Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar va sog‘liqni saqlash hamda hayot uchun
sarf-xarajatlar. Keksalik – bu sog‘liqni saqlash sarf-xarajatlari yuqori bo‘lganligi sababli qisman ijtimoiy muammo hisoblanadi. Keksa yoshdagi kishilarning ko‘pchiligi, hech bo‘lmaganda bitta surunkali kasallikka chalingan, ko‘pchiligi esa bir nechta surunkali kasalliklar bilan yashashga majbur. Salomatlik bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan muammolar sirasiga artrit, eshitish va ko‘rish qobiliyatining pasayishi, yurak-qon tomir kasalliklari, sinusit, katarakta, qandli diabet va quloqdagi shovqin kabilar kiradi. Keksalar juda ko‘p hollarda vrachlarga murojaat qiladilar, o‘z daromadlarining katta qismini dori-darmonga va yoshlarga nisbatan ko‘proq vaqtlarini kasalxonalarda davolanishga sarflaydilar. Keksalarning tibbiy xizmatlar uchun sarf-xarajatlari yoshlarning sarf-xarajatlariga nisbatan o‘rtacha to‘rt barobar yuqori. Bu esa o‘z navbatida keksalar surunkali kasalliklar bilan ko‘proq kasallanishlari bilan bog‘liq. Albatta, keksayishning jismoniy jarayoni (fiziologik qarish) salomatlik bilan bog‘liq muammolarga o‘z hissasini qo‘shadi. Biroq bunga qaramasdan, oxirgi yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar ijtimoiy va shaxsiy ruhiy zo‘riqishlar kasalliklarning paydo bo‘lishiga katta hissa qo‘shishini ko‘rsatdi. Keksalar ruhiy zo‘riqishi bir qator vaziyatlar bilan bog‘liq: nafaqaga chiqish, yolg‘izlik, do‘stlar va oila a’zolarining o‘limi, turmush tarzidagi o‘zgarishlar, ijtimoiy maqomning yo‘qotilishi, daromadlarning kamayib ketishi, jismoniy quvvat va jismoniy qobiliyatning pasayishi. Salomatlikdagi muammolar, Shuningdek, sifatsiz parhez, noto‘g‘ri jismoniy yuklamalar, chekish va alkogol ichimliklarni haddan ortiq iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin 1 . 2.Birlashgan Millatlar 163 Tashkilotining keksalarga oid prinsiplari. Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti 1991 yil 16 dekabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan, beshta guruhga birlashtirilgan o‘n sakkizta prinsiplariga yo‘naltirilgan: 1.“Mustaqillik” prinsiplari guruhi, keksalar asosiy ne’matlarga (oziq-ovqat, suv, turar joy, kiyim-kechak, tibbiy xizmat) ijtimoiy ta’minot, oila va hamjamiyat yordami, o‘z-o‘ziga yordam berish sharoitlari orqali erishishlari mumkinligi bilan bog‘liq. 2.“Ishtirok etish” prinsiplari guruhi keksalarning jamiyat hayotiga qamrab olinishi va integratsiyasini, ularning o‘zlarining farovonligiga, keksa yoshdagi shaxslar tashkilotini yaratishga, yosh avlodlarga bilim va tajribalarni etkazib berishga oid siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi faol ishtirokini taqozo qiladi. 3.“Parvarish” prinsiplar guruhi keksalarni oila va uyushma tomonidan parvarishlash va himoya qilishni ta’minlash, kasalliklar rivojlanishining oldini olish yoki eng maqbul holatlarni qo‘llab-quvvatlash yoki qayta tiklash maqsadida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim qilishni taqozo qiladi. Prinsiplarning mazkur guruhi Shuningdek, keksalarda ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan foydalanish, har qanday ijtimoiy muassasalarda o‘z huquqlaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi zarurligini ifodalaydi. 4.“Ichki imkoniyatlarni amalga oshirish” prinsiplar guruhi keksalar o‘zlarining ichki imkoniyatlarini har tomonlama shakllantirishlari, Shuningdek, ta’lim, madaniyat, ma’naviy hayot va dam olish manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari masalalariga bag‘ishlangan. 5.“Qadr-qimmat” prinsiplari guruhi keksalar munosib va xavfsiz, jismoniy yoki psixologik zo‘ravonliklarsiz hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, yoshi, jinsi, irqiy yoki etnik tegishliligi, nogironlik, Shuningdek, ularning iqtisodiy to‘lovlaridan qat’iy nazar, barcha huquqlarga ega bo‘lishlariga tegishli. 3.Keksalarga oid ijtimoiy himoya siyosatini shakllantirish. Bu ularning hayot sharoitlarini o‘rganish, qarishning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Masalan, yordam ko‘rsatishning 164 davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan turli dasturlariga jalb qilingan keksalar muhtojlarga yordam ko‘rsatadilar, va ayni vaqtda jamiyatga moslashish mexanizmlarini o‘zlashtirgan holda o‘z muammolarini hal etadilar. Mazkur jihatdan Buyuk Britaniyadagi Age Exchange (AE) xayriya tashkilotining turli avlodlar, jumladan, bolalar, o‘smirlar, o‘rta va keksa yoshdagi odamlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatiga yo‘naltirilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi e’tiborga molik. Bu kabi faoliyat tufayli keksalar muloqot qilish va o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, o‘z iste’dodlari va tajribalari bilan almashinish, bir-birlariga jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan faoliyatda ko‘maklashish imkoniga ega bo‘ladilar. Keksalar yana qaytadan o‘z o‘rniga ega bo‘lish, o‘z tajribalarini munosib ravishda baholash, uni yosh avlodlarga etkazib berish talabini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bularning bari keksalarga qadrlanish, o‘zlarining jamiyatga zarurligiga bo‘lgan ehtiyojlarini amalga oshirish imkonini beradi. Buyuk Britaniyada pansionatlar vaqtinchalik yoki doimiy turar joy taklif qiladilar, ularning ko‘pchiligi o‘z oilalariga ega bo‘lmagan va qarindoshlari tomonidan parvarish qilinmaydigan keksalar uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda kunduzgi parvarish markazlaridan tashqari xorijiy mamlakatlarda nafaqat vaqtinchalik, balki doimiy yashash joyi taqdim qiluvchi muassasalar mavjud. Masalan, SHvetsiyada uylarida hayot kechirishni hoxlamagan shaxslarni parvarishlash va davolash bo‘yicha xizmatlar keng yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur mamlakatda keksalarga xizmat ko‘rsatish prinsiplaridan biri tanlash erkinligi, jumladan, keksalarda turar joyni tanlash huquqi hsoblanadi. Agar inson o‘z uyida yashashni hoxlasa, u yordam olishga ehtiyojmand bo‘lsa ham bu kabi huquqqa ega bo‘lishi lozim. 60-yillarning oxirlarida SHvetsiyada ilk “xizmat uylari” tashkil qilingan. “Xizmat uyi” keksalar guruhi o‘zlarining qarindoshlik darajasidan qat’iy nazar birga yashovchi kvartiralardir. Ushbu kvartiralarda yoki bevosita unga yaqin joylarda tunu-kun zaruriy yordam ko‘rsatadigan personal mavjud. Guruh bo‘lib 165 yashash ruhiy nuqsonlari, jismoniy kasalliklari, oyoq-qo‘l kasalliklari mavjud, Shuningdek, qarilikka oid aqli zaiflik holatidagi shaxslarni davolash va parvarish qilishning ochiq shakllarini rivojlantirish maqsadida vujudga kelgan. AQSHda oiladan tashqarida yashovchi keksalar va keksalar uchun oilaviy shakldagi keksalar uyi keng tarqalgan. Ular turli shaklda bo‘lishi mumkin, biroq ularning umumiy jihatlari quyidagilardan iborat: yordam o‘z uyini taqdim qiluvchi, biroq qarindoshi bo‘lmagan xususiy shaxs tomonidan amalga oshiriladi; muayyan to‘lov evaziga keksa kishiga xona qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam taqdim qilinadi; kuzatish, nazorat, vasiylik agentlikdagi professionallar tomonidan amalga oshiriladi. AQSHdagi oila ko‘rinishidagi keksalar uyi. Odatda bu kabi keksalar uyida o‘rta yoshdagi, oliy ma’lumotli ayollar faoliyat olib boradilar va ularning mazkur faoliyat bilan Shug‘ullanishlariga sabablar quyidagilardan iborat: altruizm, kimgadir g‘amxo‘rlik qilish, yolg‘izlikdan qochish. Keksalarni parvarishlash va davolashni ularning qarindoshlari, norasmiy o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiradilar. Muayyan vaziyatlarda qarindoshlarga hukumatning mahalliy organlari tomonidan badal to‘lanishi mumkin. AQSHda keksalarga yordam ko‘rsatishning ayrim dasturlari: – bepul tibbiy yordam; – uy xo‘jaligini yuritish va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishda yordam ko‘rsatish; – nafaqaga chiqqan xodimlarga uzoq muddatli parvarishni ta’minlovchi tibbiy sug‘urta; – badavlat keksalarning xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlar; – past darajadagi daromadga ega bo‘lgan keksalar uchun yig‘ishtirish, kir yuvish va oziq-ovqat kabi xizmatlar ta’minlangan kvartiralar; – oziq-ovqat talonlari: xususiy sektorda yashovchi, ko‘chib kelgan kambag‘al keksalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari uchun sarflanadigan ayrim xarajatlari xaqi qoplanadi; – ko‘plab davlatlardagi keksalarga ko‘chmas mulkka solinadigan 166 soliqlarga imtiyozlar taqdim qilinadi 1 . Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borishning mufassal g‘oyasi ularning faol va tashabbuskor odamlar bilan teng huquqli sheriklarga aylantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan keksalar bilan olib boriladigan zamonaviy ijtimoiy ishda ularga yordam ko‘rsatishning andragogik yondaShuvi 2 ommaviylashib bormoqda. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling