Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy ta’minotning Evropa tizimi. Turli mamlakatlarda ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash tizimi hal etiladigan masalalarning o‘xshashligi va bir turliligiga
qaramasdan, tarixiy sharoitlar, Shuningdek, muammoni hal etish usullari va
yondaShuvlaridan kelib chiqqan holda shakllangan. Ijtimoiy himoyaning o‘ziga xos
xususiyati Shuningdek, aholining katta qismini turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va
yordam turlari bilan ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy himoyaning Evropa modeli davlatning asosida insonning “tabiiy


105
huquqlari” konsepsiyasi yotuvchi umumiy farovonlik nazariyasiga asoslanadi.
Mazkur nazariyaning asosiy postulatlari barcha fuqarolar uchun hayotiy rejalarni
amalga oshirishning deyarli bir xil boshlang‘ich imkoniyatlarini yaratishni, ular
uchun munosib hayot darajasini ta’minlashni, ijtimoiy tenglik va adolatlilik
darajasini oshirishga intilishni taqozo qiladi.
Barcha teng tarzda farovon hayot kechirishini ta’minlovchi davlat barcha
fuqarolarga yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan, rivojlangan ijtimoiy
himoya tizimini shakllantiradi, tibbiy, ta’lim, psixologik, huquqiy va boshqa hayotiy
muhim xizmatlarni ta’minlaydi.
Umumiy farovonlik davlat konsepsiyasi. “Ummumiy farovonlik davlat”
tuShunchasi ikkinchi jahon urushidan so‘ng rusumga kirdi. Biroq 70 yillarning
oxiri, 80 yillarning boshlariga kelib mazkur nazariya tanqid qilina boshladi. Bunga
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning hamda odamlar, ijtimoiy guruhlar va umuman aholi
ehtiyojlarining o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Rivojlangan davlatlarning etakchi
ekspertlarining fikriga ko‘ra, 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, g‘arb
mamlakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimi uning oldiga qo‘yilgan, aholini ijtimoiy
to‘lovlarning turliko‘rinishlari bilan qamrab olish vazifasini to‘liq bajardi. 90-
yillarda mazkur tizimni iqtisodiy o‘sishning o‘zgargan sharoitlariga, manbalar
cheklanganlik darajasining ortib borishiga, yuqori darajadagi ishsizlik sharoitlariga
moslashtirish vazifasi ilgari surildi.
Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimining ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab bergan omillar orasida tug‘ilish darajasining pasayishi va hayot davomiylik
darajasining uzayishi natijasida sodir bo‘layotgan aholining tez sur’atlarda qarishi
qayd qilinmoqda. Qator davlatlarda ijtimoiy dasturlarning kamaytirilishiga G‘arbiy
Evropa mamlakatlari boshdan kechirayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar va ularning
oqibatlari katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy inqiroz, byudjetning ortib boruvchi
defitsiti, ishsizlar va kambag‘allar miqdorining ortib ketishi, aholining qarib borishi,
to‘liq bo‘lmagan oilalar sonining ortishi va boshqa omillar davlat ijtimoiy
siyosatidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Shu bilan birga, hech bir G‘arbiy Evropa mamlakati “farovon davlat”dan


106
to‘liq voz kechish niyatida emas. Bu holat odamlar ongida davlat muhtojlar
to‘g‘risida qayg‘urishi shart, degan fikrning mustahkam o‘rnashib qolganligi bilan
bog‘liq. Turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan siyosatchilar G‘arb
mamlakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimini islohot qilishni davom ettirish zarurligini
tan olishga majburlar.
O‘n yillar davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy tajribasi
bozor iqtisodiyoti davlatlarining ijtimoiy faoliyati amaliyotidagi umumiy va o‘ziga
xos jihatlarni aniqlash imkonini beradi. Deyarli barcha davlatlar ijtimoiy xavf
tug‘ilgan vaziyatda: qarilik, kasallik, nogironlik, ishsizlik va hokazolarda aholining
ko‘p qismi ta’minoti uchun ijtimoiy sug‘urtadan foydalanishlari qayd qilingan va
kambag‘allik chegarasidan chiqib ketgan shaxslar uchun ijtimoiy yordam
ko‘rsatadilar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling