Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Birinchi guruhga Germaniya, Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg kiradi. Bu
mamlakatlarda aholini himoya qilish tizimi shartnoma-sug‘urta prinsiplariga
asoslangan. YOllanma ishchilar o‘z daromadlarining muayyan qismini sug‘urta
jamg‘armasiga o‘tkazadi, bu esa o‘z navbatida ularga o‘zlarining sug‘urta
jamg‘armalarida to‘plangan mablag‘lariga mos bo‘lgan miqdorda yordam zarur
bo‘lganda jamg‘arma xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Bir vaqtning
o‘zida ish beruvchilar o‘zlarining yollanma ishchilari nomidan muayyan
miqdordagi mablag‘larni sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkazadilar.
Ko‘p hollarda sug‘urta jamg‘armasidan to‘lanadigan mablag‘lar miqdori


103
oylik maoshga bog‘liq bo‘ladi va ishchi va ish beruvchi to‘lovlari hisobiga
to‘plangan mablag‘ miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Tibbiy xizmat va oilaviy
nafaqalar uchun xarajatlar bundan mustasno. Mazkur tizimning asosiy maqsadi –
kasallik, nogironlik va ishsiz qolish holatlarida insonning turmush darajasini
tushirib yubormaslikdan iborat. Bu kabi tizim inson daromadlarini uning jismoniy
hayoti davomida qayta taqsimlash imkonini beradi. Barcha Evropa mamlakatlarida
sug‘urta to‘lovlari ijtimoiy himoyani moliyalashtirishning asosiy manbai
hisoblanadi.
Biroq mazkur guruhdagi mamlakatlarning barchasida davlat o‘z zimmasiga
fuqarolar oldida har bir fuqaroning daromadi u avval qanday daromadga ega
bo‘lganidan va sug‘urta jamg‘armasiga qancha to‘lov qilganligidan qat’iy nazar,
kafolatlangan minimumdan pasayib ketmasligini ta’minlashni oladi. To‘lovlarning
bu turi umummilliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Sog‘liqni saqlash tizimi asosan sug‘urta to‘lovlari hisobidan qoplanadi, biroq
tibbiy xizmat ko‘rsatish minimumi byudjet hisobidan amalga oshiriladi. Tibbiy
xizmat ko‘rsatish asosan xususiy sektor zimmasiga, fuqarolarning sarf-xarajatlarini
keyinchalik davlat tomonidan qoplab berish sharti bilan amalga oshiriladi.
Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya kabi davlatlardan tashkil topgan ikkinchi
guruh birinchi guruhdan ijtimoiy himoya sug‘urta jamg‘armalari bilan eng kam
darajada bog‘langanligi bilan ajralib turadi. Mazkur mamlakatlarda ijtimoiy muhitni
moliyalashtirishda davlat byudjeti muhim o‘rin tutadi. Ijtimoy to‘lovlar va nafaqalar
nisbatan bir tekisda taqsimlanadi. Bu kabi taqsimlash asosida muhtojlikdagi barcha
odamlar teng degan g‘oya yotadi va Shu sababli ijtimoiy yordam insonning avvalgi
daromadlariga ko‘ra emas, balki ayni vaqtdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
ko‘rsatilishi lozim. To‘lovlar va nafaqalar o‘rtasidagi farq asosan ijtimoiy to‘lovlar
majburiy, qonun bo‘yicha ularga har bir fuqaro da’vogar bo‘lishi mumkinligi bilan
bog‘liq, nafaqalar esa hammaga ham berilavermaydi, ular faqatgina muhtojlik
darajasi va ijtimoiy xavf tabiatiga ko‘ra ajratiladi. Bu davlatlarda tibbiy xizmat
ko‘rsatish asosan ijtimoiy sektorda amalga oshiriladi.
Mamlakatlarning uchinchi guruhiga ijtimoiy ta’minotning aralash tizimini


104
taqdim qiluvchi Niderlandiya va Italiya kiradi. Biroq ularning tizimlari birinchi
guruh mamlakatlari tizimlariga yaqinroq. Biroq muayyan farqlar mavjud. Italiyada,
masalan, davlat daromadlarning ijtimoiy kafolatlangan minimumini to‘lash
bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Bu kabi kafolatlarni faqatgina
alohida viloyatlardagi mahalliy hokimiyat organlari amalga oshirishi mumkin.
N,iderlandiyada, aksincha, ijtimoiy ta’minot rivojlanishning juda yuqori darajasida
turadi va tizim mamlakatning har bir fuqarosini qamrab oladi.
To‘rtinchi guruhga Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya kiradi. Bu
mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish bugungi kunda murtak holatida.
Mazkur mamlakatlarda kafolatlangan minimal daromad mavjud emas va ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish barcha fuqarolar uchun ham shakllantirilmagan.
Barcha mamlakatlarda bolalar uchun ajratiladigan nafaqalar miqdori har bir
yangi chaqaloq tug‘ilishi bilan ortib bormoqda. Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya
va Buyuk Britaniya bundan mustasno, bu erda nafaqa miqdori ikkinchi va uchinchi
farzand tug‘ilishi bilan o‘zgaradi. Belgiya, Germaniya, Italiya va ayniqsa,
Fransiyada to‘lovlar ikkinchi farzand tug‘ilishidan boshlab ortib boradi.
Ko‘plab mamlakatlarda homiladorlik va tug‘ruq bilan bog‘liq nafaqalar
miqdori oshirilgan. Bu kabi siyosat ish, karera hamda uy va oila tashvishlarini
o‘zaro birlashtirish uchun sharoit yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu munosabat
bilan oxirgi besh yil davomida ko‘plab mamlakatlarda homiladorlik va tug‘ruq bilan
bog‘liq ta’tillar davomiyligi uzaytirilgan. Homiladorlik va tug‘ruq bilan bog‘liq eng
uzoq muddatli ta’til bugungi kunda Daniya (28 hafta) va Fransiyada (26 hafta).
Boshqa mamlakatlarda 13 haftadan 20 haftagacha o‘zgarib turadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling