Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
bilan ijtimoiy ish olib borish. Tarbiyasi og‘ir bolalar va o‘smirlar bilan ish olib
borish G‘arbiy Evropaning ko‘plab mamlakatlarida umumiy ijtimoiy ishning majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu kabi bolalarni “havf guruhi”ga, ya’ni huquqqa qarshi harakatlarni amalga oshirish ehtimoli yuqori bo‘lgan guruhga kiritadilar. Mazkur guruhga uydan, maktabdan qochgan, ota-onasining nazoratisiz qolgan, zo‘ravonlik qurboniga aylangan, alkogol ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi, fohishabozlik bilan Shug‘ullanuvchi bolalar kiradi. Xorijda ular bilan ish olib borish odatda, qator dasturlar asosida amalga oshiriladi. G‘arb mamlakatlarida va AQSHda tarbiyasi og‘ir bolalar va o‘smirlar bilan ish olib borish dasturlarining o‘ziga xos jihatlari ularning ogohlantiruvchi tabiatga ega ekanligidan iborat. Ogohlantiruvchi chora-tadbirlarga yo‘naltirilganlik bolaga inqirozli vaziyatda yordam ko‘rsatishga qadar qanchalik ko‘p vaqt o‘tsa, uning oqibatlarini bartaraf qilish Shunchalik murakkab ekanligini anglashga asoslanadi. Gollandiyada tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ijtimoiy ish olib borish dasturlari va texnologiyalari. Gollandiya G‘arbiy Evropaning rivojlangan erishgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Biroq Shunga qaramasdan, Gollandiyada turmush darajasi juda yuqori, bu erda o‘smirlar va yoshlar jinoyatchiligi, daydilik va vandalizm muammolari mavjud. Mazkur mamlakatda yoshlar orasidagi huquqbuzarliklar asosan tub aholi bo‘lmaganlar bilan bog‘liq. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va yoshlar sirasiga ko‘pincha kelib chiqishi Turkiya, Marokash, Antil orollaridan bo‘lganlar kiradi. Xulqida murakkabliklar mavjud (tarbiyasi og‘ir) bolalar va o‘smirlar bilan ijtimoiy ish olib borish bir nechta dasturlar asosida amalga oshiriladi: 178 1. Thuislozen Team (TT) loyihasi – boshpanasiz yoshlar, o‘smirlar daydiligi bilan ish olib borish. Mazkur loyiha 1992 yilda joriy qilingan. Loyihaning asosiy kontingenti – 25 yoshgacha bo‘lgan, oxirgi uch oy davomida doimiy turar joyga ega bo‘lmagan, jinoyat sodir etmagan, biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan e’tiborga olib qo‘yilgan yoshlar. Mazkur xizmat mutaxassislari boshpanasiz o‘smirlarni o‘z faoliyati tizimiga jalb qilishning zo‘ravonlikka asoslangan usullarini qo‘llamaydilar: chaqiruv qog‘ozi yo‘llash, majburan olib kelish. TT byurosiga nafaqat haqiqatan ham o‘z hayotini o‘zgartirishni xohlaganlar, yordamni qabul qilishga tayyor va bir vaqtning o‘zida o‘z hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istaganlar ham murojaat qiladi. 2. Yoorkoming Thuisloosheid (VT) loyihasi – internatlardan qochish, Shuningdek, internat xodimlari va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasida vujudga keluvchi nizoli vaziyatlarni oldini olish ish olib borish. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur loyiha bo‘yicha ish TT loyihasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki barcha daydilarning 70% internatlarning sobiq tarbiyalanuvchilari. Gollandiyada internatlarning turli ko‘rinishlari mavjud, ularning ayrimlari Rossiya internatlarini yodga soladi. Ular Shuningdek, ta’lim va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari tomonidan tashkil qilingan, ularda doimiy ravishda 100, 200 va undan ortiq tarbiyalanuvchilar yashaydilar. Ularda yashovchi bolalar oddiy shahar maktabiga qatnaydilar. Nodavlat xayriya tashkilotlari yoki alohida shaxslar tomonidan va davlat va mahalliy hukumat organlari tashabbusi bilan tashkil etilgan internetlar mavjud. Bu kabi internatlarda odatda 8 tadan 12 tagacha tarbiyalanuvchilar yashaydilar. Ular yoshlar yotoqxonasini yodga soladi. Har bir tarbiyalanuvchi o‘zining alohida xonasiga ega, bu xonani esa u o‘z ixtiyoriga ko‘ra joylashtiradi, o‘zi ta’mirlaydi va tartibga keltiradi. Mehmon kutish huquqiga ega. Tartib va intizomning kafolati o‘smirni VT loyihasidan chiqarib yuborishdan iborat, bu esa o‘z navbatida ularning har biri uchun hayotiy istiqbolni yo‘qotish hisoblanadi. Bu kabi internatda maishiy xonalar mavjud, bolalar xo‘jalik yuritishni, uncha katta miqdorda bo‘lmagan nafaqadan iborat byudjetni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganadilar, moslashtiruvchi-o‘qituvchi tabiatga ega bo‘lgan turli mashg‘ulotlar, treninglar 179 o‘tkaziladi, bo‘sh vaqtni birga o‘tkazish tadbirlai tashkillashtiriladi. 3. Halt loyihasi – mayda o‘g‘irlik yoki vandalizm (jaholat) harakatlarini sodir etgan bolalar bilan ish olib borish. Mazkur loyiha Gollandiya hududining 79% qamrab olgan. Mazkur loyihaning mohiyati Shundan iboratki, huquqbuzarlikni sodir etgan o‘smirlar moddiy yoki ma’naviy zararni shaxsiy mehnati bilan to‘laydilar. U buni rad qilishi mumkin, biroq bu holatda u mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari qo‘liga topshiriladi. Ma’lumki, Gollandiyada sudlanganlik jiddiy ijtimoiy oqibatlarga ega, chunki bu holatda oliy ta’lim muassasi va ishga joylashishda jiddiy muammolar tug‘iladi. Agar huquqbuzarlik mazkur mezonlarga mos kelsa, u holda o‘smir to‘g‘risidagi ma’lumotlar politsiyadan Halt byurosiga yuboriladi. Byuro xodimi o‘smirning ota-onasi, jabrlanuvchi va prokuratura o‘rtasida murosa yo‘lini topishga intilgan holda vositachi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlarga huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf qilishning bir nechta variantlari taklif qilinadi, shartnoma hujjatlashtiriladi va byuro uning barcha tomonlar tarafidan bajarilishini nazorat qiladi. Taklif qilingan echim tomonlarning biri tarafidan rad qilinganda huquqbuzarlikka chora ko‘rish to‘g‘risida ish boshlanadi. 4. Family First (FF) loyihasi – inqirozli vaziyatga tushib qolgan, hukumat organlari tomonidan ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilayotgan oilalar bilan ishlash. Odatda bu ona asotsial turmush tarzini kechiradigan (odatda gollandiyalik bo‘lmagan) noto‘liq oila. Mazkur oila bilan ish olib borayotgan hukumat vakillari onaga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilish haqida qaror qabul qiladilar va hujjatlarni tayyorlaydilar. 5. Home Video Training (HVT) loyihasi – uning a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilashda yordam ko‘rsatish, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatish. HVT mutaxassislariga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalarni ota-onalar maktab ma’muriyati yoki huquqni muhofaza qilish organlaridan olishlari mumkin. Ota-onalarning o‘zlari ham, o‘z tashabbuslariga ko‘ra byuroga murojaat qilishlari mumkin. Biroq har qanday holatda ham ish oilaning barcha katta yoshdagi a’zolarining ixtiyoriy roziligi asosida amalga 180 oshiriladi. O‘zaro keliShuvga ko‘ra ijtimoiy xodim oilaga videokamera bilan keladi. Kattalar va bolalar avvaldan ularning odatiy turmush tarzini buzmaslikka tayyorlanadilar. Tasvirga olish kichik parchalarni tasvirga tushirish asosida davom ettiriladi. Bunda ijtimoiy xodim oila a’zolarining e’tiborini muloqotning ijobiy jihatlariga qaratadi. Ish oila a’zolari va ob’ektiv ma’lumotlar vaziyatning ahamiyatli ravishda yaxshilanganligini namoyon qilganida tugatiladi. 6. Nieuwe Perspectieven (NP) loyihasi – shartli sudlangan o‘smirlar bilan ish olib borish. Mazkur loyihaning asosiy kontingenti – 14-25 yosh oralig‘idagi, huquqni muhofaza qilish organlari bilan muammolari mavjud bo‘lgan yoshlar. Loyiha e’tiboriga ular turli yo‘llar bilan tushib qoladilar: politsiya orqali, maktab va boshqa muassasalardan yuboriladi. Ularning aksariyati – Osiyo va Afrikadan kelganlar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oxirgi vaqtlarda gollandiyalik mutaxassislar Shuningdek, kelib chiqishi ruslarga mansub bo‘lgan yoshlar muammosidan xavotirga tushganlar. Jumladan, ular rus yoshlari odamovi, ijtimoiy xizmatlarga o‘zlari murojaat qilmasliklari va ular bilan professional ijtimoiy xodimlar emas, balki faqatgina volontyorlar muloqot olib borayotganliklarini alohida ta’kidlamoqdalar. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling