Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Nogironligi bor bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish. Mazkur muammoni
yanada to‘liqroq anglash uchun nogironlik tuShunchasiga Butunjahon Sog‘liqni
Saqlash Tashkiloti tomonidan qabul qilingan ta’rifga asoslangan ta’rifni beramiz.
Nogironlik tuShunchasi uchta qo‘shiluvchini qamrab oladi.
1) Impairments – etishmovchilik, ruhiy, fiziologik yoki anatomik xususiyatlar
va faoliyatlarda me’yordagi cheklovlar yoki og‘ishlar.
2) Disability – me’yoriy deb hisoblangan chegara doirasida yoki usullarda
qandaydir faoliyatni amalga oshirish qobiliyatining cheklanishi yoki yo‘qotilishi.
3) Handicap – ijtimoiy jihatdan moslasha olmaslik, jamiyat tomonidan taqdim
qilinuvchi xizmatlar va imkoniyatlarda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy qarashlar bilan
o‘zaro munosabatlar natijasida olinadigan muvaffaqiyatsiz yoki sekinlashgan
ijtimoiylashtirish.
Geteroxronlik – har qanday, hattoki eng maqbul sharoitlarda ham ta’lim va
tarbiya, barcha ruhiy faolliklar, shaxsning ruhiy vazifalari rivojlanishning bir
darajasida bo‘lmaydi. U yoki bu psixologik xususiyatlar va xislatlarni rivojlantirish
uchun eng maqbul bo‘lgan yoshga oid davrlar senzitiv deb nomlanadi.
Senzitivlikning sababi, miyaning organik etilishi qonuniyatlari va ayrim ruhiy
jarayonlar va xususiyatlar faqatgina boshqalari asosida rivojlana olishi


155
mumkinligidan iborat.
Nogironligi bor bolalar bilan ijtimoiy ish olib borishda
Uri Bronfenbrenner
(
29 aprelyada 1917 yil Moskvada tug‘ilgan, 25 sentyabrya 2005 yil , Nyu-Yorkda
vafot etgan, amerikalik psixolog, bolalar psixologi)
tomonidan ishlab chiqilgan
inson rivojlanishining ekologik nazariyasini kiritadilar. Shu nazariya nuqtai
nazaridan insonning rivojlanishi – bu faol rivojlanuvchi shaxs va uning dinamik
ravishda o‘zgaruvchi muhiti bilan o‘zaro akkomodatsiya (moslashuv) jarayoni,
shuningdek, ushbu muhit va mazkur muhit qamrab olingan keng ko‘lamli ekologik
kontekst (muhit) bilan o‘zaro munosabatlar jarayonidir.
Har bir shaxsga oid o‘zgarish nisbatan yirik ijtimoiy va madaniy tizim
doirasida o‘rganilishi mumkin. Shunday qilib, masalan, bolaning o‘qishga bo‘lgan
layoqatsizligi rivojlanishdagi organik nuqson mavjudligi nuqtai nazaridan tahlil
qilinishi mumkin bo‘lgani kabi, maktabda, maktab va bola oilasi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni o‘rganish usullarini o‘rganish nuqtai nazaridan, Shuningdek,
umuman ta’lim tizimi imkoniyatlarini o‘rganish orqali tahlil qilinishi mumkin.
Uri Bronfenbrenner ijtimoiy tizimlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi:
mikro-, mezo-, ekzo- va makrotizimlar.
Mikrotizimni rivojlanayotgan shaxsning u bevosita qamrab olingan muhit
bilan shaxslararo munosabatlari, harakatlari va rollarini hosil qiladi. Shunday qilib,
oilada mikrotizim ota-ona va bola, bola va uning aka-ukasi yoki opa-singlisi,
shuningdek boshqa oila a’zolari bilan munosabatini qamrab oladi. Maktabda –
o‘qituvchi va bola, bola va uning sinfdoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.
Mezotizim bola qamrab olingan ikki yoki undan ortiq mikrotizimlarning
o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. U oila va maktab, oila va ijtimoiy xizmatlar
agentliklari, oila va qo‘shnilar, maktab va tengdoshlar guruhining o‘zaro
munosabtalarini ifodalaydi.
Ekotizim bola bevosita qamrab olinmagan, biroq unga o‘zi qamrab olingan
mikrotizim orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan institutlar vositasida
ifoadalangan. Ekotizim quyidagi omillarni qamrab oladi: ta’lim (maxsus ta’lim
dasturlari va shakllaridan foydalanish imkoniyati, ta’lim dasturlari maqsadi,


156
darsliklar va o‘quv materiallari sifati), sog‘liqni saqlash (tibbiy xizmatlar narxi,
sifati va imkoniyatlar), ijtimoiy ta’minot (nogironlarning bolalikdan buyon oladigan
pensiyalari, onaning umuman ishlamaslik imkoniyati yoki bolani kunduzgi
parvarishlash markazlariga joylashtirish), OAV (nogironlarni jamiyat tomonidan
qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish kabi, bolaning uning oilasi tomonidan qabul
qilinishi va Shu asosga qurilgan tarbiya tizimi).

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling