Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Uchinchi bosqich – qo‘llab-quvvatlovchi (reabilitatsiya qiluvchi). Mazkur
bosqichdagi asosiy vazifa rekonstruktiv bosqichda erishilgan barcha muhim jihatlarni mustahkamlash va shaxsning ijtimoiy-mehnatga oid ijobiy qarashlarini 186 rivojlantirishdan iborat. Muhim o‘rin retsidivlar, salbiy hissiy holatlar, asabiylik belgilarining oldini olish, salbiy jihatlarini tuzatish, nomaqbul tashqi ta’sirlarga immunitetni ishlab chiqish va maxsus maktabdan chiqqandan so‘ng hayot sharoitlariga qayta moslashishni tezlashtirishga ajratiladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashning asosiy usuli o‘z-o‘zini tartibga solish, Shuningdek, tarbiyachi bilan yozma aloqa bo‘lib qoladi. Qayta moslashtirishda tarbiyalanuvchining faoliyati kechayotgan jamoa muhim o‘rin tutadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat va jamoaviy munosabatlar retsidivlarni muvaffaqiyatli tarzda to‘sqinlik qiluvchi yagona sub’ektiv-psixologik va ijtimoiy-psixologik munosabatlarni yaratadilar. YAkunlovchi bosqichda vujudga keluvchi psixologik qiyinchiliklar qator omillar bilan bog‘liq: tarbiyalanuvchilarning odatiy nazoratdan chiqib ketishi; avvalgi nomaqbul muhitga qaytishi; atrofdagilarning sobiq huquqbuzarga nisbatan ishonchsizligi va Shubhali munosabati va boshqalar. Mana nima sababdan qayta moslashtirish jarayoni muvaffaqiyatli va uzilishlarsiz o‘tishi uchun tarbiyalanuvchida himoyaning psixologik tadbirlarini ishlab chiqish o‘ta muhim. Voyaga etmaganlar axloqini tuzatish tizimida qayta tarbiyalashning yuzlab dasturlari mavjud. Biroq, jazolovchi yondaShuv ushbu dasturlar samarasini tushirib yuborishi mumkin. Jinoyatchilarni individuallashtirilgan ravishda davolash XIX asrdan buyon ma’lum. Bu jinoyatchilarga bir marotabalik jarimalar solish tizimini himoya qilgan klassik maktabga javoban qarshi ta’sir bo‘lgan. Biroq, tarix boylar, siyosiy ta’sir doirasi keng bo‘lgan odamlar garchi aybdor deb topilsalar ham, jinoyatlarda kamroq ayblanishlari va jiddiy ayblovlar qo‘yilmaganligini ko‘rsatdi. Ijtimoiy xodimlarning samarali faoliyati, vaqtidan avval shartli ravishda ozod qilish jinoyatchining “ikki xil” rolga oid tarzda qabul qilinishiga bog‘liq bo‘lgan. Ayrimlar ularni xaqiqiy yordamchilar sifatida ifodalaganlar, ayni vaqtda boshqalar esa ularni jazolarni nazorat qilishda nufuzli shaxslar sifatida aks ettiradilar. Qamoqxona ta’limining ikkita vazifasi mavjud: (a) tarbiyalanuvchilarga maktablar bilan qiyoslanuvchi rasmiy akademik ta’lim berish va (b) mahbuslarning xulqini qayta ijtimoiylashtirish. Bunga erishish maqsadida qamoqxonalarda 187 teledasturlardan, filmlardan, elementar bilimlarni qamrab oluvchi o‘quv fanlari bo‘yicha sinf xonalarida (ayrim hollarda, hattoki kollejlarda) tashkil etiladigan ma’ruzalardan foydalanadilar 1 . Kuchli tomonlar nazariyasining ijtimoiy ish amaliyotida qo‘llanilishi. Kuchli tomonlar istiqboli bilan ishlash ijtimoiy ishdagi inson huquqlari mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan intervensiya turlaridan hisoblanadi. Bu holatda inson yoki guruhning kuchli tomonlari unga yordam berishga chog‘langan mijoz bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonida asosiy holat ekanligi ta’kidlanadi. Intervensiyaning mazkur turi tuzilmali ravishda belgilangan adolatsiz va teng bo‘lmagan muloqoti ko‘pchilik odamlar va guruhlarni zarur manbalardan cheklab qo‘ygan. Bu erda faoliyat o‘z e’tiborini inson barqarorligiga va ko‘plab to‘siqlarga qaramasdan u o‘z muammolarini hal etuvchi usullariga qaratiladi. Bu kabi yondaShuvning ishlab chiqilishi Kanzas universiteti ijtimoiy ish fakultetining ijtimoiy xodimlari, jumladan, Denni Seylibi tomonidan amalga oshirilgan. Bu kabi yondaShuvning asosiy prinsiplaridan ikkitasi quyidagi qoidalardan iborat: 1) “har bir inson, guruh, oila va uyushma o‘zining kuchli tomonlariga ega”, va 2) “har qanday atrof muhit manbalar bilan to‘la” 2 . Ehtiyojga javob berar ekanlar, ijtimoiy xodimlar mijozga yordam berishlari, o‘zlarining kuchli tomonlarini va o‘zlaridagi hamda o‘z atroflaridagi kuchli tomonlarini belgilashlari, so‘ngra mijozlarning talablariga tegishli javobni yaratish uchun qo‘llashlari zarur. Kuchli tomonlar yondaShuvini ehtiyojlarni qondirish jarayoniga qamrab olish uchun bir nechta jiddiy sabablar mavjud. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha siyosatdagi o‘zgarishlar u yoki bu xizmatlarni ko‘rsatish davomiyligi qismi bo‘yicha cheklovlarga olib keladi. Urg‘u yanada ko‘proq qisqa va aniq vaziyatlarini hal etishga yo‘naltirilgan intervensiyaga qo‘yiladi. Nimaningdir etishmovchiligini yoki buzilishini izohlovchi o‘tmishni tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan intervensiyalarni amalga oshirish nisbatan uzoq muddatni talab etadi. Kuchli tomonlar yondaShuvi kelajakka yo‘naltirilgan va u ko‘proq qisqa vaqt chegaralari uchun mos keladi. Ushbu yondaShuv mijoz va uning avvaldan mavjud 188 bo‘lgan atrof-muhitining kuchli tomonlari va o‘ziga xos xususiyatlariga quriladi. Bu endigina sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan yangi ko‘nikmalar va manbalarni egallashga umid qilishdan qulayroq. Shunday qilib, mazkur yondaShuvda o‘zgarishlar uchun nisbatan mustahkam asos ta’minlanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy xodim uchun mavjud atrof-muhitda qo‘llab-quvvatlovchi tizimni, inson va uning atrof muhitidan tashkil topgan ekotizimning yangi muvozanatini qo‘llab-quvvatlovchi tizimni qurish osonroq. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling