Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
3. O‘ziga xos ijtimoiy va shaxsga oid ehtiyojlari hamda muammolari mavjud
bo‘lgan bolalar, bu davlat va jamiyat yordamiga muhtoj bo‘lgan bolalarning yana bir ko‘p sonli toifasi. Ushbu ijtimoiy toifani qator sabablarga imkoniyatlari va ehtiyojlari jamiyatdagi ko‘pchilik bolalarning o‘xshash xususiyatlaridan faqr qiluvchi bolalar tashkil etadi. Ushbu ehtiyojlarning o‘ziga xosligi bolaning jismoniy va intellektual (nogiron bola yoki yuqori intellektual xislatlarga ega bo‘lgan bola) rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, bola hayot faoliyatining ijtimoiy tabiiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlari (Uzoq SHimol sharoitida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida hayot kechirayotgan bolalar), ular jalb qilinayotgan ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari (qochoq bolalar) bilan belgilanadi. 4. Qurolli nizolar hududlaridagi bolalar. Millionlab bolalar hayotining har kunini urush sharoitida yashamoqdalar. Ko‘plar uchun – bu hayotning ular bilgan yagona turi hisoblanadi. Boshqalari qochishga majbur va oxir-oqibat qochqinlar yoki ko‘pincha o‘z oilasidan ajralgan ko‘chmanchilar sifatida hayot kechirishga mahkumdirlar. 5. OITSga chalingan yoki oila a’zosi bo‘lgan, OITSga chalingan kattalar orasida yashovchi bolalar xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrumdirlar. Butun dunyo bo‘ylab taxminan 15 million bolalar ota-onalaridan birini yoki har ikkalasini OITS tufayli yo‘qotgan. Millionlab bolalar himoyasiz qolgan, chunki 122 kasallik salomatlik va oilaning rivojlanishi, Shuningdek, jamiyat, millatning sog‘lom avlodlarini tarbiyalash yo‘lida ulkan muammoga aylangan. Uzoq muddatga cho‘zilgan kasallik va oxir-oqibat ota-onalarini o‘limi ko‘pincha o‘z zimmalariga kattalarni davolatish, parvarishlash va qo‘llab-quvvatlashni olgan bolalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. YAshab qolishga muvaffaq bo‘lgan aka-uka va opa-singillar ko‘pincha o‘z uyushmalari va jamiyatda kamsitish va tahqirlanishga duch keladilar, zo‘ravonlik, shafqatsiz munosabat va ekspluatatsiyani qurboniga aylanadilar. Bolalar oldida turgan boshqa xavflar orasida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: ularga hech qanday huquq bermaydigan dala, ishlab chiqarish, fohishaxona va boshqa Shu kabi xavfli va salomatlik uchun zararli bo‘lgan muhitlarda majburiy ishlash, bola savdosi ham mavjud. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 100 millionlab bolalar ko‘chada yashaydilar va ishlaydilar: tilanchilik; mevalar, tamaki mahsulotlari, breloklarning chakana savdosi bilan Shug‘ullanadilar; oyoq-kiyim tozalaydilar, mayda o‘g‘irlik yoki fohishalik bilan Shug‘ullanadilar. Ularning ko‘pchiligi ota-onalari tomonidan tashlab ketilgan, etimlar yoki uydan qochib ketgan bolalardir. Ularning ko‘pchiligi giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan. Ko‘cha bolalari ko‘pincha biznesning mahalliy egalari pul to‘laydigan kampaniyalarning “ijtimoiy tozalash” qurbonlariga aylanadilar 1 . Bolalar muhitida himoya kabi, bolaning zaifligini taqozo qiluvchi salbiy omillar ham mavjud. Qarorlarni qabul qilishda amaliyotchilar eng muhim omillar nimalardan iborat ekanligini anglash maqsadida ma’lumotlarni batafsil o‘rganishlari va barcha ta’sirlarni solishtirib ko‘rishlari lozim. Turli omillarning o‘zaro munosabatlarini kuzatish davomida ularning ta’siri salbiy yoki ijobiy ekanligi haqida xulosa qilish mumkin. Bolaning ehtiyojlarini baholagandan so‘ng, bolaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirish lozimligiga e’tibor qaratish lozim – ushbu yordam har doim bolaning mavjud muammolarini hal etishga mos bo‘lishi lozim. Bu kabi tahlil bola, oila bilan bolaning individual rejasiga kiritilishi zarur bo‘lgan masalalarni muhokama qilishga asos yaratadi. U tadbirlar va ularni bajarilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni qamrab oladi. 123 Kichik muvaffaqiyatlarga erishish – ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi, bu erishib bo‘lmas yuqori maqsadlarni qo‘yishdan yaxshiroq. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling