Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4. Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borish mohiyati. Keksalikning yuqorida
aytib o‘tilgan ayrim xususiyatlaridan kelib chiqib, keksalar bilan ijtimoiy ish olib
borishning mohiyatini aniqlashga urinib ko‘ramiz. Keksalar bilan ijtimoiy ish olib
borish turli muammolarni anglashning biopsixoijtimoiy va ekologik yondaShuvlari
asosida amalga oshiriladi. Shu sababli u muayyan insonga, uning oilasi va
atrofidagilarga hukumat va ijtimoiy ta’minot organlarida keksalarning manfaatlarini
lobbirlash orqali o‘zgartirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarda ifodalanadi.
Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borish faoliyatining mohiyati quyidagilardan
iborat:
1.Keksalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
1. Keksalar va ularning oilalariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
2. Keksalarni ijtimoiy himoya qilish siyosatini ularning hayot sharoitlarini
o‘rganish va qarishning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha dasturlarni
ishlab chiqish orqali shakllantirish.
Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borishda deontologiya muhim o‘rin tutadi. Bu
ijtimoiy xodimlarning professional burch, professional sabr, professional sirni
saqlash, mijoz qadr-qimmatini hurmat qilish, keksalar bilan faoliyat olib borganda
genderli xususiyatlarini qamrab oluvchi axloqiy me’yorlari majmui.
Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borish axloqining asosiy tarkibiy qismi
keksalik yoshini salbiy qabul qilish stereotiplarida namoyon bo‘luvchi eydjizmni
engib o‘tish hisoblanadi. Qarish jarayoniga oid salbiy fikrlar ijtimoiy xodimlar kabi,
keksalarning o‘ziga ham xos bo‘lishi mumkin. Demak, ijtimoiy xodimlar bir
tomondan keksa yoshdagi kishilarga notavon, hayotning salbiy hodisalari qurbonlari
sifatida munosabatda bo‘lishdan xalos bo‘lishlari, boshqa tomondan esa ijtimoiy
xodimlar keksalarda o‘z hayoti uchun mas’uliyatni oshirish, ularning faol hayotga


167
rag‘batlantirishga intilishlari zarur
1
.
Ijtimoiy xodimlar – keksalarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab agentlik
shtatlarining ahamiyatli qismi hisoblanadi. Ayrim davlatlar, masalan, bugungi
kunda har bir xususiy dam olish va davolanish maskani ijtimoiy xodim yollashni
talab qiladi.
Keksalarga mo‘ljallangan ijtimoiy xizmatlar keksa insonga yana qayta
jamiyatga kirish imkonini beradi. Xizmatlar taqdim qiluvchi ijtimoiy xodimlar
keksalar boshqalarning harakatlari (harakatsizliklari) tufayli xavfda qoladilarmi
yoki yo‘qmi, Shuni baholaydilar. Xavfli vaziyatlar jismoniy zo‘ravonlikni, moddiy
(moliyaviy) suiste’mol qilish, psixologik suiste’mol qilish va befarqlikni
(dori-darmonlar yoki oziq-ovqat mahsulotlarini bermaslik, asosiy (elementar)
g‘amxo‘rlik va xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati mavjud emasligi) qamrab oladi.
Agar suiste’mol qilish yoki befarqlik aniqlanganda ijtimoiy xodimlar yomon
munosabatni to‘xtatish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishlari va nazorat
qilishlari lozim.
O‘zbekiston uchun an’anaviy jihatdan yoshi ulug‘larga hurmat bilan
munosabatda bo‘lish, ularning fikr va istaklariga e’tiborli bo‘lish xos. “Ijtimoiy
fikr” jamoat fikrini o‘rganish markaz tomonidan amalga oshirilgan “Oila va
ma’naviyat” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot katta avlodning bolalar tarbiyasidagi
ahamiyatli o‘rnini aniqladi (19,1%)
2
, ya’ni katta avlod tomonidan to‘plangan tajriba
bugungi kunda dolzarb va yuqori talabga ega. Bobolar va buvilar nafaqat tarbiyaviy,
balki an’analarga sadoqatli kishilar sifatida namoyon bo‘ladi. YAngi avlodga
urf-odat va an’analarni katta avlod vakillari yoshlarga singdiradilar, Shu sababli
ma’naviy-axloqiy yutuqlar avlodlar hayotida barqaror saqlanib qoladi. Bunda
yoshlar va katta avlod vakillari bolalari tomonidan kattalarga hurmat, kichiklarga
g‘amxo‘rlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, jamiyatda o‘zini tutish kabi qadriyatlarni
bir xil baholaydilar.
Shunday qilib, so‘rovnoma Shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy O‘zbekiston
oilasining qadriyatga oid qarashlari avlodlararo merosiylikka bo‘ysunadi va ijtimoiy
tafakkurda quyidagi ketma-ketlikda ustunlikka ega bo‘ladi: kattalarga hurmat,


168
kamtarlik va mehnatsevarlik, o‘zini jamiyatda munosib tutish, kichiklar va
benavolarga g‘amxo‘rlik qilish.
Shu bilan birga, ayrim odamlarning keksa yoshdagi kishilar bilan muloqot
qilishiga ayrim stereotiplar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Keksalarga oid ijtimoiy
stereotip ijobiy tomonlar – ezgulik, ulkan tajribaning mavjudligi, donishmandlik,
g‘amxo‘rlik bo‘lsa, salbiy jihatlari – konservatizm, yoshlarga nisbatan tanqidiy
munosabat, ezmalik, kabilardir.
Stereotiplar ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish
muassasalari xodimlari kabi, eng qari odamlarga ham xos bo‘lishi mumkin
1
.
Keksa yoshdagi shaxslarga nisbatan stereotipga oid qarashlarga quyidagi fikr
misol bo‘lishi mumkin: “Keksalar notavon”. Biroq, keksalar favqulodda
vaziyatlarda, ayniqsa, zaif ekanliklari, ular umuman notavon ekanliklarini
anglatmaydi. Shunday qilib, 2011 yilda YAponiyada sodir bo‘lgan zilzila va
sunamidan
so‘ng
keksalar
va
pensionerlar
ridioaktiv
zaharlanishdan
qo‘rqmasliklarini ta’kidlagan holda yadroviy falokat sodir bo‘lgan erlarda
ko‘ngillilar sifatida o‘z xizmatlarini taklif qildilar.
Ikkinchi stereotip sifatida quyidagi tarzda ifodalanuvchi fikrni ko‘rsatish
mumkin: “Keksalar oxir-oqibat aqli zaifga aylanadilar”. Haqiqatan ham 60 yoshdan
oshgan odamlarda demensiya alomatlarining rivojlanish xavfi ortib boradi, biroq
demensiyaning ehtimoliy jihatlari, masalan, oddiy vazifalarni bajarishdagi
ishonchsizlik, gaplarni tugatishdagi qiyinchiliklar va oy yoki yil faslini to‘g‘ri aytib
berolmaslik har doim ham keksayishning me’yoriy alomatlari hisoblanmaydi.
Shunday qilib, keksalarning ko‘p qismi o‘z moliyaviy ishlarini va kundalik hayotini
mustaqil yuritish imkoniyatiga egalar.
YAna bir keng tarqalgan stereotip quyidagi fikr bilan ifodalandi:
“Keksalarning “yaroqlilik muddati” tugadi”. Garchi keksa yoshdagi xodimlar
yoshlarga nisabatan kamroq samarali ekanliklariga qaramasdan, tadqiqotlar yosh
ortgani sayin ma’lumotlarni anglash va e’tiborli bo‘lish imkoniyatlarining pasayib
ketishini ko‘rsatsa-da, ko‘plab odamlar aqliy qobiliyatlarini va qarilikda ham
o‘rganish qobiliyatini saqlab qoladilar.


169
Sotsiologik so‘rovnomalar ko‘rsatishicha, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan
respondentlarning
ko‘pchiligi
hayotdan
qoniqadilar.
Biroq
odamlar
muvaffaqiyatning eng quyi darajasini va yomon salomatlik haqidagi fikrlarni
bog‘laydilar. Haqiqatan ham, salomatlikning yomonlashishi katta yoshli kishilarga
xos. Biroq, ko‘p holatlarda ishonchsizlik qarilikning umumiy salbiy stereotipi bilan
bog‘liq. Eydjizmning har qanday ko‘rinishlarining ommaviy tafakkurdagi kabi
professionallar orasida ham engib o‘tish lozim.
Ijtimoiy ish ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va keksalarni ta’minlash organlari
orqali amalga oshirilishi mumkin.
Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borish uning professional-axloqiy mohiyati va
unga xos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlardan, ular o‘zlarining ijtimoiy va shaxsiy
faoliyatlari jarayonida duch keluvchi ijtimoiy muammolardan kelib chiqqan holda
qurilishi lozim.
Keksa yoshdagi shaxslar bilan ijtimoiy ish olib borishning mohiyati ijtimoiy
reabilitatsiyadan – katta yoshli inson uchun odatiy turmush tarzini qayta tiklash
yoki yangisini shakllantirish, mazkur yoshdagi insonning ijtimoiy yakkalanishini
engib o‘tish, uning o‘z-o‘ziga beradigan bahosini oshirish, imkoniyatlarini kerakli
darajada qo‘llab-quvvatlash va ijodiy imkoniyatini amalga oshirish uchun maqbul
muhitni yaratishdan iborat.
Keksalar bilan ijtimoiy ish olib borishning ustuvor yo‘nalishi katta yoshdagi
kishilar uchun hayotiy muhitni tashkillashtirish, mazkur muhit bilan o‘zaro
munosabatlarga kirishish usullarini tanlash, ular bilan faoliyat olib borishning turli
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishdir.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling