Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy ta’minotning amerikaga xos tizimi aniq ifodalangan ikkita
yo‘nalishga ega: ijtimoiy sug‘urta tizimi va ijtimoiy yordam tizimi. Ijtimoiy sug‘urta dasturlari yuqori ijtimoiy maqomga ega, chunki oylik maoshi hisobiga kun kechiruvchilar muntazam ravishda tegishli jamg‘armalarga soliq to‘laydilar. Bu tizim aholining iqtisodiy faol qismini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xavflardan: qarilik, boquvchisini yo‘qotish, nogironlik, kasallik, ishlab chiqarishdagi jarohatlar, ishsizlik kabilardan saqlaydi. AQSHda ijtimoiy ta’minot tizimi murakkab va ko‘p turli. AQSHda ijtimoiy ta’minotning yagona umummilliy markazlashtirilgan tizimi mavjud emas. U federal qonunchilik yoki shtat qonunchiligi, qolaversa, federal organlar va shtat hukumat organlari tomonidan belgilangan turli dasturlardan tashkil topadi. Ijtimoiy sug‘urta dasturlari – bu jamg‘armasiga nafaqa (pensiya) oluvchining o‘zi, kelgusida nafaqa oluvchi yoki uning ish beruvchisi, yoki har ikkisi tomonidan to‘lanadigan maxsus soliq shakliga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirishini taqozo qiluvchi dasturlar. Qashshoqlik har qanday boshqa ijtimoiy muammoga tegishli bo‘lganligi sababli mavjud bo‘lgan deyarli barcha ijtimoiy xizmatlar qaysidir darajada kambag‘allik (jumladan, “Anonim ichkilikbozlar” guruhlari, sog‘liqni saqlash, 107 professional reabilitatsiya qilish dasturlari, yolg‘iz ota-onalar, sanitar yordam qabulxonalari, kunduzgi parvarish, turar joy dasturlari, Shuningdek, mahalliy uyushma harakatlari dasturlari). Bu kabi dasturlar qashshoqlikni qisqartirishga bilvosita ta’sir ko‘rsatish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy muammolarni engillashtirishga qaratilgan 1 . 1935 yilda qabul qilingan qonunda ijtimoiy sug‘urtaning ikki turi belgilab qo‘yilgan: qarilikka (pensiya) ko‘ra va ishsizlikka ko‘ra (nafaqa). Qonun Shuningdek, kambag‘allarning nogironlar va etimlar kabi ayrim toifalariga yordam ko‘rsatishning cheklangan tadbirlarini nazarda tutadi. Keksalikka ko‘ra davlat pensiyasini to‘liq miqdorda faqatgina 65 yoshga etgan odamlar olishi mumkin (ayollar ham, erkaklar ham bir xilda). To‘liq pensiya olish uchun talab etiladigan mehnat staji 35 yil. Agar staj kamroq bo‘lsa, u holda pensiya miqdori ham kamayadi. Ishsizlik sug‘urtasi. Mazkur sug‘urta ish beruvchilarga solinadigan soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi. Ko‘plab shtatlarda ishsizlar deyarli bir yil davomida nafaqa olish huquqiga egalar. Mazkur nafaqani olish uchun ko‘plab shtatlarda inson quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) bandlik sohalarida muayyan haftalar davomida ishlash; b) ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish; s) nafaqa ajratilishiga so‘rov taqdim qilish va davlat xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish; d) ishsizlik shaxsning malakasiga mos bo‘lgan ishning yo‘qligi bilan bog‘liq ekanligini isbotlash. Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa vafot etgan kishining oila a’zolariga, agar vafot etgan shaxs qarilik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan, uning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, bolalari, ota-onalari) esa uning qaramog‘ida bo‘lgan holatlarda ajratiladi. Mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallik yoki baxtsiz hodisa natijasida nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga belgilanadi. AQSHdagi ijtimoiy himoya tizimining ikkinchi yo‘nalishi ijtimoiy yordam hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtadan farqli ravishda ijtimoiy yordam olish uchun ko‘maklashish tizimida maxsus avvalgi to‘lovlar talab etilmaydi. YOrdamni taqdim 108 qilish uchun asosiy mezon aynan muhtojlik hisoblanadi. Ijtimoiy yordamning ko‘plab dasturlari mavjud. Adabiyotlarda 70 ga yaqin kichik va bir nechta yirik dasturlar keltirib o‘tilgan. Ularning asosiylari Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling