Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Oilaviy
terapiya
oilaviy
o‘zaro
munosabatlarni
uyg‘unlashtirishga
yo‘naltirilgan psixoterapevtik metodikalar kompleksi hisoblanadi. Oilaviy
terapiyaning vazifasi oilani jipslashtirish, uning a’zolarida oilaning boshqa
a’zolarining ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat.
Oilaviy terapiya madaniy-mohiyatga oid muhitda kompromisni topishni
qamrab oladi. To‘planib qolgan ijtimoiy-psixologik stereotiplarni tuzatish, nizoga
kirishmaydigan ko‘nikmalarga o‘rgatish. Bu kabi faoliyat individual suhbatlar va
intervyular, guruhga oid yoki o‘yinga oid terapiya yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar va oilalar bilan ijtimoiy ish olib borish (Casework).
Ijtimoiy xodimning intilishlari alohida shaxslar yoki oilalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ish olib borishga yo‘naltirilgan, mazkur jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarayon, deb


134
nomlanadi. Mazkur usul odamlarga va oilalarga yordam berishga, ijtimoiy faoliyat
olib borishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy yoki boshqa
muammolarni hal etishni identifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan. Ko‘p holatlarda
muammolar ijtimoiy nomaqbullik, hissiy va shaxslararo nizolar, ijtimoiy
zo‘riqishlar yoki manbalar bilan to‘liq tanishmaslik bilan bog‘liq. Mazkur sohada
faoliyat olib borayotgan amaliyotchi mutaxassislar muammoni yaxshilash uchun
aralaShuv strategiyasini qo‘llaydilar. Bu kabi bevosita tajriba ko‘pincha terapevtik
amaliyot hisoblanadi.
Ma’lumotning asosiy manbasi, poydevori genogramma – qarindoshlik
aloqalariga ega bo‘lgan, hayotdagi qayd qilingan asosiy hodisalarga asoslangan
oilaviy karta hisoblanadi. So‘rovnoma o‘tkazish metodikasi oilaviy madaniyatni
takomillashtirish, har bir individning o‘zini va atrofidagi dunyoni anglash
ko‘nikmasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy xodimlar oilaviy afsonalar, rivoyatlar,
marosimlar, ayrim ramziy harakatlarni tadqiq qilish bilan Shug‘ullanadilar. Mazkur
oilada ustuvor hisoblangan fikrlar va e’tiqodlar namunasi, faqatgina mazkur uruqqa
juda yaqin bo‘lgan odamlargina tuShuna oladigan alohida muloqot tili o‘rganiladi.
Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan ijtimoiy xodim uchun eng muhim jihat har
bir oiladagi hayotiy qarashlar, qadriyatlar tizimi, deyarli bir-biridan farq qiluvchi,
ayrim hollarda bir-biriga zid bo‘lgan qadriyatlar tizimini bilish hisoblanadi.
Bu holatda o‘tmish, bugungi kun va kelajak mantiqqa zid ravishda, ajoyib
tarzda aralashib ketadi.
Oilaviy urug‘lar bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy xodimlar alohida kontekstda u
yoki bu yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadilar. Oilada u yoki bu ekstremal vaziyat bilan
bog‘liq ravishda tug‘iladigan munosabatlar o‘rganiladi. Oila bilan ijtimoiy ish olib
borish amaliyotining asosiy maqsadi keskin o‘zgarishlar bilan bog‘liq, biroq bu
holatda o‘tmishdagi rivojlanishning barcha boyliklari saqlab qolinadi.
Ijtimoiy xodimning oila bilan olib boradigan faoliyatining muhim
yo‘nalishlariga quyidagi yo‘nalishlar kiradi:
1.
Er-xotin juftliklari bilan shaxsiy, norasmiy muloqot;
2.
Oilalar, odamlar guruhlari bilan ularga o‘z oilalarining genealogiyasining


135
haqiqiy ekspertlariga, tadqiqotchilariga aylanishlari uchun yordam berishga
yo‘naltirilgan holda ish olib borish.
Ushbu oilaviy urug‘larning vakillari o‘z ijtimoiy tuzilmasining afsonalari,
rivoyatlari, sirlarini o‘rganadilar, tarixiy jihatdan buzilishlarning yo‘l qo‘yilishining
oldini olishga harakat qiladilar.
Ijtimoiy xodim mijozlarga xulqning turli modellarini o‘rganish imkoniyatini
yaratib beradi; oila a’zolari bilan munosabatlarning ijobiy tomonga o‘zagarishiga
imkoniyat yaratuvchi turli strategiyalarni taklif qiladi. Ma’naviy, ijobiy
tashabbuslarni qo‘lla-quvvatlaydi, o‘z ijtimoiy tadqiqotlari va eksperimentlarining
natijalarini kuzatib boradi. Ijtimoiy xodim keskin, jiddiy, ekstremal vaziyatlarni
tuShunishga, uning aslini, tub mohiyatini ko‘rishga, asosiy ishtirokchilarining
xulqiga sabab bo‘lgan narsalarni aniqlashga, avvalgi hayotining real oilaviy
dramaning asosiy ishtirokchilarining fikrlarining shakllanishiga ta’sirini anglashga
intiladi.
Mijozning ma’naviy, professional ehtiyojlari va ijtimoiy hayotdagi tajribasini
qayd qilishni taqozo qiluvchi o‘ta zarur jihatlarni tanlab olish zarur. Ayni vaqtda
ijtimoiy xodimning o‘zining hayotiy tajribasi va nazariy bazasi ham muhim
ahamiyatga ega. Oilaning boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan o‘zaro munosabati
natijasida to‘plangan (ijobiy yoki salbiy) tajribasini ham e’tibordan chetda
qoldirmaslik lozim. Oila tuzilmasini chuqur e’tibor, sinchkovlik bilan o‘rganish va
ko‘plab boshqa jihatlar ham Shular jumlasiga kiradi.
Ayni vaqtda agar oila noto‘g‘ri tashkillashtirilgan bo‘lsa, undagi o‘zgarishlar
ham dolzarb masala hisolanadi; oila va atrofdagi dunyo o‘rtasida, oila a’zolari
o‘rtasida, turli avlodlar vakillari o‘rtasida, erkak va ayol jinsiga mansub shaxslar
o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri chegaralar paydo bo‘ladi.
Oiladagi o‘zgarishlar ieraraxiyaning (o‘tib ketganlar, ayni vaqtda yashayotganlar va
kelajak avlod o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarning uzilishi) parchalanishi kuzatilganda
ham dolzarb bo‘lib qoladi, xato uchburchak yuzaga keladi, ya’ni, er-xotinlik
munosabatlarining inqirozga uchraganini his qilgan holda o‘z mehrini bolaga
berishga urinadi.


136
Yuqori professional darajasiga ega bo‘lgan ijtimoiy xodim o‘z sezgirligi va
individual yondashuvidan foydalangan holda oilada alohida muhitni yaratishga
intiladi.
Yuqori madaniyatli jamiyat bolalarning ijtimoiy maqomi, milliy tegishliligi,
diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, ularning farovonligini ta’minlanishidan manfaatdor.
Buning natijasida esa oilaning to‘liqligini saqlab qolishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
O‘zbekistonda oilani ijtimoiy himoya qilish tizimi asosiy tomonlari
me’yoriy-huquqiy baza, davlat hokimiyat organlari, ularning ijtimoiy himoyasini
amalga oshiruvchi va bevosita mazkur tizim orqali taqdim qilinadigan xizmatlarni
amalga oshiruvchi tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan barcha fuqarolarni
qamrab oluvchi tizimni aks ettiradi.
O‘zbekistonda ijtimoiy yordam va xizmatlar yirik dasturlar doirasida – ko‘p
bolali va kam ta’minlangan oilalarga taqdim qilinadi. Ijtimoiy yordamning
manzilliligini oshirish va
ma’muriy xarajatlarni kamaytirish
maqsadida
O‘zbekistonda 1994 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish
bo‘yicha, 1997 yildan boshlab esa ko‘p bolali oilalarga yordam ko‘rsatish dasturiga
ko‘ra byudjetdan ajratilgan mablag‘lar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi –
mahalla tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur tizim davlat tomonidan
ko‘rsatilayotgan yordamning turi kabi uning hajmini belgilashga ham nisbatan
ob’ektiv yondashishni taqozo qiladi.
Jamoada ijtimoiy ish bir hududda yashovchi va umumiy muammolari mavjud
bo‘lgan individuumlarga, guruhlarga, jamoalarga professional yordam ko‘rsatishni
nazarda tutadi. Asosiy usullari: ijtimoiy tashxis qo‘yish; ijtimoiy prognozlash;
makroijtimoiy muhitni ijtimoiy rejalashtirish; hududiy boshqaruv tizimini
rivojlantirish; mahalladagi xayriya aksiyalari; amaliy ish olib borish
1
.
O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi zamonaviy boshqaruv
texnologiyalarining ko‘plab mumlakatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining
e’tiborini jalb qiluvchi xalq mentalitetiga moslashtirishning muvaffaqiyatli
tajribasini aks ettiradi. Manzillilik – uning asosiy mohiyati Shundan ioratki, davlat


137
himoyasiga faqatgina aholining haqiqatan ham muhtoj qatlamlari tushishi lozim.
Imkoniyat – ijtimoiy xizmatlarning potensial iste’molchilarining qancha miqdori
mazkur xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Samaradorlik tizimning ichki
xususiyatlari kabi (imkoniyat va manbalarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar), tizim
faoliyat olib borayotgan sharoitlar bilan ham belgilanadi. Shu sababli umuman
samaradorlik haqida emas, balki tizimning muayyan vaziyatlarda va vaqt davomida
muayyan vaziflarni bajarishidagi faoliyatining samaradorligi haqida gapirish
maqsadga muvofiq
1
.
Davlatning oilalar haqidagi g‘amxo‘rligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– mamlakat aholisining hayot ta’minoti uchun maqbul sharoitlarni yaratish:
turar joy, tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, maishiy xizmatlar, madaniyat, dam olish
va xavfsizlikni ta’minlash;
– mamlakat aholisining pensiyalari, nafaqalari, alimetlari, stipendiyalari va
boshqa to‘lovlari mamlakat qonunchiligi tomonidan belgilanadigan va davlat
tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan muayyan toifalarining (nogironlar,
etimlar, o‘quvchilar, keksalar, vaqtincha ishga layoqatsiz shaxslar, to‘liq bo‘lmagan
oilalar va boshq.) ijtimoiy himoyasi;
– ijtimoiy yordam xizmatiga ixtiyoriy ravishda yordam so‘rab murojaat
qilgan barchaga va bu kabi yordamga muhtoj, biroq ayrim sabablarga ko‘ra o‘zi
mustaqil ravishda yordam so‘rab murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
shaxslarga (bolalar, o‘zlari mustaqil harakat qila olmaydigan bemorlar va h.k.)
individual ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Bu erda ijtimoiy yordam odamlarga ularning
shaxsiy hayotiy muammolari va qiyinchiliklarni (qiyin vaziyatlarni) avvalambor
ularda intilish va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali
engib o‘tishda yordam ko‘rsatish va imkoniyat yaratish sifatida tuShuniladi.
Yoshlarning oilaviy siyosatini yanada takomillashtirish yosh oilani
shakllanish bosqichlarida qo‘llab-quvvatlovchi va ularning tezkor sur’atlarda
rivojlanish bosqichiga o‘tishi uchun zarur sharoitlarni yaratib beruvchi
chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Yosh oilalar bilan ish olib borish va ulardagi mavjud muammolarni hal


138
etishda, O‘zbekistonda yangi bo‘lgan, biroq oxirgi yillarda jadal rivojlanib
borayotgan kasbiy faoliyat – ijtimoiy ish muhim o‘rin tutadi
1
.
Oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari orasida
mamlakatimiz olimlari bola huquq va manfaatlari ekanligini alohida ta’kidlaydilar;
oiladagi vaziyatni ijtimoiy xizmatlar tomonidan malakali va ob’ektiv baholash;
bolalar ustidan zo‘ravonlik qilish holatlari kuztilmaganda ijtimoiy xodimlar
tomonidan maxfiylikka amal qilish; oiladagi nomaqbul omillarni qayd qilish va
boshqalar
2
.
Ijtimoiy xizmatlar vazifalariga ijtimoiy himoya, kunduzgi parvarish, uy
xo‘jaligini yuritish, oilaviy hayotga tayyorlash, bolalar tarbiyasi, oilaviy terapiya
bilan Shug‘ullanish, nizolarni hal etish, oilaga parchalanib ketmaslikda yordam
berish kabilar kiradi, bu esa o‘z navbatida yosh oila hayotining dastlabki bosqichida
muhim ahamiyatga ega.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling