Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
3.Xulqida muammolar mavjud (tarbiyasi og‘ir bo‘lgan) bo‘lgan bolalarga
individual yondaShuv asoslari. O‘qituvchi bilan muloqot qilishda eng ko‘p qiyinchiliklarga tarbiyasi og‘ir o‘smirlar duch keladilar. Mazkur o‘smirlar shaxsini tuzatishning ayrim masalalarini ko‘rib chiqamiz. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni qayta tarbiyalashning asosiy masalasi shaxsga 184 uning yo‘naltirilganligini, zararli odatlarini o‘zgartirish maqsadida, yangi bilim, ko‘nikma, malaka, odatlarni o‘zlashtirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish tizimini yaratishdan iborat. Aniq maqsadli ta’sir ko‘rsatishning mazkur tizimini biz shartli ravishda uchta bosqichga ajratamiz: tayyorlovchi, rekonstruktiv va qo‘llab-quvvatlovchi. Birinchi, tayyorlovchi bosqichda o‘smir shaxsini, uning biografiyasini o‘rganish amalga oshiriladi; biologik “zamin”, shaxs shakllangan mikromuhitning o‘ziga xos xususiyatlari, real shaxslararo munosabatlar, referent guruhlar va shaxslar aniqlanadi. Rivojlanishdagi bolalarning ehtiyojlari o‘rganiladi; muayyan tarbiyada shakllangan munosabatlar darajasi va og‘uvchi xulq mexanizmlari aniqlanadi. Tarbiyalanuvchi to‘g‘risida axborotlar to‘plangandan so‘ng ma’lumotlar sinchkovlik bilan o‘rganiladi: intilishlar, qiziqishlar, moyilliklar, qarashlar, ideallar, fikrlar, munosabatlarning shakllangan tizimi, ustun ehtiyojlar va xulq sabablari, odatlari, Shuningdek, shaxsning qaysi ijobiy fazilatlari yo‘qolganligi va ularning qaysi birlari saqlanib qolgani, u qaysi ijtimoiy rollarni ijro qilgani va ijro qilishni hohlagani aniqlanadi. Ota-onalar imkoniyatlari, oila va atrofdagi omillar tahlil qilinganidan so‘ng, tarbiyalanuvchining hayot faoliyati istiqbollari, uning o‘z-o‘zini namoyon qilish usullari belgilab olinadi, shaxs axloqini tuzatish va uni qayta qurishning eng maqbul rejasi tuziladi, salbiy xususiyatlari ustida ishlanadi, Shuningdek, uning ijobiy xususiyatlari yangidan shakllantiriladi. Kuzatuvlar ko‘rsatishicha, intizom, o‘quv mashg‘ulotlarini tezroq amalga oshiriladi, zararli odatlar, jargon, yolg‘onchilik va boshqlar ko‘proq saqlanib qoladi, bu esa o‘z navbatida reja tuzishda e’tiborga olinadi. Boshlang‘ich bosqichdagi qiyinchiliklar qator ob’ektiv sabablar e’tiborga olinadi. Bu avvalambor, odatiy turmush tarzining sinishi, odatiy guruhdan yakkalanish, qat’iy rejim – bu salbiy hissiyotlarga, tarbiyachilarga nisbatan ishonchsizlik, bezovtalikka sabab bo‘ladi. Rasmiy psixologik muloqot hamda tobelik va qaramlik munosabatlari, ma’lumki, chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish va ayniqsa, shaxsning qarashlarini 185 o‘zgartirish uchun etarli emas. Ko‘plab o‘smirlarda, ayniqsa, jamiyatdan ajratib qo‘yish holatiga birinchi marotaba tushib qolgan o‘smirlarda ruhiy zo‘riqish holati, sarosimalik, jabrdiydalik, hamdardlik va ishontirishga nisbatan yuqori ta’sirchanlik vujudga keladi. Huquqbuzarning bu kabi inqirozi odatda psixologik-pedagogik ta’sirga sharoit yaratib beradi. Jumladan, to‘laqonli muloqot uchun hissiy qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Afsuski, huquqbuzarlarning bu davrdagi ruhiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari psixologik muloqot o‘rnatish va ularga yanada samaraliroq ta’sir ko‘rsatishda to‘liq qo‘llanilmaydi. Bu davrda psixologik muloqot o‘rnatish va tarbiyalanuvchilar guruhini shakllantirishda o‘smirlarning ijtimoiy-pedagogik ijtimoiy-pedagogik qarovsizligining psixologik o‘zaro mosligi (mos emasligi)ni aniq ajratib olish muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqich rekonstruktiv, bir necha haftadan bir necha oygacha bo‘lgan davrni egallaydi. U psixologik-pedagogik ta’sir tizimini, turli usullar va uslublar majmuini qamrab oladi: suhbatlar, ishontirish, tartibni tashkillashtirish, guruh va jamoalarni shakllantirish, rag‘batlar va jazolarni qo‘llash, majburlash. Mazkur bosqichda qayta tarbiyalashning dastlabki holati muloqotning do‘stona muhiti, o‘quv-mehnat jarayoni, bo‘sh vaqt, sport o‘yinlari, musobaqalar, to‘garaklar, zarur qarashlar, odatlarni bilvosita tarbiyalashi va zararli (masalan, sport o‘yinlari davomida jargondan foydalanish sababli jarima solish) odatlarni bartaraf qilishi, tabaqalashtirilgan hissiy munosabatlarni – mehnatga nisbatan ijobiy va axloq qoidalariga xilof harakatlar, zararli odatlarga salbiy munosabatda bo‘lish talab etiladi. Xulqni tuzatish va qayta tarbiyalashning mazkur murakkab jarayonida tarbiyalanuvchining yoshga oid xususiyatlari ham, maxsus psixterapevtik va psixofarmologik ta’sirlarni talab etuvchi turli tuman psixosomatik munosabatlarni ham, Shuningdek, o‘ziga xos usullar va uslublarni ishlab chiqish talab etiladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling