolaning jamiyatdagi taqdiri turlicha bo‘ladi, ayrim jamiyatlarda so‘qir ilohiylashtiriladi, bashorat qiluvchi sifatida qabul qilinadi, boshqa bir jamiyatlarda esa u doimiy ravishda g‘amxo‘rlikka muhtoj baxtsiz mavjudot sifatida qabul qilinadi. Makrotizimga Shuningdek, iqtisodiy va siyosiy omillar kiritiladi. Uri Bronfenbrenner (ikki xil) tomonidan ta’riflangan tizimlardan tashqari Belsky (1980) bolaning shaxsga oid xususiyatlarini qamrab oluvchi “ontogenetik tizimlar” tuShunchasini muomalaga kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu tizimni e’tiborga olmaslik bola tomonidan o‘zi tegishli bo‘lgan mikrotizimga qo‘shiladigan individual farqlar va variatsiyalar e’tiborsiz qoladi. Ekotizimli yondaShuv ijtimoiy xodimga uning faoliyatining barcha bosqichlarida alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan bolaga samarali yordam ko‘rsatishda yordam beradi. Muammoni o‘rganish bosqichida u sabablar va darajalarni aniqlash imkonini beradi. Uni hal etishni rejalashtirish Shuningdek, bola bilvosita yoki bevosita qamrab oluvchi barcha ijtimoiy kontekstlardagi manbalarni e’tiborga olgan holda kompleks tabiatga ega bo‘ladi. Shuningdek, muhim bo‘lgan masalalardan yana biri ijtimoiy ish mutaxassisi uning o‘zi ham bola ekologik tizimining bir qismi ekanligini va uning har bir harakati uning turli bosqichlarida turli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini anglay boshlaydi. Shu sababli, o‘z faoliyatining samaradorligini baholash, o‘zining kasbiy vaziflarini amalga oshirgan holda u o‘z mehnatining natijalarini nisbatan to‘g‘ri baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning nogironlarni reabilitatsiya qilish davlat dasturi yo‘nalishlaridan biri yangi turdagi idoralararo muassasalarni – reabilitatsion markazlarni yaratish va ularning samarali faoliyatini tashkillashtirishdan iborat. 157 Xorijada abilitatsion (insonning avval mavjud bo‘lmagan qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan va uning barcha imkoniyatlarini mobillashtirishga yo‘naltirilgan) va reabilitatsion (yo‘qotilganlarni qayta tiklashga yo‘naltirilgan) markazlar. Mamlakatimizda reabilitatsion markazlar faoliyatning ham birinchi, ham ikkinchi turini amalga oshiradilar. Markazlarning maqsadi imkoniyati cheklangan bolalar va kattalar, ularning oilalariga kompleks tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Aynan Shu tuzilmalarda nodavlat sektor: xususiy tijorat firmalari va nodavlat xayriya tashkilotlarining, Shuningdek, ijtimoiy uyushmalarning ahamiyati katta. Bu mazkur tashkilotlarning faoliyatida metodologik yondaShuvlarning ko‘p turliligi va ularning innovatsionligini belgilab beradi. Reabilitatsion markaz ijtimoiy xodimi bolaga abilitatsion va reabilitatsion yordamning uzluksizligini vositachilik faoliyati va uning kasalxonadan chiqqanidan so‘ng patronaj yordami orqali ta’minlashi joiz. Ijtimoiy himoya tizimida muhim omil alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’limi hisoblanadi. Bu kabi bolalarning ta’lim olishini tashkillashtirishda ikkita prinsipial yondaShuv mavjud. Birinchisi bolalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan, ixtisoslashtirilgan, odatda internat turidagi ta’lim muassasalarida ajratilgan ta’limni soddalashtirilgan dastur asosida tashkillashtirishni nazarda tutadi. Bu yondaShuvning afzallik sifatida alohida ehtiyojlari mavjud bola uchun “yumshoq”, xavfsiz muhitni yaratishni ko‘rsatish mumkin. Biroq ixtisoslashtirilgan maktabda olingan ta’lim tayyorgarligi bu kabi bolalarga kasbiy shakllanish jarayonida teng tarzda ishtirok etish imkonini bermaydi, ularning ijtimoiylashtirilishini buzilishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchi yondaShuv inklyuziv yondaShuvni yoki oddiy bolalarning alohida ehtiyojlari mavjud bolalar bilan birgalikda umumta’lim maktablarida birga o‘qitishni anglatadi. Inklyuziv ta’limning barcha ustunliklariga qaramasdan, uni joriy qilish ayrim muammolarni ham keltirib chiqaradi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda alohida ehtiyojlari mavjud bolalarga ta’lim berishning qator oraliq shakllari bilan bir qatorda birinchi va ikkinchi turlari ham mavjud. Shu munosabat bilan, inklyuziv ta’limni joriy qilish jarayoni, Shubhasiz, taraqqiy etishi, mahalliy 158 sharoitlarni batafsil o‘rganishga tayanishi, mazkur jarayonga jalb qilingan barcha manfaatdor tomonlar ehtiyojini aniqlashga tayanishi talab etiladi 1 . Ijtimoiy xodimlarning roli. Ijtimoiy xodimlar nogironligi mavjud bo‘lgan insonlar bilan ikkita asosiy yo‘nalishda muloqotga kirishadilar. Birinchidan, ular nogironlar bilan asosiy e’tibor ularni davolashga qaratilgan xizmatlarni taqdim etish muassasalarida duch keladilar. Masalan, oilaviy maslahat berish agentliklari xodimlari odatda oilalarning shaxslararo muammolarini ko‘radilar. Ushbu oilalarning bir yoki bir nechta a’zolari nogiron bo‘lishi mumkin. Nogironlik oilaviy muammolarga taalluqli bo‘lmasligi, yoki bu muhim omil bo‘lmasligi mumkin. Oxirgi holatda ijtimoiy xodim roli oilaga yordam ko‘rsatish va nogironlik tabiati va uning oqibatlarini baholashdan, so‘ngra nogironlik bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni hal etish uchun samarali staregiyani ishlab chiqishdan iborat. Ikkinchidan, ijtimoiy xodimlar nogironlarga xizmat ko‘rsatuvchi reabilitatsion markazlar, keksalar uylari, kasalxonalar, imkoniyati cheklangan odamlarga kunduzgi parvarish markazlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar (vizual nogironlik shaxslar uchun mo‘ljallangan maktablar) kabi tashkilotlarda faoliyat olib borish maqsadida jalb qilinishi mumkin. Jismoniy yoki aqliy nogironlikka ega bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, kasbiy, iqtisodiy foydalilikni qayta tiklash sifatida ta’riflanishi mumkin. Dasturlar kasbiy ta’lim, malakali professional maslahati, psixologik moslashuv, tibbiy va jismoniy qayta tiklash va ishga joylashtirishga e’tibor qaratishi lozim. Ayrim mijozlar ushbu sohalarning barchasida yordamga muhtojlar. Reabilitatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi professionallarning keng doirasi ko‘plab personallar ko‘rinishida namoyon qilingan: vrachlar, tibbiyot hamshiralari, klinik psixologlar, fiziterapevtlar, ruhShunoslar, professonal, rekreatsion, eshitish terapevtlari, professional-texnik maslahatchilar, logopedlar, ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy ta’lim o‘qituvchilari va protez yasovchilar. Ularning ko‘pchiligi mijozlarning jismoniy harakatlanishiga e’tibor qaratadi, 159 ayni vaqtda ijtimoiy xodimlar e’tibori avvalambor, ularning ijtimoiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan. Ko‘plab holatlarda jamoaviy yondaShuv qo‘llaniladi 1 . Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling