Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun asosiy vazifalar bolalarga
g‘amxo‘rlik qiluvchi (ota-onalar yoki vasiylar) shaxslar bilan yaqin munosabatlar mavjudligi kontekstida belgilanadi. Ular ta’minlovchi munosabatlar va xavfsizlik bolaga rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarga erishish qobiliyatini taqdim qiladi. Mazkur munosabatlarning buzilishi bolaning o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biologiya va ijtimoiy ta’sir bolalikdagi rivojlanishning ko‘plab jihatlarini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Rivojlanishning hech bir bosqichi o‘smirlik davridagi kabi boshqarishni talab etmaydi, chunki aynan Shu davrda yosh bolalarda mutlaqo barcha narsalar o‘zgarishni boshlaydi. Ularning tanalari, hissiyotlari va ruhiy kechinmalari, oiladagi va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlari tez sur’atlarda o‘zgarib boradi – barcha narsalar o‘zgaradi va yangi ma’no kasb etadi. O‘smirning dunyo haqidagi tasavvurlari ham o‘zgaradi. Bolaning rivojlanish davridagi ehtiyojlarini baholash quyidagi mezonlarga 118 asoslanadi: Salomatlik. O‘sish va rivojlanish, jismoniy va aqliy holat, zarur tibbiy xizmatlardan fodalana olish, to‘laqonli ovqatlanish, jismoniy mashqlar, vaksinatsiya, o‘sishi davomida tekshiruvlardan o‘tish, okulist va dantist tekshiruvlaridan o‘tish. Katta yoshdagi bolalar uchun salomatlikka ta’sir ko‘rsatuvchi, jumladan, jinsiy ta’lim va turli moddalarni suiste’mol qilish masalalari bo‘yicha maslahat va ma’lumot berish talab etiladi. Ta’lim olish. Bolaning tug‘ilganidan boshlab aqliy rivojlanishining barcha sohalarini qamrab oladi. Boshqa bolalar bilan o‘ynash va muloqot qilish, kitoblar bilan ta’minlash, qator ko‘nikma va bilimlarni egallash, muvaffaqiyat va yutuq hissiyotlarini his qilish kabilarni taqozo qiladi. Hissiy rivojlanish va xulqiy rivojlanish. Bola dastavval ota-onasi yoki eng yaqin bo‘lgan kattalar oldida, so‘ngra, bolaning o‘sishi davomida oila tarkibiga kirmaydigan, begona odamlarning oldida o‘zining hissiyotlari va harakatlarini to‘g‘ri namoyon qila olishini o‘rganadi. Identifikatsiya (o‘xshatish). Bolada rivojlanib borayotgan, alohida va o‘z qadriga ega bo‘lgan inson sifatidagi shaxsiy individuallik hissiyotini o‘rganadi. Quyidagilarni qamrab oladi: bolaning o‘z-o‘ziga va qobiliyatlariga bo‘lgan munosabati. Bular sirasiga Shuningdek, irqiy, diniy tegishlilikni, yosh, jinsiy ehtiyojlarni, cheklangan imkoniyatlarni ham kiritish mumkin. Oilaga tegishlilik hissi, tengdoshlar guruhi va umuman boshqa madaniy guruhlarni ham qamrab olgan holda jamiyatga qabul qilinganlik hissi. Oila va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar. Empatiya (hamdardlik) va o‘zini boshqa odam o‘rniga qo‘ya olish ko‘nikmasini rivojlantirish. Ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi odamlar bilan barqaror va hissiy o‘zaro munosabatlar, aka-uka, opa-singillari bilan yaxshi o‘zaro munosabatlar, tengdoshlari va bolaning hayotida muhim o‘rin egallagan boshqa odamlar bilan yoshiga mos bo‘lgan do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, oilaning mazkur munosabatlarga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi. Ijtimoiy taqdimot. Bola tomonidan tashqi ko‘rinish, xulq yoki kamchiliklar 119 tashqi dunyo tomonidan qanday qabul qilinishi va anglash ko‘nikmasining o‘sib borishini e’tiborga oladi. Kiyimning yosh, jins, madaniyat va dinga, tozalik va shaxsiy gigienaga mosligi, ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi odamlarning to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishini qamrab oladi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari. Bolaning mustaqilligini ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan amaliy, hissiy va kommunikatsion ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishini e’tiborga oladi. Kiyinish va ovqatlanish, o‘ziga ishonchini his qilish va oiladan tashqarida yashashning amaliy ko‘nikmalari, katta yoshdagi bolalar uchun mustaqil hayot kechirish ko‘nikmalarini qamrab oladi. Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari birinchidan, ularning ob’ektiv psixofiziologik, intellektual va ijtimoiy maqomi, ikkinchidan, ular yashayotgan jamiyatning holati bilan bog‘liq. Har qanday jamiyatda bola hayot faoliyatini cheklovchi ikkita asosiy tizim mavjud. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning asosiy toifalariga quyidagilar kiradi: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling