Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4. Rivojlanayotgan nogironlik nisbatan yangi atama bo‘lib, ko‘p odamlar uni
xato ravishda kognitiv nogironlikning sinonimlari, deb hisoblaydilar. Biroq Shunga
qaramasdan, bu nafaqat kognitiv buzilishlarni, balki 22 yoshga qadar sodir
bo‘luvchi va rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi qator boshqa sharoitlarni ham qamrab
oluvchi keng ko‘lamli atama hisoblanadi. Mazkur shartlar bolalar autizmini,
serebral falajlikni, ayrim holatlarda esa disleksiya (o‘rgatish)ni qamrab oladi.
Rivojlanuvchi nogironlik yigirma ikki yoshga qadar namoyon bo‘luvchi ruhiy
yoki jismoniy buzilishlarni yoki ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar
majmui bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir nogironlikni anglatadi. U o‘z-o‘zini parvarish


153
qilish, ta’lim olish, mustaqil hayotga moslashish kasbi sohalarda ahamiyatli
darajadagi cheklovlarga olib keladi va insonning ko‘pincha butun hayoti davomida
ko‘plab xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi
1
.
Rivojlanuvchi nogironlik bilan bog‘liq bo‘lgan omillar.

Homila rivojlanishidagi irsiy omillar: nogironlikning bu kabi shakllarining
kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi modda almashinuvining buzilishi, miyadagi
nuqsonlar yoki xromosomadagi me’yoriy bo‘lmagan holatlar, xuddi Teya-Saks
kasalligi va Daun sindromi kabi. Aqliy zaiflikning asosiy sabablari X sindrom
nuqsonlari, genetik kasalliklar.

Perinatal ominlar: algokog, giyohvandlik, nurlanish, qizilcha, zaxm, OITS
kabi kasalliklar yoki atrof muhitni ifloslantiruvchilar ta’siri, ayolning homiladorlik
davrida to‘yib ovqatlanmasligi, tug‘ruqdan avval tegishli ravishda parvarish
qilinmasligi nogironlikka olib kelishi mumkin.
Perinatal omillarga Shuningdek, vaqtidan avvalgi tug‘uruq ham kiradi,
tug‘uruq vaqtida gerpes kabi yuqumli infeksiyalarning yuqib qolishi rivojlanuvchi
nogironlikka olib kelishi mumkin.

Tug‘uruqdan keyingi omillar: tug‘uruqdan keyingi meningit kabi
infeksiyalar, baxtsiz hodisa yoki bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish
natijasida olingan jarohatlar, kasallik davrida kislorodning yo‘qligi yoki baxtsiz
hodisa, oziqlantiruvchi moddalar etishmasligi rivojlanishdagi nuqsaonlarga sabab
bo‘lishi mumkin.

Qo‘rg‘oshindan zaharlanish kabi ekologik omillar, ota-onalarning jiddiy
hissiy muammolari yoki ota-onalar deprivatsiyasi ham Shuningdek, bola
rivojlanishidagi buzilishlarni tezlashtirish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ekologik
omillarga kiradi.
Autizm bola rivojlanishidagi eng sirli, jumboqli nuqson hisoblanadi. Bugungi
kunda bu nuqsonning sabablari ma’lum emas. Autizmning eng ahamiyatli belgisi,
bolaning boshqalar ta’siriga javob berish qobiliyati bola hayotining dastlabki o‘ttiz
oyi davomida rivojlanmasligida namoyon bo‘ladi. Hayotining hattoki Shu kabi ilk
davrida ham kommunikativ ko‘nikmalarning buzilganligi, xuddi bolalarning ularni


154
o‘rab turgan muhitga bo‘lgan g‘alati munosabati kabi etarli darajada aniq. Ular
qiziqish va odamlarga javob qaytarishda etishmovchilikni namoyon qiladilar, ular
me’yoriy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Go‘daklikda
ushbu
jihatlar
ularning
quchoqlasha
olmasligida,
birovning
ko‘ziga
qaramasliklarida yoki jismoniy yaqinlik va bog‘lanib qolishdan jirkanish kabilarda
namoyon bo‘ladi.
Autizm alomatlari uch yoshgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi.
Autizmning bir nechta turlari mavjud. Mazkur kasallikning eng keng tarqalgan turi
Asperger nuqsonidir. Bunday nuqsoni mavjud bolalar odatda me’yoriy va hattoki
juda yuqori verbal intellektga ega bo‘ladilar, maktab topshiriqlarini yaxshi
bajaradilar, cheklangan, aniq belgilangan qiziqishlarga ega; takrorlanuvchi nutq va
xulqqa ega; ijtimoiy va hissiy belgilarni qiyinchilik bilan anglaydilar
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling